Tushda XIYONAT qilsa

Tushda XIYONAT qilsa

Xiyonat. Agar tushda birontasi sizga xiyonat qilgan bo’lsa, o’ngingizda yaqinlaringiz aldamaydi. O’zingiz kimgadir xiyonat qilgan bo’lsangiz, o’ngda sizni baxtsiz hodisa kutadi. Tushda kimgadir qora ishlarida yordam bersangiz, o’ngda ahmoqona ishlaringiz tufayli kimdir jafo ko’radi. Tushingizda mahbubangiz xiyonat qilsa, o’ngingizdagi rashk olovi so’nadi va munosabatlaringiz avvalgidek qalin bo’ladi. Tushda mol egalari tomonidan

xiyonat sodir bo’lishi ularning faqirligiga dalildir. Xiyonat zinoga dalolat qiladi.

Xiyonat. Er yoki hotinning xiyonatini ko’rish – janjalli, stressli vaziyat; sizga xiyonat qilayotganini ko’rish – o’z yurish-turishingizdagi xatolarni qidiring.

Tushda XIYONAT

Xatna. Kimki tushida birovlar uni xatna qilayotganligini ko’rsa, o’ngida gunoxdaridan forig’ bo’lar ekan va Muhammad (s.a.v.) sunnatlarini to’liq ado etar ekan.

Xatnachi. Uni tushda ko’rish sharmanda bo’lish, ayollar sirining ochilishiga ishora.

Xattot. Tushda xattot ko’rsangiz, o’ngda o’zingizga yoqmaydigan gap eshitasiz.

Xafagarchilik. Tushda xafa bo’lish – demak, sizga etkazilgan ozor ich-ichingizga singib ketgan va o’sha kemiryapti. U sizga nevroz, yurakxastaligidan tortib, to rakkagacha bo’lgan dardga sababchi bo’lishi mumkin; baxtsiz hodisa, jarohat ehgimoli.

Xachir suti. Kim xachir sutidan ichsa, qancha ichgan bo’lsa, unga shu mikdorda xavf va qiyinchilik etadi.

Xachir tug’ishi. Kim xachirni bo’g’oz holda ko’rsa, ayoli tomonidan moli ko’payishiga bo’lgan umidi bo’lib, xachir agar tug’adigan bo’lsa, bu qilgan umidining tasdig’idir. Ot ham tug’sa, xuddi igu kabidir.

Xachir. Tushida xachir ko’rgan odam safarga otlanadi. Kimki tushida xachir minib ketayotgan odamni ko’rsa, o’ngida birovning xotiniga shilqimlik qilib aldaydi.

Xachir. U tushda insonning jiddu-jaxdi, sa’y- harakatidir. Yoki ayollarga ham dalolat qiladi.

Xachir. Xachirlarning kattasi dunyo ishlarining eng afzaliga dalolat qiladi. Aytilishicha, ular ayollardir. Kim xachirga erk berib, so’ng uni tutolmay turgan holda tush ko’rsa, ayoli kal bo’ladi. Agar unga xachir gapirsa, ayoli tomonidan ko’p boylikka erishib, obro’si oshadi.

Xashak. Xashak tushda molu ne’mat bo’ladi. Agar uyida xashak ko’p bo’lsa, mol-davlatga ega bo’ladi.

Hasharotlar. Hasharotlar – mayda noxushliklar va yomon kayfiyat ramzi, hasadchilar ig’vosi.

Hashr surasi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Hashr surasini o’qisa, dushmani ustidan zafar topadi.

Hayajon. Tushingizda biron narsadan engil xdyajonlansangiz, o’ngingizda rejalaringiz amalga oshadi, agar bu xdyajon xavotirlikka aylansa, rejalaringiz barbod bo’lishidan ehtiyot bo’lishingiz kerak.

Hayajonlanmoq. Bu insonni hayajonga soluvchi, uni bezovta qiluvchi kasallikka dalolat kiladi.

Hibr. Hibr tushda maishat va mol topishdir. Agar hibr uning to’niga to’kilsa, unga ziyon etadi.

Hibs. Kimki tushida hibs qilingan bo’lsa, o’ngida kugilmagan tasodifga uchraydi.

Hibs. Tushingizda g’azablangan mahbuslarni panjara ortida ko’rsangiz, o’ngingizda odamlarga qanchalik yomonlik qilsangiz ham, suvdan quruq chiqib ketasiz. Agar mahbus hibsdan qochgan bo’lsa, uni tutib, yana qamashsa, o’ngingizda muammolardan qutulib ketolmaysiz, uni hal qilishga majbur bo’lasiz. Agar qurol o’qtalib hibsga olishayotgan bo’lsa, o’ngingizda mahbubingiz sizni o’ziga qaratishga bor kuchini sarflaydi.

Hibs. Hibsga olayotganlarini ko’rish – shamollashga o’xshash engil kasalga chalinish; o’ylamay bir ish qilishdan saqlaning.

Tushda XIYONAT

Hid. Tushdagi yoqimli hid o’ngdagi yaxshi xabarlarga, qo’lansa hidlar tashvish hamda muammolarga ishora. Agar yoqimli hidli narsalar sovg’a qilinsa, yaxshi xabarga dalolat. Agar tush sohibi xushbo’y narsalarni sepgan bo’lsa, o’ngida xurmat va sharafga ishora. Ammo tush sohibi sochiga xushbo’ylik sepgan bo’lsa, o’ngdagi ko’ngilsiz voqealardan xabar beradi. Kimki tushida hidli narsalarni tayyorlab, sovg’a qilsa, o’ngida manfaat

olaDi. Nobulsiy: «Kimki tushida shirin hidni hidlasa, engil kasallik bilan kasallanadi, sassiq hid esa yomon so’zdir», dedilar.

Hid. Tushda hid sezish – ruhiyatning zo’riqqani. Yoqimli hid – jinsiy qoniqmayotganlik; o’tkir, sassiq hid – janjal, stress va yomon kayfiyat; og’ir kasallik. Sassiq hid sezish – yoqimsiz odamlar bilan muomala qilmaslik lozim. Tushda ko’rayotgan narsasining hidini sezish – ruhiy va asabiy zo’riqishdan darak; erkaklar uchun gul va atirlar hidini sezish – jinsiy aloqadan qoniqmaslik; jinsiy aloqadan qoniqmagan ayollar erkaklar odekoloni, soqol olish kremi va boshqa igunga o’xshash narsalar hidini sezadi.

Xiyobon. Kim tushida go’zal, daraxtlar bilan o’ralgan xiyobonda sayr qilib yursa, tez orada xorijiy safarga ketadi yoki hayotida quvonchli hodisalar ro’y beradi. Agar tushdagi xiyobon qorong’i bo’lsa, o’ngda ishi baroridan kelmaydi.

Xiyobon. Alleya xiyoboni ko’rish – charchoq: ruhiyat, asabingiz zo’riqqan va organizmingizga uzoq vaqt toza havoda sayr, iguningdek, asabni mustahkamlovchi choralar qo’llash zarur. Bundan tashqari, hayot tarzingizni tartibga solish lozim. Xiyobonda bir yo’nalish bo’yicha yurish – bajarishingiz lozim bo’lgan ish oldidan ruhiy zo’riqish; orqa-oldinga borib kelish – hissiyotdagi sarosimalik.

tushda