Tushda QON OLDIRMOQ
Tushda QON OLDIRMOQ: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida qon oldirsa, do‘stidin yomon bir so‘z eshitgay yoki moli zoe bo‘lgay. Agar qon chiqsa, chiqqan qon miqdorichalik podsho yoki ahli hukumatdan unga zahmat yetgay.
Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdir- larkim, qon oldirmoq 4 narsaga dalolat qilur:
Kushoyishlik.
Safar.
Xusumat.
Mol yig‘moq.
QIN (G‘ILOF)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida pichoq yoki qilichning qinini olsa, yaxshi xotin olgay. Agar qilichning qini yirtilsa, xotini vafot qilib, farzandi salomat qolgay.
sulohalar bilan hamsuhbat bo‘lgay. Agar olim bo‘lib, qalam qo‘lida sinsa, hurmati ketgay, agar oliy kishi bo‘lsa, kori- bori shikast topgay.
QAMChI
Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlar- kim, har kim tushida birovdan qamchi yesa yoki birovni qamchi bilan ursa, 6 narsaga dalolat qilur:
Manfaat.
Mujodala (tortishuv, urushuv).
Mushkullarning oson bo‘lmog‘i.
Safar.
Ulug‘ martaba.
Harom mol.
Post Views: 206