Tushda HOMILADOR aniq tabir

Tushda HOMILADOR aniq tabir

Tushda Homiladorlik. Qiz tushida homilador bo’lganini ko’rsa, o’ngida uni nomussizlik kutadi. Homilador ayol bunday tush ko’rsa, engilgina qutiladi.

Bunday tushni hali bola kutmayotgan ayol ko’rsa, oilasining mustahkam emasligidan dalolat. Kimki oriq homilador ayol bilan uchrashib qolsa, yaqin orada unga omad yor bo’ladi.

Homiladorlik. Tushda homiladorlikni ko’rish o’ngdagi yangi rejalar bilan bog’liq tashvishlarga ishora. Agar kimki tushida chiroyli homilador ayolni ko’rsa, o’ngida ter to’kib qilgan mehnatiga yarasha foyda ko’radi.

Tushda HOMILADOR aniq tabir

Xunuk, badbashara homilador ayolni ko’rish buning aksidir. Agar yosh juvonlar tushlarida homilador bo’lganlarini ko’rsalar, arazlashib qolgan qalliqlari bilan yarashib, baxtli hayot kechiradilar, qari xotinlar o’zlarini homilador ko’rsalar, o’nglarida kasalga

chalinadilar, bemorlar bunday tush ko’rsalar, o’limga ishora. Agar ayol kishi tushida homilador bo’lib, o’g’il tug’sa, o’ngidagi hamma ishlari yaxshi bo’ladi.

Qarzi ko’p bo’lgan odamlar tushlarida homilador ayolni ko’rsalar, o’ngdagi holatlari biroz engillashadi. Turmushga chiqmagan qizlar o’zlarini homilador ko’rsalar, o’nglarida sharmandali holat sodir bo’ladi.

Emizikli ona. Kimki tushida emizikli onani ko’rsa, u bolasini emizayotgan bo’lsa, tush sohibasining o’ngida itsshari o’nglanishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi.

Emizmoq. Agar ayol tushida biror insonni emizayotganini ko’rsa, u mahbus bo’ladi. Chunki emizuvchi mahbus kabidir. Agar emizuvchi ayol o’ngida homilador bo’lsa, shu bola bilan salomat qoladi.

Enaga. Rivoyat qiladilarki, Alisher Navoiy Samarqandda g’oyat qashshokdik bilan kun kechirgan ekanlar. Ikki yil mobaynida yarim och, yarim to’q ahvolda yashabdilar.

Ikki yil o’tgach, bir kun tush ko’ribdilar; tushlariga allaqachon o’lib ketgan enagalari kirib, u kishining boshlarini silabdi. Bu tush hazratning eslaridan ham chiqib ketibdi, ammo oradan bir necha oylar o’tgach, Hirotdan Husayn Boyqaro Xuroson taxtini

Tushda HOMILADOR aniq tabir

egalladi, degan xabar kelib, xdzrat Navoiy o’z vatanlariga chaqirilibdilar. Tushda enaga ko’rish kutilmagan yordamga ishora, bemor odam bu tushni ko’rsa, sog’ayadi, qarzdor ko’rsa, tez orada qarzidan qutiladi, qashshoq bo’lsa, biron joydan yordam etadi.

Mushkulliklar ichida qolgan odamning mushkullari oson bo’ladi.

tushda
JINSIY QUVVAT SIRIKO'RISH