Tushda TISH eng aniq tabir

Tushda TISH eng aniq tabir

Tushda Tishlar. Tishlar erkakning oila a’zolaridir. Yuqori tishlar oiladagi erkaklar, pastki tishlar ayol- lardir. Tushda ba’zi tishlarning qimirlashi kasal odamlarga dalil bo’lsa, uning tushib ketishi vafot eti- shini bildiradi.

Agar tushda ikkitalik tishga o’xshash tish o’sib chiqsa, oila a’zolari ko’payadi. Agar tishlar kumushdan bo’lsa, bu ziyondir. Agar oldi tishlari tushib, o’rniga boshqa tishlar o’sib chiqqanini ko’rsa, ish o’zgaradi. Agar kasal odamning hamma tishlari tushib ketsa, tezda kasallikdannajot topishiga ishora.

Tish doktori. Tushda tish doktori ko’rsangiz, o’ngda ko’ngilsiz voqealarga ishora.

Tishlar to’kilishi tushda ko’rsa. Agar hamma tishlari qo’liga yo oldiga to’kilib tushganini ko’rsa, o’sha uy ahlining nasli va adadi ko’p bo’lishiga dalolat qiladi.

Yoki agar tishlarining hammasi tushib ketsa, undan oldin vafot etib ketadigan kishilarga ishoradir. Ba’zilar aytadiki, gohida tish to’kilishini ko’rishlik inson ular vositasida ozuqalanadigan va rizqni qorniga etkazib beradigan tishlarga dalolat kiladi. Kimki o’zining hamma tishlari to’kilib ketganini ko’rsa, uning holiga, zamoniga va uyg’onishiga nazar solinadi.

Agar uyidagilarining hammasi o’lat va shu kabi kasallik bilan og’rib turishgan bo’lsa, ularning barchalari halok bo’lishadi, ular so’nggida bir o’zi qoladi.

Agar uning oilasi bo’lmasa va o’zi moldor kishi bo’lsa, mollari ko’lidan ketadi va ne’matlari undan tortib olinadi. Agar kambag’al bo’lsa, tishlari ularga nisbat beriladigan kimsalar halok bo’lib, ularning ortlaridan bir o’zi qoladi.

Tishlar. Tushda tishlarni ko’rish oila a’zolariga taalluqli. Oldingi tepadan va pastdan ikkitadan tish “sinoyb” deb ataladi, sinoyb farzanddarni, birodarlar va hamshaharlarni bildiradi. Sinoybga yaqin bo’lgan tishlar “robbiyat” deb ataladi, ular amaki va tog’alarni anglatadi. Robbiyatga yaqin bo’lgan tishlar “anibb” deb

Tushda TISH

atalib, katta yoshdagi qarindoshlarga taalluqli. Jag’ tishlari tug’ishganlarni bildiradi, masalan, yuqori jag’ tish ota tarafdagi qarindoshlarga, pastkisi ona tomon qarindoshlarga ishora. Kimningki tushida ma’lum bir tishlari tushib ketgan bo’lsa, o’sha tishlar taallukdi bo’lgan qarindoshlari qazo qilgan bo’ladi.

Agar kim tushida tishini o’zi osongina sug’urib olib, qo’lida ushlab turgan bo’lsa, demak, u farzandli yoki ukali bo’lar ekan yo mulkka ega bo’ladi yoxud qaerdandir va nimadandir foyda ko’radi.

Kimningki tishi og’rigan yoki qurt egan bo’lsa, o’ngida o’sha tishga aloqador qarindoshi kasal bo’lar ekan. Kimki tushida barcha tishlari tushib ketganligini ko’rsa, demak, tush sohibining umri uzoq bo’ladi.

Agar tushga o’z tishlarining tilla bo’lganligi kirsa, bu yomon kasalga va odamlarning nolishiga ishora. Agar kimningki tishlari tushda yog’ochdan yoki mumdan yasalgan bo’lsa, bu tush sohibining o’limiga ishora.

Tishlar. Sog’lom, chiroyli tishlar – yaxshi kayfiyat; qurtlagan qora tishlar – janjal, stress va xafagarchilik; qimirlayotgan tish – kasallik; tushib ketgan, yomon holatda qolgan tishlar, tishsiz og’iz – uzoq davom etuvchi og’ir xastalik.

Tishlarni yo’qotish. Agar ba’zi tishlarini yo’qotganini tush ko’rsa, o’shanday tishlar nisbat beriladigan kimsadan uzoq bo’ladi.

Tishsizlik. Tushda o’zni tishsiz ko’rmoq yolg’izlik va ojizlikka ishora. Boshqalarni tishsiz ko’rmoq dushmanning ojizligiga dalolat bo’ladi.

Tushda TISH

Tish qo’porilishi. Kimki biror narsani tishlari bilan tuzatayotganini, hatto tishlarining qo’porilib ketganini ko’rsa yoki o’sha narsani boshqa birovning tuzatayotganini va tishlarning qo’porilib ketganini ko’rsa, molining zararlanishiga va shunga o’xshash yoqimsiz narsalarga dalolat qiladi.

tushda
JINSIY QUVVAT SIRIKO'RISH