Tushda XAT o’qisa

Tushda xat o’qisangiz, o’ngda tanishlaringiz haqida qiziq narsalarni bilib olasiz.

Xatna qilish, kestirish. U tuxtstsa kirlardan pok bo’lish, farax va sururlarga dalolat qilur. Kim tushida o’zining xatna bo’lganini ko’rsa, gunoxdardan pok etadigan ishlarni bajaradi.

Xarsangtosh. Tushingizda xarsangtosh ko’rsangiz, o’ngda hamkasblaringiz xizmat pillapoyalaridan ko’tarilishingizga xalal beradi. Agar xarsangtosh yo’l chetida turgan bo’lsa, o’ngda sizga xalal beruvchilarning niyatlari amalga oshmaydi. Yo’l ustida turgan bo’lsa, hushyor bo’lishingiz kerak. Agar xarsanggoshda qirralari bo’lsa, qarindoshlar       bilan munosabatingiz

taranglashadi, oilada tinchlikni o’rnatish uchun urinish ular tomonidan noto’g’ri qabul qilinadi. Xarsangtosh usti silliq bo’lsa, munosabatlarni yaxshilash sizga bog’liq.

Tushda Harflar. Agar taxtaga yoki qog’ozga yirik-yirik harflar yozayottan bo’lsangiz, o’ngingizda g’ayriodtsiy bir ishda ishtirok etasiz va kutilmaganda muvaffaqiyatga erishasiz. Agar so’zlarni harflab talaffuz qilayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda qiyinchilik bilan bo’lsa ham, muvaffaqiyat qozonasiz.

Harflar. Ayol tushida sevgilisi nomining bosh harfini yozayotgan bo’lsa, sevgilisi unga kunda e’tibor qilmas ekan. Ayol esa bu e’tiborni qanday qozonishni bilmas ekan. Kimki tushida harflardan so’z yasay olmayottan bo’lsa, o’ngidagi xatardan ehgiyot bo’lmog’i kerak. Agar kishining tushiga xorijiy harflar kirsa va ularni tushunmayotgan bo’lsa, o’ngida o’zi uchun xatarli bo’lgan biron qarorga keladi.

Tushda Hasad. Tushingizda boshqalarga hasad qilayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda orzularingiz mutlaqo amalga oshmaydi. Biznes bilan shug’ullanadigan odamga bu tush barcha ishlarida zarar ko’rishidan xabar beradi. Agar tushingizda sizga hasad qilayotgan bo’lsalar, o’ngingizda do’stlaringiz bilan tungunmovchilik sodir bo’ladi.

Tushda Xaskash. Og’ir turmushni anglatadi, ammo siz bu qiyinchiliklardan g’irromlik bilan chiqib ketishni istar ekansiz. Agar ko’lingizda xaskash bilan dalaga borayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda o’zgalarning etishtirgan hosilidan ustalik bilan foydalanasiz.

Xaskash. Og’ir, quvonch keltirmaydigan mehnat.

Hassa. Yotgan hassani ko’rish – ruhiy to’sqinliklar; hassa tayanib yurish – dard yoki jarohat.


tushda