Tushda QOVUN ko’rsa
Tushda QOVUN ko’rsa: Ibn Siyriyn Rahmatulloh alayh aytibdirlarkym, har kim tushida qovunni ko‘rsa yoki yesa, andak bemorlik ko‘rgay va barvaqt yaxshi bo‘lgay. Kirmoniy Raxmatulloh alayh aytibdirlarkim, kim qovun yesa g‘am-anduh ketgay.
qozi
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida qozi bo‘lsayu, o‘zining bu ishda salohiyati yo‘q bo‘lsa, dalil bo‘lgayki, ranj-baloga giriftor bo‘lgay. Molidan ajragay, agar safarda bo‘lsa, molini o‘g‘ri olgay. Agar olimu fozil bo‘lsa, tushida kozini ko‘rsa, ulamolar bilan hamsuhbat bo‘lgay.
QURBONLIK
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida tuya, sigir yoki qo‘y qurbonlik qilsa, dalil bo‘lgayki, bandi, ya’ni qamoqda bo‘lsa, ozod bo‘lgay, bemor bo‘lsa, shifo topgay, kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lgay, qarzdor bo‘lsa, qarzidan qutulgay, haj qilgay, xotin olsa, unga farzandi solih ato qilgay.
QAFAS
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida o‘zini qafasda ko‘rsa, dalil bo‘lgayki, g‘amda qolgay. Agar qafasni sindirib chiqsa, g‘am-kulfatdan xalos bo‘lgay, zindonda bo‘lsa, najot topgay.
Post Views: 930