Tushda HAYVONOT BOG‘I
Tushda hayvonot bog‘i ko‘rish qiyinchilikka, ishlari- ning orqaga ketishiga ishora. To‘da bo‘lib turgan hayvonni ko‘rish rizq-nasiba va halol daromadga ishora.
HOLVA
Tushda holva ko‘rish dinda o‘zgarishlarga; qamokdagi kishining chiqishiga; safarga ketganning sog‘ qaytishiga; bemor sog‘ayishiga; to‘y bo‘lishiga ishoradir.
HADIYa
Tushda hadiya jo‘natish rohat-farog‘atga ishora. Hadiya arazlashib qolgan kishilar yarashishidan ham dalolat beradi.
HAYKAL
Qo‘rquvga tushish; dushman ustidan g‘olib kelish; biror haykalga ta’zim qilishini ko‘rish shirk va nifoq; johillar davri an’analariga ishoradir
G‘AVVOS
Tushda g‘avvos ko‘rish olimdan ilm o‘rganish va savdogardan mol olishga ishoradir.
G‘AFLAT
Dunyo va oxirat bilan bogliq holatlarda g‘aflatda qolishni ko‘rish uzoq vaqt pushaymon bo‘lib yurishga olib keladi.
G‘OYIBDAN OVOZ EShITMOQ
Noma’lum tomondan eshitilgan tovushdan qanday holga tushsa shu bilan ta’birlanadi. Eshitgan tovushida sevinsa xushxabar, qo‘rqsa noxush xabar eshitiladi.
G‘OLIBBO‘LISh
Musobaqalarda harakat va g‘ayratning behuda keti- shiga; sabrli bo‘lsa samarasi sevinch bilan tugashiga ishora.
G‘AMZA
Inson yuzida g‘amza ko‘rish baxt, xushxabar va rivojlanishga ishoradir.
g‘oz
Tushda goz ko‘rish, rafiqa va xizmatkorga ishoradir. Tushda g‘oz go‘shtini yesa boy va quvnoq qiz bilan turmush qurishga, qo‘shnilardan keladigan yaxshilikka ishoradir.
G‘OR
Tushda g‘or ko‘rish insonga doim suyanchiq bo‘ladigan do‘st, hamroh, uzoq umrga ishoradir
Post Views: 107