Tushda O’Q ko’rsa

Tushda O’Q ko’rsa

O’q. O’q otilganda nishonga tegsa hamda u Alloh yo’lida otilgan bo’lsa, Alloh taolo uning duosini mustajob qiladi. Agar dunyo tufayli otilgan bo’lsa, bu dunyo izzat- sharafiga etadi. Agar o’ng qo’li jarohatlansa, yaqin kishilar tomonidan foyda keltiradigan mol-davlat. Chap esa yaqin ayol kishilar tomonidan foyda

keltiradigan mol-davlat. Agar jarohat chap oyog’ida bo’lsa, ekin-tikin tufayli mol-davlat. Agar oyoq kafti (osti) jarohatlansa, farzandi tomonidan keladigan mol-davlat. Kim o’q otib tekkanini ko’rsa, farzand kuta- yotgan bo’lsa, o’g’il ekaniga dalolat.

O’qtson. U soliha xotin hamda sir va boylikni omonat saqlovchi ishonchli kishidir. Kim tushida o’kdondan o’q olsa, o’g’il farzandli bo’ladi. Kim o’kdon sotib olsa yoki uni topib olsa, uylanadi. Yana u qo’rg’on va qal’adir. Kimga tushida o’kdon berilsa, rahbar bo’ladi.

O’qiyotgan kishi. Tushda mozorda qorilarni ko’rishga, nasihat qilish, kitob yozish, yaxshilikka da’vat va yomonlikdan qaytarishga ishora. Janozada qiroat qiluvchi esa minnatchi va amallarni riyo uchun qiluvchiga dalolatdir. Maktubni o’quvchi kishi kasalliklarga dalolat qiladi yoki maktub yozilgan kishiga bo’lgan muhabbatga ishora.

O’qiy olmaslik. Kimki tushida kitob o’qiy olmayotganligini ko’rsa, o’ngida mashaqqatli ahvolga tushadi.

O’kirib yig’lash. Tushda kimningdir o’kirib yig’laganini eshitish o’ngdagi janjaldan keyin yarashishga ishora.

O’kcha. Agar tushingizda oyog’ingiz o’kchasini ko’rsangiz, demak, o’ngingizda farzand ko’rar ekansiz.

O’lat. O’latni tushda ko’rish azob-uqubat, xafagarchilik, safar qilishga dalolatdir. Kim tushida o’lat kasali bilan kasallanganini ko’rsa, g’am-tashvish keladi. O’lat urushga, urush esa o’latga dalolat qiladi.

tushda