Tushda FIL ko’rsa

Tushda FIL ko’rsa

Tushda Fil. U tushda ajamiy, qalb ko’zi ko’r, haybatli, urush va jangni biladigan podshohtsir. Kim tushida fil minsa yoki unga ega bo’lsa, martabasi oshadi. Hurmat-e’tiborda uzoqumr ko’radi.

Tushda FIL ko'rsa

Fil surasi. Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Fil surasini o’qisa, dushmandan zafar topadi.

Fil tishi. Tushda fil tishini ko’rmoq o’ngdagi boylik, martaba, omadga ishoradir.

O’lchamoq. Kim qarichi bilan kiyim yoki erni o’lchasa, uzoq safarga chiqadi.

O’lchash. Tushda biror narsani o’lchayotgan bo’lsangiz, tibbiyot ko’rigidan o’tishingiz lozim.

O’ng-chapsh qarash. Insonning tushida o’ng-chapga qarashi ta’madir. Namozdagi yuz burish dunyo va uning ziynatlariga intilish.

O’pirilgan er. Tushda o’pirilgan erni ko’rish o’ngdagi ko’ngilsizliklarga ishora. Agar tushingizda o’pirilgan erni ko’rsangiz, o’ngingizda rejalaringiz amalga oshmaydi.

Agar tushingizda uyingiz tagidagi er o’pirilgan bo’lsa, oilaviy muammolarni hal qilishingiz, oilaning buzilib ketmasligining oldini olishingiz kerak. O’pirilgan er sizni tortib ketayotgan bo’lsa, qaltis ishga qo’l urmasligingizdan ogohpantiradi.

Agar o’pirilgan erga tushsangiz va ustingizdan tuproq tashlayotgan bo’lsalar, og’ir kasallikni boshdan kechirasiz.

Tushda O’pish, bo’sa olish. U tushda hojatning ravo bo’lishi va dushman ustidan g’olib bo’lishdir. Kim tushida bir kishini o’psa, u hojatiga erishadi. Agar bir kishi birovning ko’zidan o’pganini tushida ko’rsa, uylanadi.

Ayolning o’pishi iqbol va do’st tomonidan bo’lgan salomdir. Kampirning o’pishi aytilgan gapdan uzr so’rashdir. Bo’y etgan qizning o’pishi xamr idishidir.

tushda O’pka. Kimning tushida o’pkasi ishdan chiqsa, o’ngda umri tugagan bo’ladi. Shuningdek, o’pka tush ko’ruvchining g’azab qilishiga ham dalolatdir. Goho xotinga ham ta’bir qilinadi. Kim o’pkasi qorayib ketganini ko’rsa, 5Exshi emas. O’pkaning tushda yaxshi bo’lishi uzoq umr, yomoni qisqa umrga dalolat qiladi.

O’rgimchak. U tushda erini xor qiladigan la’nati ayoldir. Kim tushida o’rgimchak ko’rsa, u hiylakor va yalqov kishini ko’rgan bo’ladi. Bir rivoyatda o’rgimchak to’quvchi kishidir, deyiladi. Yana u obid, zohid bo’lib, kim o’rgimchakni qo’lga kiritsa, obid, zoxid kishi bilan do’st bo’ladi.

O’rgimchak uyasi. Kim tushida o’rgimchak uyasini ko’rsa, u zaiflik va ojizlikdir.

G’or. Kim tushida dushmandan qochib g’orga kirganini ko’rsa, u dushmanidan omonlik topadi. U tushda kishilar- ga joy beradigan ulug’ kishi, imom, ota, ustoz, ayol va kasb-hunardir. Agar tush ko’rgan kasal yoki mahbus bo’lsa, ana shulardan xalos bo’ladi. Ba’zan uzoq umr ko’rishiga dalolat qiladi.

Faripgga. Kasal odam farishta ko’rsa — og’ir darddan so’ng sog’ayishi; sog’lom odam uchun — yaxshi kayfiyat, organizmdagi jismoniy va ruhiy kuchning ko’pligi, ichki

hamohanglik; o’zingizni farishta sifatida ko’rsangiz — kasallik.

Farosat. Agar tushingizda farosatingiz yaxshi bo’lsa, o’ngingizda ham biron ishda farosatlilikni namoyon etib, odamlar e’tiborini tortasiz.

Farrosh xotin. Agar tushda farrosh xotin ko’rsangiz, buning ustiga uning qo’lidagi chelak bo’sh bo’lsa, o’ngda kasal bo’lib, bir necha kun yotasiz.

Fartuk, belbog’. U tushda xizmatkorga dalolat qiladi. Gohida u haj va ehromni ham bildiradi.

Fath surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Fath surasini o’qisa, dalildirki, har erda unga zafar yor bo’ladi.

tushda