Tushda MUSHUK

Tushda mushuk. Agar mushuk vahshiy va zararli bo’lsa, baxtsiz hamda zaxmatli yil bo’ladi.

Tushda Urg’ochi mushuk. Mushukning urg’ochisi yolg’onchi, yomon ayol. Shuningdek, kishini qo’riqlaydigan, atrofida girdikapalak bo’ladigan kimsaga nisbat beriladi, u unga ziyon etkazadi yoki foyda keltiradi.

Urg’ochi sirtlon. Sirtlonning urg’ochisi tushda pastkash sehrgar kampirdir. Tushda sirtlon urg’ochisining go’shtini eyish sehr qilinganlikka ishoradir.

Ushbu sehrdan qutilib ketishga umid bor. Agar sirtlon urg’ochisini minganligini ko’rsa, uylanadi. Oqsoq sirtlon urg’ochisini tushda ko’rish sehrgar ayolga, kelib chiqishi noaniq kishining ayoliga va aldoqchi, mug’ombir insonlarga dalolat qiladi.

Tushda MUSHUK

Urg’ochi tuya. U tushda mo’minlarga foyda keltiruvchi chaqqon kishi bo’lib, din va dunyo ishlarida ularga yordam beradi.

Urg’ochi xachir. Urg’ochi xachirning ustida xotinlar minadigan narsa bo’lsa, tug’maydigan ayoldir. Agar egari, yugani va buyumlari bilan bo’lsa, asli past, chiroyli xo- tindir.

Urg’ochi echki. Urg’ochi echki yomon xotindir. Chunki urg’ochi echkining avrati ochiq bo’ladi. Urg’ochi echki semiz bo’lsa, boy, orig’i esa kambag’al xotindir. Tushda echkining gapirishi yaxshilikka dalolat qiladi.

Urg’ochi, ona sher. U tushda bolasiga mehribon, lekin qattiqqo’l ayoldir.

Urg’ochi sher bilan qo’shilish. Kim tushida ona sher bilan yaqinlik qilsa, u katta qiyinchiliqdan najot topib, ishi rivojlanadi va dushmanlari ustidan g’olib keladi.

tushda