Xina. Agar tushda qo’l va oyog’iga xina
qo’ysa, sabr, g’amdan dalolat.
Xirildoq, dag’al, past ovoz. U tushda
foydasi yo’q gapirishdir. Gohida yolg’on gapdir. Ko’pincha faqirning boy
bo’lishiga dalolat qiladi.
Xirqa (eski kiyim). Agar tushda xirqani
o’zidan uzoq qilsa, g’am uzoq bo’ladi.
Xirmon. U tushda uzoq mehnatdan so’ng
qo’lga kiritilgan boylikdir.
Xirmon. G’alla to’la xirmon –
turmushning yaxshilanishi, yaxshi kayfiyat.
Hisob-kitob. Agar tushingizda
ishxonangiz hisob- kitoblarini g’oyat to’g’ri qilgan bo’lsangiz, o’ngingizda
oldingizga ko’yilgan vazifani uddalay olasiz, qobiliyat va
mehnatsevarligingizni boshlig’ingiz qadrlaydi. Agar hisob-kitobda adashib
ketib, ishga ko’l siltasangiz, o’ngingizda rejalaringiz amalga oshmaydi.
Tushdagi hisob-kitoblaringiz sizni qoniqtirsa, muvaffaqiyatga erishasiz. Agar
hisob-kitobingiz chalkash bo’lsa, ishxonadagi hamkasblaringiz bilan
munosabatlaringiz yaxshi bo’lmaydi. Hisob-kitob qila turib, bo’luvni amalga
oshirayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda oilangizda janjal chiqadi. Agar
ko’paytiruvni amalga oshirsangiz, o’ngingizda hamma ishlaringiz joyida bo’ladi.
Hovli. Kimki tushida hovlining chinnidek
tozalanganligini ko’rsa — quvonch, chirkin hovli — ko’ngilsizlik.
Hovli. Hovli tushda kishining
dunyosidir. Kim tushida yangi, yordamchi xona (oshxona)lari mukammal
qilib suvalgan hovlisi borligini ko’rsa, agar u faqir bo’lsa, boy bo’ladi, g’am-tashvishli bo’lsa, xursand bo’ladi. Uning torligi baxilligidir. Agar’ kishi noma’lum hovliga kirib, unda o’liklarni ko’rsa, u oxirat diyoridir. Agar hovli xom g’ishtdan qilingan bo’lsa, bu uning oxirat hovlisidagi holining yomonligidir. Agar hovliga kirib, undan chiqsa, og’ir kasal bo’ladi, so’ngra bu kasaldan najot topadi.
Hijob. Tushga kirgan hijob umri uzun
bo’ladigan qizga dalolatdir.
Hijr surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar
tushida Hijr surasini o’qisa, dalildirki, Haq taolo oldida obro’li bo’ladi.
Kirmoniy aytadilarki, umidlari hosil bo’ladi.
Xizmatkor. Kimki tushida o’zining
xizmatkor bo’lganini ko’rsa va sidqidildan birovning xizmatini qilayotgan
bo’lsa, o’ngida martabasi yuksaladi. Har kim tushida xizmatkorini ishdan
bo’shatsa, o’ngida afsus chekadi. Tushingizda xizmatkorga ega bo’lsangiz, bir
qancha mashaqqatlardan keyin muvaffaqiyatga erishishingizga ishora. Xizmatkor
biron narsangizni o’g’irlagan bo’lsa, o’ngingizda o’g’riga duch kelasiz.
Xizmatchi ayol. Aldov, g’iybat, janjal
ramzi.
Xizr alayhissalom. U zotni tushda
ko’rish ne’mat ko’payishi, yaxshilik, zararli narsadan omonda bo’lishga dalolat
qiladi. Kim tushida u zotni ko’rsa, umri uzun bo’lib, hajga boradi.
Xiqichoq, xirillash. Kim tushida o’zini
xirillayotganini ko’rsa, u g’azablanadi, o’ziga noloyiq narsani gapiradi va
qattiq kasal bo’ladi.
Hiqichoq. Uzokdan xabar kelishiga
ishora.
Hikmat. Agar kishi tushda hikmat ilmini
o’qisa, Qur’on o’qiydigan bo’ladi. Agar hikmat varaqlarini yirtsa, hikmat va
ilmni ko’p o’qiydi.
Xilol qilish. Xilol qilish tushda
yaxshidir. Ba’zilar aytishicha, agar tushda xilol qilsa, oila a’zolari
nuqsonidan darak.
Xil’at. Xil’at tushda pokiza va
yaxshidir. Agar tushda olim unga xil’at bersa, olimdan unga ilm hosil bo’ladi.
Himmat. Kimki tushingizda sizga himmat ko’rsatsa, o’ngda buning aksi bo’ladi.
Hovuz.
Tushda ko’lni ko’rmak — mo’l-ko’lchilik ramzi.
Hovuz. Hovuz – salomatlik va hayotining farovon bo’lishi; iflos
hovuz – kasallik va noxushliklar.
Xoda.
Xoda – mayda noxushlik va xafagarchiliklar.
Xolva. Tugtsda xolva ko’rish va eyish uch narsaga yo’yiladi:
boylikka, ilmga, iltifotga, shirin so’zlar tinglashga.
Xom oshqovoq eyish. Kim oshqovoqni xomlay esa, unga jin tomonidan
qo’rqinch etadi yoki bir kishi bilan xusumatlashadi.
Xomiy.
Tushida xomiy ko’rgan odam manfaat topadi.
Post Views: 655