Tushda haj
Tushda haj: Agar odam tushida hajga jo‘nasa, Alloh taolo uning o‘ngida ham hajga borishini nasib etgay. Agar bu tushni bemor ko‘rsa, shifo topgay. Qarzdor ko‘rsa, qarzidan qutulgay. Safarda bo‘lsa, sog‘-salomat yurtiga qaytib kelgay.
HIKMAT
Har kim tushida ilmi-hikmat o‘qisa, qur’onxon bo‘lgay. Agar tushida kitobi hikmatni varaqlab, uning varaqlarini yesa, ilm-hurmatdan ko‘p naf olgay. Agar kitobning varag‘ini yirtsa, namoz o‘qimaslikka dalil.
HOVUChNING ichi
Tushda ko‘rilgan hovuch ichi kishining quvvatiga isho- radir. Hovuchning ochiqligi rizqning ko‘pligi, yopiqligi esa hayotdagi qiyinchilikka ishoradir.
HUShTAK
Tushda hushtak chalish yaxshi xabarga; hushtak ovozini eshitish noxush xabarga ishoradir.
HAJGA BORISh
Tushda hajga borish dinda go‘zal e’tiqod sohibi bo‘lish; uning savobi, gunoxdan qo‘rqish, qarzdan kutilishga ishoradir.
Tushni hajga borish paytida ko‘rsa shu yerga yana bir b tishidan dalolatdir.
HOJILAR GURUHI
Tushda hojilar yig‘ilib turganini ko‘rish xafagar- chilik va jaxddan xalos bo‘lishga ishora.
hokim
Tushda adolatli hokimni ko‘rish ish joyida insof va mehr-shafqat, mavqeini himoya qilishga ishoradir.
HAMMOM
Tushda ko‘rilgan hammom didiga mos bo‘lmagan uyga ishora. Tushida hammomga kirgan ayol qisqa vaqg qayg‘u ichida yuradi.
HAMMOL
Tushda og‘ir yuk tashiyotgan birovni ko‘rish qayg‘u va tash- vishning shu yuk og‘irligicha bo‘lishiga ishora. Tushda hammol ko‘rish xalq uchun qayg‘uradigan insondan dalolat beradi.
HOVUZ
Ichi suv to‘la hovuz ko‘rish yaxshilik sohibi bo‘lgan insonga; hovuzdan suv ichish yaqinlaridan keladigan yordamga, tashvishlardan qutulishga ishoradir.
Post Views: 1 059