Tushda QUR’ON

Tushda QUR’ON

Tushda QUR’ON: Har kim tushida Qur’oni sharifni tilovat qilsa, oyati rahmatni o‘qisa, undan vojibki, haq taologa shukur etsin. Agar oyati odobdin o‘qisa, lozimdurki, tavba qilsin.

Agar Qur’onni tamom o‘qisa, jamiki ofatdan salomat bo‘lib, umrini shodu-xursandchilik bilan o‘tkazgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, Qur’on tushda 4 narsaga dalolat qilur:

Ofatlardan salomat bo‘lg‘ay.

Boy bo‘lg‘ay.

Ko‘nglidagi orzusiga yetgay.

Dili pok va ravshan bo‘lib, parhezgar bo‘lgay.

QUMG‘ON

Oftoba shikast topsa, xotinig‘a yoki kanizaklariga zarar yetgay.

QUM

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida kumni ko‘rsa, xayru-manfaat yetgay. Agar o‘zini qumloq ichida sayr qilib yurib, qumni bir joyga to‘planayotganini ko‘rsa, to‘plagan qumining miqdoricha mol, manfaat topgay.

Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdir- larkim, har kim qumni ko‘rsa 5 narsaga dalolat qilur:

Xayrli ishlar.

Foydali bisot.

Baland obro‘.

Ulug‘ lavozim.

tushda