Ismlar ma’nosi

Ismlar ma’nosi

Ismlar ma’nosi: A xarfiga ismlar ma’nosi

Abbos arabcha; Payg‘ambarimiz Muhammad sol- lallohu alayhi vasallamning amakilarining nomi shunday edi. Lug‘aviy ma’nosi — qovog‘i soliq, jiddiy, og‘ir-vazmin, istilohiy ma’nosi esa do- vyurak, jasurdir.

Abdulaziz — arabcha; bu o‘rinda «abdu» va «abu» so‘zlarini farqlay olish kerak, «abdu» — qul, «abu» — ota ma’nosida qo‘llaniladi. «Abdu» bilan bosh- lanadigan ismlarga Allohning zoti va sifatlari qo‘shilgan: azal — qadimiy; azim — qudratli; ali, aliy — yuksak martabali; alim — donolik va bi- lim sohibi; ahad — yakka, bir; basir — hamma nar- sani ko‘ruvchi, ko‘zi ochiq; bois — sabab, sababchi; boqi, boqiy — doimiy, mangu; boriy — yaratuvchi, bor etuvchi; bosit — yoyuvchi, kengaytiruvchi; vah- hob — o‘z ne’matlarini tekin beruvchi; vojid — yaratuvchi; voris — meros oluvchi; vose’ — rahma- ti va mulki keng; vosid — markazda turuvchi; vo- sil — erishuvchi, yetishuvchi; vohid — yakkayu yagona; jabbor — jabr qiluvchi (gunohkorlarni jazo- lovchi), javod — muruvvatli, marhamatli; jalil va jalol — ulug‘, buyuk; jami — jamlovchi; jamil va jamol — go‘zallik sohibi; zohir — mavjudligi aniq; kabir — ulug‘, buyuk; kamol va komil — yetuk- lik, kamolot sohibi; karim — karam qiluvchi; la- tif — marhamatli, iltifotli; mavlon — yaratuv- chi; majid — sharafli; malik — podshoh; mannon

  • saxiy, saxovatli; matim matonatli; mo‘min — omonlik beruvchi; nasr, nosir — g‘olib; razzoq — rizq beruvchi, rizq ulashuvchi; rahmon — o‘ta meh- ribon; rahim — mehribon; rauf — mehribon, muruvvatli; samad — hojatbaror; sattor — kechi- ruvchi va himoya qiluvchi; tolib — intiluvchi; to- hir — pok, nuqsondan xoli; turob — tuproq, fayz- baraka, mo‘llik beruvchi; fattoh — bandlarni ochuv- chi, rizq eshiklarini ochuvchi; forix — nurli, nurafshon; xannon — rahmdil va shafqatli; xoliq
  • yaratuvchi; shohid — ko‘rib turuvchi; qayyum — abadiy mavjud; qahhor — qahrli, g‘azabli; qodir
  • kuch-qudrat egasi; qosim — taqsimlovchi; qud- dus — muqaddas; g‘ani, g‘aniy — boy, badavlat; g‘afur va g‘affor — avf etuvchi, gunohlarni yashiruvchi; g‘iyos — ko‘mak beruvchi, iltijo va munojotlarni eshituvchi; g‘ozi, g‘oziy — g‘olib; hay — abadiy ti- rik, barhayot; hakim — hikmat sohibi; halim — mehribon va odob egasi; hamid — maqtalgan, maq- tovga loyiq; hafiz — panoh; haq — haqiqat, mav- jud; hoshim — rizq-ro‘z beruvchi va hokazo. Bu o‘rinda yana shu narsani ta’kidlab o‘tish lozimki, Abdulla ismi Allohning quli degani, talaffuzda «a» harfi «u»ga aylanadi. Abdulazal, Abdulhay sin- gari ismlarda «l» izofa o‘rnida kelgan.

Abror arabcha; yaxshi xulqli degan ma’noga ega.

Adham arabcha; badanida qora dog‘i bor bolaga ism sifatida qo‘yilgan.

Azamat arabcha; ulug‘vor, dovyurak demakdir.

Ayyub — payg‘ambarlardan Ayyub alayhissalom- ning ismi bo‘lgan. Ammo bu ismning ma’nosi o‘ki- nuvchi, pushaymon bo‘luvchi deganidir. Shu bilan birga, ibodatgo‘y, tavba qiluvchi deb ham izohlash mumkin.

Akbar arabcha; ulug‘, ulkan, hurmatli, mo‘ta- bar kabi ma’nolarga ega.

Akmal arabcha; mukammal, benuqson demakdir.

Akram arabcha bo‘lib, o‘ktam, jo‘mard ma’no- larini beradi.

Alimardon arabcha-forscha; yuksak martabali kishi degan ma’noni beradi.

Alisher arabcha-forscha; yuksak martabali sher; istilohiy ma’nosi — sherdek dovyurak, martabali demakdir.

Amir arabcha; hukmron, yo‘lboshchi mazmunida kelib, ko‘pincha farzandga ism qo‘yganda Amirid- din, Amirullo, ya’ni din hukmi, Alloh hukmi ma’- nolarida ham ataydilar.

Anvar arabcha; yorug‘, nurli ma’nolarida ke- .ladi.

Asad arabcha; shamsiya yil hisobi bo‘yicha be- shinchi oyning nomi, iyul-avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Aksariyat ngu oyda tug‘ilgan bolaga Asad is- mini berishadi. Ismning ma’nosi sherdir.

 

Asror arabcha; bu « u » ko‘plpk sh.1klida bo‘lib, aynan tarjimasi «sirlar» iuladi. Isgilohiy ma’- noda yashirin, maxfiy, ko‘p narsadssh xabardor deb sharhlanadi.

Asqad arabcha-, baxtiyor, saodatmand demakdir.

Asqar arabcha\ kenja bolaga shunday ism be- rilgan.

Afzal arabcha; ustun, yaxshi, yuqori degan ma’- nolarni beradi.

A’zam arabcha\ eng ulug‘, eng buyuk ma’nolari- da keladi.

Aqmad arabcha\ maqtovga loyiq demakdir. Payg‘ambarimiz Muqammad sollallohu alayhi va- sallamning sifatlaridan biri sanaladi.

Ahror arabcha\ olijanob, muruvvatli, him- matli degan ma’nolarni anglatadi.

Adiba arabcha\ adib (yozuvchi) tushunchasidan, shuningdek, nazokatli, nafosat ilmini tushuna- digan, tarbiyali qiz demakdir.

Adolat arabcha\ adl, odil ma’nolarini bil- diradi, adolat bilan yashasin, degan niyatda qiza- loqqa qo‘yiladi.

Aziza arabcha\ bebaho, qimmatli; yuksak mar- tabali, hurmatga loyiq; noyob, nodir; xudojo‘y, mu- qaddas ma’nolarida keladi.

 

Azima arabcha; katta, buyuk ma’nolarini an- glatadi. Ko‘p hollarda og‘ir vaznda tug‘ilgan qiz- larga shunday ism berilgan yoki qudratli bo‘lsin, degan niyatda qo‘yilgan.

Alomat arabcha-, badanida biron belgi yoki ni- shon bilan tug‘ilgan qizga shunday ism berilgan.

Anbar arabcha; xushbo‘y, yoqimtoy, mushk hidli ma’nolarida keladi.

Anora forscha; qizil xol, nor bilan tug‘ilgan qizga shunday ism qo‘yilgan.

Arofat — arabcha; aslida Arafot, talaffuzda Arofat. Makka shahridan 20 kilometr narida joy- lashgan, uzunligi 11-12 kilometr, kengligi 6,5 ki- lometr bo‘lgan vodiy. Shimol tomondan tog‘ tepali- gi bilan o‘ralgan. Bu tepalik ham Arafot deyila- di. Qurbon oyi (Zulhijja oyi)ning 9-kuni, ya’ni arafa kuni hojilar shu tepalikka chiqib, to quyosh botguniga qadar ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Islom manbalaridagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim alay- hissalomga Jabroil farishta shu tepalikni ko‘rsa- tib: «Shu joy Arafotdir, haj arkonlari shu g rda kamoliga yetadi, shu yerda gunohlaringizni e’ti- rof etasiz», degan. Boshqa bir rivoyatda Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan chiqarib yuborilga- nidan keyin biri Hindiston o‘lkalaridan biriga, ikkinchisi Habashiston o‘lkalaridan biriga kelib tushgani aytiladi. Uzoq yillar o‘tib, bir-birla- ri bilan shu yerda uchrashishgan ekan. Arafot tepa- ligida bir baland joy borki, uni jabalir-rahma,

 

ya’ni rahmat tog‘i deyishadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan 81 kun oldin, hij- ratning 10-yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqib, mashhur vidolashuv va’- zini aytganlar. Demak, ismning ma’nosi muqaddas deganidir.

Asal arabcha-, bu shirinlik Qur’oni karimda ham bir necha o‘rinda zikr qilingan, uning shifo- baxshligi ilmiy kitoblarda isbot etilgan. Bu so‘zning libosga taalluqli ma’nosi ham bor (asali).

Asila arabcha; nasli toza ma’nosida keladi. Aksariyat oqsuyak, zodagon oilalarda go‘dakka pgun- day ism beriladi.

Afro‘z — forscha; yorug‘, ravshan, nurli, munav- var, shu’lali, kuydiruvchi ma’nolariga ega.

Aqida arabcha; uning qat’iy ishonch, ixlos, e’tiqod ma’nolari bor.

Ismlar ma’nosi ugil bollar

B xarfiga ismlar ma’nosi

Baxtiyor arabcha-forscha; baxt, qut, istiqbol yor bo‘lgan degan ma’nolarni anglatadi.

Bahriddin arabcha; dindan bahra oluvchi de- gan ma’noni beradi.

Bahrom forscha; Mirrix yulduzining nomi. Qadimgi Eron podshohlaridan birining ismi ham shunday bo‘lgan. Lug‘aviy ma’nosi — shamshir.

8

 

Begmat o‘zbekcha-arabcha; Bek va Muhammaddan iborat.

Behbud forscha; tinch, osoyishta, farog‘at de- makdir.

Behzod — bu ham forscha bo‘lib, aslzoda ma’no- sida keladi. Aksariyat ziyoli oilalarda Navoiy dav- rida o‘tgan mashhur musavvir Behzodga taassub qilib shunday ism qo‘yganlar.

Bilol arabcha; uch kunlik oy deganidir.

Bobur o‘zbekchy; ba’zi manbalarda yo‘lbars deb talqin qilinadi. Ma’nosidan qat’i nazar, o‘O‘zbek oilalarida tug‘ilgan chaqaloqqa Boburshohga taas- suban shu ismni beradilar.

Bozor forscha; bozor kuni tug‘ilgan bolalarga pgunday ism qo‘yishgan. Yoki farzandtalab oilalarda ham shu ismni qo‘yish rasm bo‘lgan.

Boqi arabcha; bolaga umri uzoq bo‘lsin, degan ma’noda ngunday ism beradilar.

Bunyod forscha; asos demakdir.

Burhon arabcha; hujjat, dalil degan ma’no- larni anglatadi.

Barno forscha; aynan yosh, navjuvon; chiroyli, xushbichim, xushqad ma’nolarida keladi.

 

Barchin — qadimiy turkiycha bo‘lib, shoyi, ipak mato, ya’ni ipakdek qiz demakdir. «Alpomish» dos- tonining bosh qahramoni Barchin ham nazarda tu- tilgan bo‘lishi mumkin.

Baxtigul arabcha-forscha\ saodat, tole, istiq- bol ma’nolarida qiz bolalarga qo‘yiladi.

Bahor forscha\ qiz farzandlarga bunday ism berish keng tarqalgan. Bahor faslida tug‘ilgan qiz- larga shunday ism beriladi.

Bodom — forscha; bodom daraxti gullaganda tu- g‘ilgan qizga shunday nom qo‘yishadi.

Bonu forscha\ xonim, xotun, begim, bibi, mahbu- ba ma’nolarida keladi. Bunday ism yoki qo‘shimcha as- lzodalar nasliga taalluqli bo‘lib, hukmdor xonadon- lariga mansub qizlarga berilgan. Bonuning yana bir ma’nosi sohibadir.

ismlar ma’nosi kizlarniki

V xarfiga ismlar ma’nosi

Vali arabcha\ avliyo, do‘st, taqvodor ma’nola- rini beradi.

Vasliddin arabcha\ diniy murodga intiluvchi degan ma’noni anglatadi.

Vahhob arabcha\ saxiy, jo‘mard ma’nolarida keladi.

Vosit arabcha\ o‘rtadagi; sababchi, vositachi ma’- nolarini beradi.

yu

 

Vohid arabcha; yagona demakdir. Bu nom Alloh- ning go‘zal ism-sifatlaridan biri bo‘lgani bois yolg‘iz o‘zi iste’mol qilinmaydi. Balki Abduvohid deb ism berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Vazira arabcha; vazir — oliymaqom marta- ba; podshohning noibi degan ma’nolarni angla- tadi. Bu o‘rinda onasiga yordamchi yoki kelajakda yuksak martabaga erishsin, degan ma’noda beril- gan bo‘lsa kerak. Yana shundayki, er — podshoh, xotin — vazir, degan maqolga nisbatan qo‘lla- nilgan bo‘lishi ham mumkin.

Valida arabcha; avlod davomchisi demakdir. Farzandi bitta bo‘lgan oilalarda qiz tug‘ilganda pgunday ism berilgan bo‘lishi mumkin.

Vasila arabcha; «vasl» so‘zidan olingan, yeti- tttittt, orzuga erishish ma’nolarini beradi. Uzoq kutilgan farzandga shunday ism qo‘yiladi.

Viloyat arabcha; «viloyat» so‘zining «valoyat» shakli ham bor. Agar «valoyat» bo‘lsa, muqaddas, aziz, tabarruk degan ma’nolarni anglatadi. Agar «vilo- yat» bo‘lsa, o‘lka deganidir.

ismlar ma’nosi ugil bola

G xarfiga ismlar ma’nosi

Go‘ro‘g‘li o‘zbekcha; ba’zi manbalarda «go‘r» so‘zi forscha deb berilgan. Ammo bu so‘z aslida turkiycha bo‘lib, botir deganidir. O‘zbek xalq dostonlarida Go‘ro‘g‘li go‘rdan chiqqan, deb rivoyat qilinadi. Do- stonlar mazmunidan esa uning botirligi va dovyurakligi anglashiladi. Ammo bu ism kamdan-kam oilalarda qo‘llaniladi.

Gavhar forscha; uning bir necha ma’nolari bor: marvarid, qimmatbaho ma’dan; avlod, nasab; farzand; tish.

Go‘zal o‘zbekcha; benihoya chiroyli demakdir

Davlat arabcha; boy, saodatli ma’nosida kel- tiriladi.

noda qo‘yiladi.

Dehqon forscha; qishloq rahbari demakdir. Bu ism o‘zbeklar orasida keng tarqalgan.

niyatda beriladi.

Dilmurod forscha-arabcha; murodi hosil bo‘lgan ota-onalar farzandini shunday ism bi- lan ataganlar.

Dilshod forscha; dilga shodlik baxsh etgan bola degan ma’noni anglatadi.

Doston forscha; majoziy ma’noda ovoza, shuh- rat, dovrug‘ deganidir. Firdavsiyning «Shohno- ma»sidagi Rustamning laqabi shunday bo‘lgan.

 

 

Durbek arabcha-o‘zbekcha; inju, marvarid ma’- nolariga ega.

Dilafro‘z forscha; dilni quvontiruvchi, dil- ni shodlantiruvchi, dilni yayratuvchi, ko‘ngillarga orom baxsh etuvchi demakdir.

Dilbar forscha; dilga yaqin, suyukli degani.

Dinora — arabcha-yunoncha; arablar ham, yunon- lar ham dinor deganda tillani tungunadilar. O‘zbek oilalarida bunday ism qo‘yilganida qimmatli, be- baho degan ma’no anglashiladi. Masalan, Tillaxon, Oltinoy kabi.

Dono forscha; bilimli, akdli, zukko degan ma’- nolarda keladi.

ismlar ma’nosi kitobi

Yo xarfiga ismlar ma’nosi

Yodgor forscha; tug‘ilishidan oldin yoki tug‘il- ganidan keyin otasi yo onasi qazo qilgan bolalar- ga shunday ism berilgan.

Yoqub qadimiy yahudiycha; izidan boruvchi, eta- gidan ushlovchi ma’nolarini beradi. Yahudiylar payg‘ambari Ya’qub alayhissalomga taassub qilib qo‘yilgan ism.

Yorqinoy o‘zbekcha; iqboli nurli va nuraf- shon bo‘lsin degan niyatda beriladi.

Yoqut qadimiy yahudiycha; qizil rangli qim-

 

matbaho tosh nomi, uni rubin deb ham ataydilar. Turkiy xalqlarning ayollari yoqut ko‘zli uzukni irim sifatida ham taqqanlar, ularning tushuncha- III            si bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, yoqut turli kasallik-

Shy»*   lardan asrar ekan.

islomiy ismlar ma’nosi

J xarfiga ismlar ma’nosi

Javlon arabcha; chiroyli va shaxdam qadam- lar tashlovchi deb izohlanadi.

Javohir arabcha; bebaho, qimmatli demak- dir.

Jaloliddin arabcha] dinning ulug‘ligi, aza- matligi ma’nolarini beradi. Istilohda esa din masalalarida azamat, kuchli bo‘lsin, degan niyat bi- lan shunday ism qo‘yiladi.

Jamoliddin arabcha; dinning jamoli; isti- lohiy ma’nosi dinning barkamolligi, ravnaqi de- makdir.

Jasur arabcha; mard, jasoratli degani.

Ja’far arabcha; aynan go‘dak, farzand, fa- rishta degan ma’nolarni beradi.

Jahongir arabcha; olamni fath etuvchi, g‘olib, muzaffar ma’nolarini anglatadi.

Jobir arabcha; aynan siniqchi, ya’ni singan- chiqqanlarni davolovchi tabib demakdir.

 

 

Jonibek forscha-o‘zbekcha; bu ismni yoqimtoy bek bola deb izohlash mumkin.

Jumaboy arabcha-o‘zbekcha; juma kuni tug‘il- gan bolaga shunday ism berish odati bor.

Jur’at arabcha; jasoratli, shijoatli ma’- nolarida keladi.

Jo‘ra forscha bo‘lib, do‘st, hamroh demakdir.

Jamila arabcha; go‘zal, zebo ma’nolarini be- radi.

Jumagul arabcha-forscha; juma kuni tug‘il- gan qizchalarga shunday ism berilgan.

Jo‘raxon forscha; o‘zbek tilidagi yo‘ldosh, hamroh ma’nolarida keladi.

Uzbekcha ismlar ma’nosi

3 xarfiga ismlar ma’nosi

Zayd arabcha, tuhfa, in’om yoki ko‘payish, qo‘shilish ma’nolarini bildiradi.

Zaynobiddin arabcha; «zayni» ko‘rkam, go‘zal, ziynat ma’nolariga ega.

Zakariyo qadimiy yahudiycha; aslida Zaxariya — Allohni yodda tutuvchi. Zakariya degan shakli ham bor. Iso payg‘ambar onasi Bibi Maryamning tar- biyachisi, Yahyo payg‘ambarning otasi.

 

Zarif arabcha; pok, toza; nozikfahm, ziyrak, aqlli, dono degan ma’nolarni anglatadi.

Zafar arabcha; g‘olib demakdir.

Zahiriddin arabcha; «zahir» so‘zining quyi- dagi ma’nolari bor: bemorlik uchun topilgan yangi dori, ranj, azob, mashaqqat, panoh, posbon, iqbol. Ismning istilohiy ma’nosi — din panohi. Bu is- mning Zahirullo (Allohning panohida) degan shak- li ham uchraydi. Bobur Mirzoning ismi Zahirid- din Muhammad bo‘lgan.

Ziyod arabcha, avvalo umri ziyoda, uzoq bo‘lsin, degan niyatda qo‘yiladi. Go‘dakning badanida ortiqcha narsasi bo‘lsa ham ngunday deb atalgan.

Zikir arabcha; yodlash, xotirlash demakdir. So‘fiylar va darveshlarning «Yo Hu, yo Hu», deb zikr tushishlariga ishora.

Zoir arabcha, ziyoratchi degan ma’noga ega. Bu ismning o‘zgargan shakli Zohir bo‘lishi ham mumkin.

Zokir arabcha; Zikir ismining o‘zgargan shakli.

Zohid arabcha, tarki dunyo qilgan taqvodor ma’nosini bildiradi.

Zohir arabcha; ko‘ringan, ko‘rimli, ochiq, rav- shan ma’nolari bor. Bu Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sifati bo‘lgan. Ismning quyidagi shakllari ham bor: Zohirid- din, Zohiriy, Zohirullo.

Zubaydullo arabcha; Allohning mumtoz ban- dasi yoki tuhfasi demakdir. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga berilgan sifat.

Zubayr arabcha; kuchli, qudratli degani bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sa- hobiylaridan birining nomi ham shunday edi.

Zunnun arabcha; aynan baliq egasi degan ma’no- ni beradi. Rivoyatlarga ko‘ra, Yunus payg‘ambar uch kun davomida kitning qornida yotgan, shuning uchun Qur- ‘oni karimda u kishi shu laqab bilan ataladi. Keyinchalik bu nom odamlar o‘rtasida keng tarqalgan.

Zufar arabcha; Zafar ismining shaklan o‘zgargani.

Zuhriddin arabcha; Zohir ismining o‘zgar- gan shakli; dinning ko‘rinishi, oshkoraligi de- makdir.

Zabarjad arabcha, asl, juda qimmatbaho ma’- dan toshi ma’nosini bildiradi.

Zavqiya arabcha; ismning quyidagi ma’nola- ri bor:

  • xursandchilik, shodlik;
  • lazzat, maza, kayf.

Qiz farzand kutilgan uyda birinchi ma’no ko‘zda tutilgan bo‘lsa kerak.

Zaynab arabcha; agar chaqaloq durkun tug‘ilsa, shunday ism qo‘yishgan. Payg‘ambarimiz Muhammad

 

sollallohu alayhi vasallamning birinchi qizlari shu nom bilan atalgan.

Zamira arabcha; «zamir» so‘zining quyidagi ma’nolari bor:

  • yurak, ko‘ngil, dil;
  • yashiringan fikr, mazmun, o‘y;
  • egalik (ko‘rsatish) olmoshi.

Ism birinchi yoki ikkinchi ma’noga nisbatan berilgan bo‘lishi mumkin. Agar birinchi ma’no- ga nisbat berilgan bo‘lsa, unda dilga yaqin, ko‘ngil orzusi deb izohlasa bo‘ladi. Ism ikkinchi ma’- noga nisbat berilgan bo‘lsa, aql bilan ish ko‘ruz- chi deb izohlash kerak.

Zarifa arabcha; aqlli, farosatli, pokiza, ma’- suma degan ma’nolarda keladi.

Zaqro arabcha; yorqin, ravshan, nurli, oq yuzli yoki intiluvchi, havas qiluvchi ma’nolarini bildi- radi. Bu «O‘zbek ismlari» kitobida berilgan izoh. Aslida Zahro — guldek degani. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kenja qizlari Fotima benihoya go‘zal bo‘lgani uchun unga shunday nisbat berilgan. Bu ism pgu ma’noda Zuhra deb ham talaffuz qilinadi. Shunga bo‘lsa kerak, o‘zbek va tojik oilalarida egi- zak qiz tug‘ilsa, Fotima va Zuhra deb ataladi.

Zebi forscha; chiroyli, go‘zal demakdir.

Ziyoda — arabcha; agar go‘dakning ortig‘i bo‘lsa, o‘g‘il bolalarga Ortiq, Ziyod, qiz bolalarga Ziyoda

degan ism qo‘yilgan. Bundan tashqari, hammadan ziyoda bo‘lsin, degan niyat ham bo‘lishi mumkin.

Ziynat arabcha; bezak, uyning, xonadonning, oilaning bezagi degan ma’noni anglatadi.

Zilol arabcha; tiniq va muzdek suv degani. Suvdek pokiza degan niyatda berilgan ism bo‘lishi kerak. Ismning Zilola shakli ham bor.

Zinnur arabcha; nurli, ravshan, chiroyli, dil- bar ma’nolarini beradi. Ismning Zinnura shakli ham uchraydi.

Zohida arabcha; dindor, taqvodor, xudojo‘y, mo‘mina demakdir.

Zubayda arabcha; «zubda» so‘zidan olingan bo‘lib, biron narsaning yaxshi tomoni; sarasi; yaxshi natijasi, xulosasi ma’nolariga ega. Demak, qiz- larning yaxshisi deb izohlash mumkin.

Zulayho arabcha; taxminan kichik, kenja qiz deganidir (ismning ma’nosi tamoman anikdanmagan). Ba’zilar sirg‘anchiq, silliq, muloyim deb talqin qil- ganlar. Qur’oni karimdagi Yusuf surasida Yusuf alayhissalomga oshiq bo‘lib qolgan ayol garchi Aziz- ning xotini deb atalsa ham, xalq rivoyatlarida u Zu- layho nomi bilan yuritiladi. Durbekning mashhur «Yusuf va Zulayho» dostoni ham bor. Bu dostonda rivoyat qilinishicha, bir necha yillar o‘tib, Aziz o‘lib, Zulayho beva qolgach, Yusuf alayhissalom unga uyla- nadi. Keyinchalik Zulayho butkul taqvoga beriladi.

 

 

 

Zulfi forscha; ayollarning ikki chekkasidan tushib turgan soch kokillari, umuman ayollarning sochini bildiradi.

Zumrad forscha; yashil tusli qimmatbaho tosh. Ko‘zlari ko‘k tug‘ilgan chaqaloqqa ham shunday ism beriladi.

Zuhro — arabcha; yorug‘ sayyoraning nomi. Uni Cho‘lpon ham deydilar.

Arabcha ismlar ma’nosi

I xarfiga ismlar ma’nosi

Ibrohim qadimiy yahudiycha; Tavrot va In- jil kitoblarida Avraam shaklida kelgan, «xal- qlar otasi» degan ma’noga ega. Rivoyatlarga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning Is’hoq va Ismoil de- gan o‘g‘illari bo‘lib, Is’hoqdan yahudiylar, Is- moildan esa arablar tarqalgan.

Idris hadimiy yahudiycha; aynan o‘quvchi, o‘rga- nuvchi demakdir. Tikuvchilik, to‘quvchilik, xat ilmi singari hunarlar Idris payg‘ambardan boshlangan, degan rivoyatlar bor.

Izzat arabcha; hurmat ma’nosida keladi.

Ikrom arabcha; izzat, hurmat, ehtirom, obro‘ yoki tuhfa ma’nolari bor.

Ilyos — qadimiy yahudiycha; aynan «Mening tan- grim Yeliyaxin (Yahyo)» deganidir. Bu ma’no Bibliya kitobidan olingan. Ammo ismning istilohiy ma’- nosi bor: Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlar- ning sevimlisi, e’zozlangan, qadrlangan odam. Obi hayot ichib, mangu tirik yurgan Xizrning boshqa nomi; quruqlikda Xizr bo‘lib yursa, suvda Ilyos bo‘lib, odamlarning hojatini chiqaradi, deb faraz qilin- gan. Qur’oni karimda ham Xizrning Muso alayh- issalom bilan uchrashgani zikr etilgan.

Ilhom arabcha; ruhlanish, jo‘sh urish; inti- lish ma’nolarini bildiradi.

Imron arabcha; tiriklik, barhayotlik de- makdir. Imron — Bibi Maryamning otasi bo‘lgan. Muso payg‘ambarning ham otasi Imron deb ata- lar edi.

Inoyat arabcha; xayrixohlik, ko‘mak, ehson ma’- nolarini anglatadi.

Inog‘om arabcha; aslida in’om; sovg‘a, hadya ma’- nosida keladi.

In’om arabcha; Inog‘om ismining imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilishi.

Iskandar yunoncha; jasur, mard, qo‘rqmas, do- vyurak yoki muhofaza qiluvchi ma’nolari bor. «Is- kandar» so‘zi arab tilida sarimsoq ma’nosini ham anglatadi. Sharq adabiyotida Iskandar personaji juda mashhur. Ammo bu Iskandar Aleksandr Maq- duniyga aloqasi bo‘lmay, balki Qur’oni karimda zikr etilgan Iskandar Zulqarnayn (ikki shoxli Iskandar) nomiga taassub qilib berilgan. Bu Is-

 

kandar odamlarni Ya’juj-Ma’juj zulmidan qut- qargan.

Islom arabcha; musulmon dinining nomi.

Ismat arabcha; poklik, begunohlik, ma’sum- lik ma’nolarida keladi.

Ismoil qadimiy yahudiycha; aynan Xudo eshitdi demakdir. Bu ismning tarixi quyidagicha: Ibrohim payg‘ambarning ayoli Soradan farzandi yo‘q edi. Ib- rohim alayhissalom hamisha Alloxdan farzand ato etishini so‘rardi. Payg‘ambarning farzandga bo‘lgan ishtiyoqini sezgan Sora uni o‘z joriyasi bo‘lmish Hojarga uylantirib qo‘yadi va Allohning inoyati bi- lan Hojar o‘g‘il tug‘adi. Shuning uchun ham Ibrohim payg‘ambar o‘g‘liga «Xudo iltijoimni eshitdi» ma’no- sida Ismoil ismini beradi. Ismoil ham payg‘ambar- lardan bo‘lib, uning nomi Qur’oni karimda zikr etil- gan. Arab xalqining otasi hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, u 137 yil umr ko‘rib, Makkada vafot etgan.

Isomiddin arabcha; dinning tutqichi, madadi, ko‘magi ma’nolarini anglatadi.

Isroil qadimiy yahudiycha; yahudiy tilidagi Izrail so‘zining arabcha talaffuzi. Alloh yo‘li- da kurashuvchi demakdir.

Is’hoq hadimiy yahudiycha; kuladi ma’nosida keladi. Bu ismning tarixi quyidagicha: farishta Jabroil Ibrohim payg‘ambar bilan uning xotini Soraga farzand ko‘rish xabarini olib keladi. Shun-

da Ibrohim payg‘ambar 100 yoshda, Sora 90 yoshda edi. choq boshida ovqat tayyorlayotgan Sora ikki yuziga shapatilab rosa kuladi. «Endi qarigan chog‘imda tu- g‘amanmi?!» deydi. Ammo Xudoning vahiysi to‘g‘ri edi, Sora o‘g‘il ko‘radi va yana vahiy bilan uning ismi Is’hoq bo‘ladi. Is’hoq Qur’oni karimga ko‘ra, Ibrohim alayhissalomning ikkinchi o‘g‘li, Bibli- yaga ko‘ra, birinchisidir. Mantiqiy jihatdan olib qaraganda, Qur’ondagi gap to‘g‘ri.

Iftixor arabcha; faxr, g‘urur deganidir.

Ixtiyoriddin arabcha; dinning irodasi ma’- nosini beradi. Ismning Ixtiyor shakli ham bor.

Iqboliddin arabcha; din iqboli demakdir.

Ibodat arabcha; doimo taqvo bilan shug‘ulla- nuvchi, Allohga sig‘inuvchi ma’nolarini anglatadi.

Ijoza arabcha; «ijoz» so‘zidan mo‘jiza de- gan ma’noni tushunish mumkin. Chaqaloqning ba- danida qandaydir ortiqcha, g‘alati belgilar ko‘rinsa, shunday ism berilish odati bor. Ismning Ijozat shakli ham uchraydi.

Inobat arabcha; Alloh iltijolarni qabul qilib bergan qizaloq demakdir.

Iroda arabcha; bu ismni turlicha talqin qilish mumkin: chidamli, toqatli; Allohning irodasi va muruvvati bilan berilgan farzand; ota-onaning orzusi va tilagi.

 

Ismigul arabcha-forscha; ya’ni, bu qizaloq- ning ismi gul, degan ma’noni beradi.

Iqboloy arabcha-o‘zbekcha; baxt, saodat; omad, porloq kelajak degan ma’nolarni bildiradi. Is- mning Iqbolxon degan shakli ham bor.

Iqlim arabcha; bu ismni har qanday sharoitga chidamli, deb talqin qilish mumkin. Ismning Iqli- ma, Iqlimbibi, Ikdimbuvish degan shakllari ham bor.

ismlar ma’nosi kizlarniki islomiy

Y xarfiga ismlar ma’nosi

Yo‘ldoshmuhammad o‘zbekcha-arabcha; Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yo‘ldosh bo‘lsin, de- gan niyatda qo‘yilgan ism.

Yigitali — tug‘ilgan chaqaloq haqiqiy erkak bo‘lsin, degan niyatda qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

K xarfiga ismlar ma’nosi

Kabir arabcha; ulug‘, ulkan ma’nolarida keladi.

Kamol arabcha; yetuk, mukammal, nuqsonsiz ma’- nolariga ega.

Kiromiddin arabcha; dinning saxovati, ka- rami degan ma’nolarni beradi.

Kozim arabcha; sabrli, chidamli, vazmin; g‘azab- dan o‘zini tiya oladigan degan ma’nolar anglashi- ladi.

 

Komil arabcha; mukammal, benuqson, yetuk de- makdir.

Komron forscha; baxtli, saodatli; maqsadiga erishuvchi; hokim, hukmronlik qiluvchi ma’nola- riga ega.

Kavsar arabcha; jannatdagi buloqdan oquv- chi suv. Rivoyatlarga ko‘ra, mahshar kunida Payg‘- ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasal- lam mo‘minlarni shu buloq suvidan qondirar ekanlar. Binobarin, ismning ma’nosi keng: fa- rovonlik, obi hayot, mo‘l-ko‘llik, rahm-shafqat, shifobaxshlik.

Kamola arabcha; yetuk, barkamol demakdir. Is- mning Kamoliya degan shakli ham bor. g‘il bolalarga Kamol, Kamoliddin degan ismlar beriladi.

Kimyo arabcha; qimmatbaho narsalar; kamyob, noyob, nodir, tengsiz ma’nolari nazarda tutilgan. Ismning shakllari: Kimyobibi, Kimyoxon, Kimyooy.

Komila arabcha; yetuk, mukammal; zukko degan ma’nolarni beradi.

Kumush o‘zbekcha; forslar nuqra deydigan ma’- danni o‘zbek tilida kumush deyishadi. Bu ism o‘zbek oilalarida keng tarqalgan. Ayniqsa, Abdulla Qodi- riyning «tkan kunlar» romani keng tarqalgach, ko‘pgina tug‘ilgan qizlarga Kumush deb ism beril- gan.

 

ismlar va ma’nosi

L xarfiga ismlar ma’nosi

Laziz arabcha; yoqimtoy, shirin bola demak- dir.

Latif arabcha; pok, pokiza; muloyim, mehri- bon degan ma’nolarda keladi. Latif Alloh taolo- ning go‘zal sifatlaridan biridir.

Lutfiddin arabcha; dinning iltifoti, mar- hamati ma’nolarini beradi. Ismning quyidagi shakllari bor: Lutfiali, Lutfiyor, Lutfiy (ziyo- li oilalarda shoir Lutfiyga taassuban qo‘yilgan ism), Lutfirahmon, Lutfirahim, Lutfihaq, Lut- fullo.

Luqmon arabcha-yunoncha; bilimdon, dono de- makdir. Luqmon nomi Qur’oni karimda ham zikr etilgan va alohida Luqmon surasi ham bor. U ta- rihda Luqmoni hakim deb shuhrat topgan haba- shiy tabib edi. Ulamolar uning payg‘ambar yoki valiy ekani haqida bir fikrga kela olmaganlar. Chunki na Qur’onda, na hadisda u haqda aniq ma’- lumotlar uchramaydi. Faqat Qur’onda uning o‘z o‘g‘liga qilgan nasihatlari keltirilgan.

Lazzat arabcha; kelajakda hayoti huzur-halo- vatli bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism. Laziza ismi ham shu ismning shakllaridan biri.

Lazokat arabcha; Nazokat ismi o‘zbek tilida ko‘pincha shunDay talaffuz ham etiladi.

 

Layli arabcha; tun orasida turilgan chaqaloqqa shunday ism berilgan. Yoki ism qadimiy yahudiy tili- dagi liliya (safsangul)dan olingan bo‘lishi mumkin.

Latifa arabcha; bu ismning adabiyotdagi lati- fa (anekdot) janriga aloqasi yo‘q, «latif» so‘zidan olingan bo‘lib, nafis, pokiza, muloyim deganidir. Latofat ismi ham shu ismning shakllaridan biry.

La’li arabcha; eng qimmatbaho ma’dan tosh. Demak, la’lidek qadrli bo‘lsin, degan niyatda be- rilgan ism.

Lobar arabcha; go‘zal, kelishgan, yoqimtoy, ko‘rkam degan ma’nolarga ega. Ismning quyidagi shakllari bor: Lobarjon, Lobaroy, Lobarxon.

Lola forscha; gulning nomi. Bu ism o‘zbek va tojik oilalarida keng tarqalgan.

Lutfi arabcha; iltifot, nazokat, nafosat ma’- nolarida keladi. Ismning Lutfiniso, Lutfiya shakllari bor.

ismlar ma’nosi ugil bolalar

M xarfiga ismlar ma’nosi

Mavlon arabcha; ustoz, valene’mat degan ma’- nolarni bildiradi. Alloh taoloning go‘zal sifat- laridan biri sanaladi.

Majid arabcha; atoqli, shuhratli, dongdor demakdir. Alloh taoloning go‘zal sifatlaridan biri.

Malik arabcha; podshoh, hokim, qirol ma’no- larini beradi. Bu ham Alloh taoloning go‘zal si- fatlaridan biri hisoblanadi.

Manguberdi o‘zbekcha; mangulikka, boqiylik- ka daxldor ma’nolarida keladi. Mashhur sarkarda Jaloliddin Manguberdiga nisbat berilgan bo‘li- shi mumkin.

Mansur arabcha; ustun turuvchi, g‘olib, mu- zaffar degan ma’nolarni anglatadi. Bu ismning Abdulmansur degan shakli ham bor. Abdulmansur Amir Temurning laqabi bo‘lgan.

Mardi forscha; botir, mard, dovyurak demak- dir.

Mas’ud arabcha; baxtli, baxtiyor, saodatmand ma’nolarini beradi.

Maxdum arabcha; din yo‘lida xizmat qiluvchi; martabali, obro‘li degan ma’nolarga ega. Ismning Mahzum shakli ham uchraydi.

Maxsum arabcha; Ma’sum ismining talaffuz- dagi shakli; pok, pokiza, sof, gunohsiz ma’nola- rida keladi.

Maxtum arabcha; muhrlangan, mustahkamlan- gan demakdir. Ismning Maxtumquli (mashhur t^f- kman shoiriga nisbat berilgan bo‘lishi mumkin), Maxtumberdi, Maxtumqilich, Maxtumkeldi shakl- lari ham uchraydi.

Ma’mun arabcha; omonda, himoya ostidagi, himoyaga olingan ma’nolarini anglatadi. G‘azna- viylar sulolasining hukmdorlaridan biri, Be- runiy zamonida faoliyat olib borgan ma’rifat- parvar podshoh Ma’munning ismi ham shunday bo‘lgan.

Ma’mur arabcha; bu ismning quyidagi ma’- nolari bor:

  • biron ishga buyurilgan kishi;

Ismni qaysi ma’noda qo‘llashsa ham, yaxshilik niyati anglashiladi.

Ma’ruf arabcha; quyidagi ma’nolar angla- shiladi:

  • taniqli, mashhur;
  • aqlga muvofiq, sharoitga mos va maqbul hisob- langan fe’l-harakat.

Kunbotar paytida tug‘ilgan bolaga ham shunday ism qo‘yilgan.

Mashrab arabcha; xosiyat, tabiat, xulq, odat, xislat, mayl, ravish ma’nolarida keladi. Mashhur tasavvuf shoiri Boborahim Mashrabning nomi bi- lan ham bog‘liq.

Maqsad arabcha; istalgan, orzu qilingan de- makdir.

Mahdum arabcha; janob, xo‘ja, aslzoda, din ilmining bilimdoni, diniy peshvo ma’nolarini bildiradi.

 

Mahkam arabcha; mustahkam, qattiq demak- dir. Joni qattiq ma’nosida qo‘llaniladi.

Mahmud arabcha; maqtalgan, maqtovga sazovor degan ma’nolarni anglatadi. Payg‘ambarimiz Mu- hammad sollallohu alayhi vasallamning sifatla- ridan biri.

Mehmon forscha; yangi mehmon (farzand) ma’- nosida bo‘lsa kerak. Mehmonga borganda tug‘ilgan bolalarga ham shunday ism berilgan.

Mehriddin arabcha; din sharofati bilan eri- shilgan bola deb izohlash mumkin.

Mizrob forscha; noxun demakdir. Ismning Muzrobiddin degan shakli ham bor, buni din noxu- ni, ya’ni dinni sharhlovchi deb izohlash mumkin.

Minhojiddin arabcha; dinning ravshan, yorug‘ yo‘li.

Miraziz arabcha; izzatli mansabdor, amir demakdir.

Mirza forscha; kotib; ilmli ma’nosini be- radi. tmishdagi hukmdorlar saroyida mirzalik eng katta mansab hisoblangan.

Mubashshir arabcha; bashorat qiluvchi degani.

Muzaffar arabcha; g‘olib ma’nosida keladi.

 

Muzrob forscha; Mizrob ismining o‘zgargani.

Munzir arabcha; bu nom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sifatlaridan biri bo‘lib, ma’nosi ogohlantiruvchi demakdir.

Murod arabcha; maqsad, talab ma’nolariga ega.

Murtazo arabcha; tanlangan, saylangan, suyuk- li, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Bu nom haz- rat Alining sifatlaridan biri bo‘lgan.

Muslim arabcha; Islom diniga bo‘ysungan, mu- sulmon, taqvodor ma’nolarini bildiradi.

Muso qadimiy yahudiycha; yahudiylar payg‘am- bari Moshe nomining arab tilidagi talaffuzi shunday. Ma’nosi turlicha: qadimiy misr tilida bola, chaqaloq, yahudiy tilida suvdan topilgan yoki tortib olingan, arab tilida ustara, poki degani.

Mustafo arabcha; tanlangan, saralab olingan degan ma’noda qo‘llaniladi. Bu nom Muhammad sol- lallohu alayhi vasallamning sifatlaridan biri.

Musulmon arabcha; Islom diniga bo‘ysungan, e’tiqod qilgan, xudojo‘y demakdir.

Mutal arabcha; Mutallib ismining qisqar- tirilgani; izlovchi, axtaruvchi yoki talab etilgan ma’nolarida keladi. Ismning Mutallim degan shakli ham bor.

 

Muxlisiddin arabcha; dinning ixlosman- di, dinga sodiq; taqvodor, xudojo‘y ma’nolari- ga ega.

Muxtor arabcha; mustaqil, erkin degani.

Muqanna arabcha; niqobdor ma’nosini bera- di. Ma’lum belgi yoki parda bilan tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yish odat bo‘lgan.

Muhammad arabcha; maqtovga loyiq demakdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak ismlari shunday bo‘lgan. Bu ismning quy- idagi shakllari bor: Muhammadaziz, Muhammada- zim, Muhammadayyub, Muhammadakbar, Muhammada-. li, Muhammadamin, Muhammadanvar, Muhammadaf- zal, Muhammadasad, Muhammada’zam, Muhammada’- lo, Muhammada’lam, Muhammadsharif, Muhamma- dahmad, Muhammadbakir, Muhammadbek, Muhammad- bobo, Muhammadboqi, Muhammadbo‘ri, Muhammad- bobur, Muhammadvali, Muhammadvafo, Muhammad- darvesh, Muhammaddin, Muhammaddo‘st, Muhamma- dyor, Muhammadyoqub, Muhammadjalil, Muhammad- jamil, Muhammadjuma, Muhammadzakiy, Muham- madzamon, Muhammadzarif, Muhammadziyo, Muham- madziyod, Muhammadzikir, Muhammadzokir, Muham- madzohid, Muhammadzohir, Muhammadzulun, Muham- madzunnun, Muhammadzuhur, Muhammadi, Muham- madibrohim, Muhammadikrom, Muhammadislom, Muhammadismoil, Muhammadiso, Muhammadisro- il, Muhammadis’hoq, Muhammadyo‘ldosh, Muhammad- kabir, Muhammadkamol, Muhammadkarim, Muham- madkomil, Muhammadlatif, Muhammadmajid, Mu- hammadmaxdum, Muhammadmansur, Muhammadmaxsum, Muhammadmirza, Muhammadmurod, Muhammadmuso, Muhammadmustafo, Muhammadmuhsin, Muhammad- mo‘min, Muhammadnabi, Muhammadnodir, Muham- madnozim, Muhammadnosir, Muhammadnur, Muham- madodil, Muhammadorif, Muhammadosim, Muham- madoqil, Muhammadrajab, Muhammadrasul, Muham- madrauf, Muhammadrafiq, Muhammadrashid, Mu- hammadrahim, Muhammadrizo, Muhammadroziq, Muhammadro‘zi, Muhammadsaid, Muhammadsalim, Muhammadsiddiq, Muhammadsodiq, Muhammadsoib, Muhammadsoli, Muhammadsolih, Muhammadfozil, Muhammadxalil, Muhammadshokir, Muhammadyusuf, Muhammadqobil, Muhammadqodir va hokazo.

Muhiddin arabcha; dinni qo‘llovchi, jonlan- tiruvchi, dinga go‘zallik, nafosat baxsh etuvchi ma’- nosida keladi. Ismning Muhiddinqori, Shomuhid- din, Mirmuhiddin singari shakllari ham bor.

Muhsin arabcha; karamli, marhamatli, meh- ribon degan ma’nolarni bildiradi.

Mo‘min arabcha; dinni til va dil bilan iqror qiluvchi degani. Mo‘min Alloh taoloning go‘zal si- fatlaridan biri.

Mavjuda arabcha; agar go‘dak nozikroq tug‘il- gan bo‘lsa, yashab ketsin, degan ma’noda shunday ism beriladi.

Mavluda arabcha; Muhammad sollallohu alayhi vasallam muharram oyining dushanba kunida tu- zz

 

g‘ilganlar. Agar chaqaloq shu oyda tug‘ilgan bo‘lsa, Mavluda ismi qo‘yilgan.

Maysa forscha; yerdan tabiiy ravishda ko‘ka- rib chiqadigan o‘t. Ehtimol, bahorning boshla- nishida, maysalar ko‘kara boshlaganda tug‘ilgan qizga shunday ism berilgandir. Balki maysadek nozik, yosh, navqiron bo‘lsin, degan niyat ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

Maknuna arabcha; yashirin, berkingan ma’no- lariga ega. Ismning istilohiy ma’nosini hayoli, andishali, kamtar deb izohlash mumkin. Maknuna Qo‘qon xonligi saroyida yashab, ijod qilgan No- dirabegimning taxallusi ham bo‘lgan.

Maktuba arabcha; ba’zi oilalarda shunday ism beriladi, ammo ismning ma’nosi tushunarsiz. Bi- nobarin, xat ma’nosi bilan ism qo‘yish g‘alati.

Malika arabcha; qirolicha demakdir.

Mamlakat arabcha; diyor, vatan; mulk ma’no- larini anglatadi. Ehtimol, boyvuchcha qiz bo‘lsin, degan niyatda berilgan ismdir.

Manzura arabcha; husni axloqi bilan elga manzur bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism.

Marjon forscha; marvarid tizimini angla- tadi. Ismning quyidagi shakllari bor: Marjona, Marjonbeka, Marjonbibi, Marjongul, Marjon- qiz.

Marziya arabcha; maqbul, e’tiborga loyiq de- makdir. Ismning Marzi degan shakli ham bor.

Mariya krdimiy yahudiycha; ustun turuvchi ma’- nosini beradi. Bibi Maryamning nomi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bir zavjalari ham shu nom bilan atalgan.

Marg‘uba arabcha; qo‘msalgan, istalgan, suyuk- li, qadrli degan ma’nolarni anglatadi.

Marhabo arabcha; oilada uzoq vaqt kutilgan qizga shunday ism qo‘yiladi.

Marhamat arabcha; Allohning lutfu iltifo- ti ma’nosida berilgan ism.

Masrura arabcha; quvnoq, shodon, baxtiyor de- gan ma’nolarga ega.

Maston arabcha; jozibali, maftunkor, dil- kash demakdir. Ismning Mastona, Mastonbibi, Ma- stoncha shakllari ham bor.

Mastura arabcha; aynan berkitilgan, yashi- ringan, pardali degan ma’nolarni beradi. Ismni istilohiy ma’noda iffatli deb izohlash mumkin.

Mas’uda arabcha; baxtli, saodatmand degani. Ismning Mas’udbaxt degan shakli ham bor. Bu is- mni yozishda ko‘pincha xatolikka yo‘l qo‘yib, Ma’suda deb yozadilarki, bunday yozilganda ma’no chiqmaydi.

 

Matluba arabcha; iltijo bilan erishilgan, orzu qilingan ma’nolari tushuniladi.

Matonat arabcha; Iroda ismining boshqacha shakli.

Maftuna arabcha; maftun etuvchi, zavqlanti- ruvchi chiroy ma’nolariga ega.

Maxsuma arabcha; sof, pokiza, gunohsiz de- makdir.

Ma’mura arabcha; ma’murlik so‘zidan olin- gan, farovonlik deb izohlash mumkin.

Ma’suma arabcha; pokiza, gunohsiz, bokira ma’nolarini beradi.

Mashkura arabcha; shukr so‘zidan olingan. Shukr qiluvchi, shukrona aytuvchi degan ma’nolar- ni anglatadi.

Mashhura arabcha; taniqli, obro‘-e’tiborli bo‘lsin degan niyatda beriladigan ism.

Mahbuba arabcha; do‘st demakdir.

Mahdiya arabcha; to‘g‘ri yo‘l degan ma’noni bildiradi.

Mahzuna arabcha; dardli, qayg‘uli, g‘amli ma’- nolariga ega. Ammo bu ismning kengroq tarqali- shiga sabab bor: Nodirabegim va Uvaysiy davrla- rida Qo‘qon adabiy muhitida Mahzuna taxallusli

ismlar manosi

p xarfiga ismlar ma’nosi

 

shoira ham bo‘lgan. Uning she’rlari kam saqlangan bo‘lsa-da, ammo nomi xalq orasida mashhur.

Mahina forscha; oydek suluv degan ma’noni beradi. Ismning shakllari quyidagilar: Mahin- bonu, Mahingul, Mahinora.

Mahliyo arabcha; jozibali, jozibador ma’- nolarida keladi.

Mahmuda arabcha; maqtovli, e’zozli ma’no- sida ishlatiladi. Ismning Mahmuza degan shakli ham bor.

Mohira arabcha; iste’dodli, uddaburro, chaq- qon degan ma’nolarni ifodalaydi.

Muazzam arabcha; katta, ulug‘ demakdir. Ismning Muazzama degan shakli ham bor.

Mubina arabcha; ochiq, ravshan; jozibali ham- dir.

Muborak arabcha; ehtimol, onasi homilador- lik paytida duo olgan va Muborak ismini qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Ismning Mubora shakli ham uch- raydi.

Muzayyana arabcha; bezangan, ziynatlangan, orasta ma’nolarini anglatadi.

Mukarrama arabcha; izzat va hurmat sohiba- si degan ma’nolarda qo‘llaniladi.

 

Multajiba arabcha; nurli, yorqin, ravshan demakdir.

Munavvara arabcha; Multajiba ismining ay- nan ma’nosini bunga ham ishlatsa bo‘ladi.

Muniba arabcha; to‘g‘ri yo‘lga kiruvchi, ya’ni Alloh taolo yo‘lidan yuruvchi ma’nolarini bildiradi.

Munira arabcha; nurli, ravshan degan ma’no- larni ifodalaydi.

Munis arabcha; do‘st, o‘rtoq, sirdosh degan ma’no- larda keladi. Ismning Munisa degan shakli ham bor.

Munojot arabcha; uzoq yillar mobaynida far- zand kutgan oilalarda shunday ism beriladi.

Muruvvat arabcha; mehrli, shafqatli ma’no- sini beradi.

Murshida arabcha; to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi, xu- dojo‘y, taqvodor demakdir.

Musallam arabcha; sidqidil, itoatkor; yovvosh ma’nolarini ifodalaydi. Ismning Musallama de- gan shakli ham bor.

Muslima arabcha; musulmon, xudojo‘y, taqvo- dor, yolg‘iz Allohga sig‘inuvchi ma’nolarida keladi.

Muxlisa arabcha; hayotda ixlos bilan yashasin, degan niyatda beriladigan ism.

Mushtariy arabcha; Yupiter sayyorasining nomi, uni Neptun deb ham ataydilar.

Mushfiqa arabcha; mehribon, shafqatli de- makdir.

Muyassar arabcha; Alloh taolo ato etgan far- zandni ifodalab yoki hayotda ko‘p narsaga erishsin, degan niyatda beriladigan ism.

Muqaddam arabcha; oldinda boruvchi, peshvo bo‘lishini istab yoki to‘ng‘ich farzandga beriladi- gan ism.

Muqaddas arabcha; tabarruk, aziz bo‘lsin, deb yoki muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgandan keyin tug‘ilgan go‘dakka beriladigan ism.

Muhabbat arabcha; bu ismning berilish saba- bi ikki sevishgan qalbga bog‘liq bo‘lsa kerak.

Muhayyo arabcha; iltijolarimizni Alloh hozir qildi, degan ma’noda beriladigan ism.

Muhibniso arabcha; do‘st, qadrdon demak ,\ir. Ismning ushbu shakllari bor: Muhiba, Muhibbi- bi, Muhibjahon, Muhibjamol.

Muhima arabcha; oilada mushtoq bo‘lib kutil- gan farzandga pgunday ism berish mumkin.

Muhsina arabcha; mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, rahmdil ma’nolarida keladi.

Muhtaram arabcha; hurmatli, qadrli, yuksak e’zozga sazovor ma’nolarini ifodalaydi. Ismning Muhtarama degan shakli ham bor.

Mo‘mina arabcha; shariat qoidalariga binoan yashaydigan, taqvodor degani. Ismning Mo‘minniso degan shakli ham bor.

Mo‘tabar arabcha; hurmatli, aziz degan ma’- nolarni anglatadi. Talaffuzda Muxtabar deb ham iste’mol qilinadi.

Mo‘tila arabcha; ato qilingan, tuhfa, baxshan- da, in’om etilgan degan ma’nolarni ifodalab, uzoq vaqt farzand kutgan oilalarda shunday ism beriladi.

ismlar manosi kitobi

N xarfiga ismlar ma’nosi

Nabi arabcha; payg‘ambar, Allohning elchisi nazarda tutiladi.

Navro‘z forscha; qadimiy ismlardan biri. Navro‘z kunida tug‘ilgan go‘daklarga shunday ism qo‘yish odati uchraydi.

Nazar arabcha; Alloh yoki avliyolar nazari bi- lan tug‘ilgan bola demakdir.

Nazir arabcha; ogoh qilguvchi, azoblardan ogoh- lantiruvchi ma’nosida keladi. Bu nom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sifatlaridan biri. Yoki kimgadir nazir qilingan ma’nosida ham bo‘lishi mumkin.

 

Nazrullo arabcha; Allohga nazir qilingan, sadaqa qilingan bola degani.

Naim arabcha; baxtli, omadli, saodatmand ma’- nolarini beradi.

Namoz forscha; ehtimol, ibodat paytida tu- g‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yilgandir yoki xu- dojo‘y bo‘lsin, degan ma’noda ham berilgan bo‘li- shi mumkin.

Narimon arabcha; ehtimol, nuriiymondir.

Nasim arabcha; yengil shabada, tong shamoli ma’nolarini ifodalaydi.

Nasriddin arabcha; dinning g‘olibligi, din- ning zafari degan ma’nolarni anglatadi. Bu is- mning Nasrullo degan shakli ham bor.

Ne’mat arabcha; nasibali, rizq-ro‘zli demakdir.

Nizom arabcha; tartibli, intizomli deganidir.

Nishon forscha; badanida biron belgi bilan tug‘ilgan yoki otasi yo onasidan yodgorlik bo‘lib qol- gan bolaga shunday ism berilgan.

Nodim arabcha; hamdam, hamsuhbat, do‘st ma’- nolariga ega.

Nodir arabcha; kamyob, noyob, bebaho, tengsiz degan ma’nolarni anglatadi.

Nozim arabcha; tartibga keltiruvchi, tartib- ga soluvchi yoki shoir ma’nolarida keladi.

Noib arabcha; o‘rinbosar, ko‘makchi, yordamchi ma’nolari anglashiladi.

Nosir arabcha; ko‘makchi, yordamchi yoki g‘olib, muzaffar degan ma’nolarni bildiradi. Bu nom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sifat- laridan biri.

Nusrat arabcha; g‘olib, muzaffar demakdir.

Nu’mon yahudiycha; iltifot, muruvvat, lutf, mehr ma’nolariga ega.

Nuh yahudiycha; aslida Nuho — aql, xirad, zehn demakdir. Bu nom Nuh payg‘ambarning laqabi bo‘lgan. Uning asl ismi Sakib yoki Sokib (arabcha) bo‘lib, qo‘ymoq, to‘lmoq deganidir. Bu ismning Nuhiddin degan shakli ham bor. Ma’nosi dinni to‘ldirmoq deb sharhlanadi.

Navbahor forscha; ilk bahor nazarda tutila- di. Yoki ko‘klamning boshlanish paytida tug‘ilgan go‘dakka shu nom beriladi.

Nazira arabcha; baxshida demakdir. Ism ma’- nosi xalq orasidagi irim va e’tiqodlarga bog‘liq, binobarin ba’zi oilalarda Xudo bizga farzand bersa, falonchi avliyoga nazir qilamiz, degan va’- da bo‘ladi va nguning uchun ham ahdni bajarish uchun shunday ism qo‘yiladi. Ma’lum yoshga yetgach, o‘sha

sig‘inilgan avliyo yoki shayxning duosi bilan go‘dak nazirlik (baxshandalik)dan ozod bo‘ladi.

Nazokat arabcha; latofatlilik, noziklik, la- tiflik ma’nolarida keladi.

Naima arabcha; iqboli baland, saodatmand degan ma’nolarni anglatadi. Agar ism tutuq bel- gisi bilan (Na’ima deb) yozilsa, u holda ma’no- si jannat bo‘ladi.

Nargiz forscha-yunoncha; aslida Nargis. Yunon- lar bo‘tagulni nargis deganlar. Talaffuzda «s» harfi «z» harfiga aylangan. Ismning Nargiza degan shakli ham bor.

Nasiba arabcha; Alloh bergan nasiba yoki rizq- ro‘zli ma’nosida ishlatiladi.

Nafisa — arabcha; nozik, xushtabiat demakdir. Ismning Nafosat degan shakli ham bor.

Nigina forscha; uzuk deganidir. Bu ismni izohlashda shunday talqinga yo‘l qo‘yish mumkin: ayollarning barmoqlaridan, bilaklaridan uzuk tush- maydi; onasiga hamroh bo‘lsin, degan niyatda beri- ladigan ism bo‘lishi kerak.

Nigor forscha; rasm, surat, tasvir; go‘zal ma’- nolariga ega.

Nilufar forscha; savsan ma’nosini beradi. Suv yuzasida yurgan nilufar g‘oyatda chiroyli. So-

 

hibjamol qiz bo‘lsin, degan niyatda beriladigan ism.

Nishonbibi forscha-hindcha; biron nishon bi- lan tug‘ilgan go‘dakka shunday ism berish mumkin.

Nihol forscha; o‘suvchi, yashovchi degan ma’no- larni ifodalaydi.

Nodira arabcha; tengsiz, noyob demakdir. Is- mning Nodirabegim, Nodirabeka, Nodirabibi, No- dirabonu, Nodirgul, Nodirtoj kabi shakllari bor.

Noila arabcha; Allohga iltijo qilingandan keyin marhamat qilingan farzandga shunday ism beriladi.

ismlar manosi qizlar

O xarfiga ismlar ma’nosi

Obid arabcha; toat-ibodat qiluvchi, taqvodor demakdir.

Odil arabcha; haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol ma’nolarida keladi.

Odina forscha; juma kuni tug‘ilgan bolaga shunday ism qo‘yish rasm bo‘lgan.

Ozod forscha; erkin, hur, xoli degan ma’no- larga ega.

Olamgir arabcha-forscha; Jahongir ismining uzgacha shakli. Olam so‘zi bilan boshlanadigan is-

mlarning shakllari quyidagilar: Olamiddin, Olam- nazar.

Olim arabcha; bilimli, bilimdon, donishmand ma’nolarini beradi.

Olloyor arabcha-forscha; Allohga do‘st, Alloh qo‘llasin, degan ma’nolarda qo‘llaniladi.

Omon arabcha; omon bo‘luvchi, najot topuvchi ma’nolariga ega.

Orif arabcha; bilimdon, aqlli, dono yoki xu- dojo‘y.

Osim arabcha; qo‘riqlangan, himoyalangan, mu- hofaza qilingan, xavfsiz ma’nolarini beradi.

Ofoq arabcha-hindcha; aynan ufq demakdir. Ismning Ofoqxo‘ja degan shakli ham bor.

Oxun, Oxund forscha; mulla, muallim, ustoz; turkman tilida aka, og‘a degan ma’nolarda keladi.

Oqil arabcha; fahm-farosatli, aqlli, dono ma’nolariga ega.

Obida arabcha; taqvodor, xudojo‘y degan ma’- nolarni beradi.

Ozoda forscha; ko‘p manbalarda bu ismni er- kin, hur deb talqin qiladilar. Agar faqat o‘g‘il bolalarga nisbatan bu ism berilsa, aytilgan ma’-

 

 

 

no to‘g‘ri. Ammo qiz bolaga qo‘yilsa, ikki ma’noda tushunmoq kerak: erkin, hur; sarishta, ozoda.

Oysha arabcha; yashovchi, barhayot, joni qatgiq ma’nolari anglashiladi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zavjalaridan birining ismi Oysha bo‘lgan.

Olima arabcha; bilimdon bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism. Ismning Olimtilla degan shakli ham bor.

Olmos forscha; eng qimmatbaho bezak, demak, oilaning bezagi bo‘lsin, degan niyatda qo‘yiladi.

Oltinbibi o‘zbekcha-hindcha; ehtimol, go‘dak sariq tug‘ilgani uchun shunday ism berilar.

Osiyo forscha; aynan tegirmon demakdir. Ehti- mol, tegirmon toshidek mustahkam bo‘lsin, degan niyatda beriladigan ismdir. Har ehtimolga qarshi Osiya ham bo‘lishi mumkin. Osiya — o‘zini Xudo deb atagan Fir’avnning xotini, Muso payg‘ambarni tarbiyalagan ayol, saroy xonimi bo‘lgan.

Oftob forscha; hamisha oftobdek charaqlab tursin, degan niyatda beriladigan ism.

Oqila arabcha; aqlli, farosatli, dono dega- nidir.

Ohista forscha; umri tinch, sokin o‘tsin, de- gan ma’noda qo‘yiladigan ism.

ismlar manosi o zbek

P xarfiga ismlar ma’nosi

Payom forscha; xabar, darak; istilohiy ma’- noda xabardor, xabar beruvchi demakdir. Payg‘om ismi ham shu ma’noni anglatadi.

Parda forscha; o‘z pardasi (ko‘ylagi) bilan tug‘ilgan bolaga pgunday ism berilgan.

Parpi forscha; aslida farfi — nafis, mu- loyim, yumshoq tabiatli degan ma’nolarni beradi. Parpi degan dorivor o‘simlik ham bor.

Partov forscha; asdi partav; nurli, nur sochuvchi.

Pahlavon forscha; aslida «pahlu» so‘zidan olingan, yon, biqin, qanot ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’nosi zo‘r, kuchli, qudratli; lashkar boshlig‘i demakdir.

Poyon forscha; qator qiz tug‘ilgandan keyin tug‘ilgan o‘g‘ilga berilgan ism. Ehtimol, kenja bo- ladir.

Polvon forscha; «Pahlavoshshing o‘zbekcha ta- laffuzi; kuchli, qudratli, bahodir ma’nolarini beradi.

Porso forscha; yomon ishlardan saqlanuvchi, o‘zini tiyuvchi, taqvodor, xudojo‘y demakdir.

Po‘lat forscha; ma’nosi tushunarli, mustah- kam ma’dan nomi.

 

Paykar forscha; aynan badan, gavda, qomat, sum- bat ma’nolarini ifodalaydi. Pari paykar deganda paridek kelishgan, chiroyli deb tushuniladi.

Pardagul forscha; o‘z pardasi bilan tug‘ilgan go‘dakka shunday ism beriladi.

Pari forscha; go‘zal degani.

Parcha forscha; parchaqora, parchachavdar, par- chayuz, parchaburgut, laqayparcha degan urug‘lar bor, shu urug‘larga mansub go‘dak bo‘lsa kerak. Ismning Parchaoy, Parchin, Oyparcha, Parchaxol, Parchinoy shakllari bor.

Pokiza forscha; Ma’suma ismiga qarang.

Popuk forscha; chiroyli, shirin ma’nolari- * ni bildiradi. Ismning Oypopuk degan shakli ham bor.

Poshsha forscha; bu ism «podshoh» yoki «posho» so‘zlaridan olingan. Podshoh — yurt egasi, rahba- ri, posho — turk tilida general degani. Qaysi ma’no ism uchun tanlansa ham farqi yo‘q.

R

Rabbimqul arabcha-o‘zbekcha; Allohning quli, bandasi degan ma’nolarni anglatadi.

Ravshan forscha; yorug‘, shu’lali; tiniq, beg‘u- bor; g‘amsiz ma’nolarini ifodalaydi.

48

 

Rajab arabcha; hijriy yilning rajab (to‘rtinchi) oyida tug‘ilgan bolaga shunday ism be- rilgan.

Razzoq arabcha; rizq beruvchi demakdir. Bu ismni shunday qo‘yish yaramaydi. Undan ko‘ra quyi- dagi shakllaridan foydalanish kerak: Abdurazzoq, Razzoqberdi, Razzoqbergan, Razzoqqul.

Ramazon arabcha; qamariy yil hisobi bo‘yi- cha to‘qqizinchi oyda tug‘ilgan bolaga shunday ism beriladi.

Ramz arabcha; belgi, ishora; timsol ma’nola- rini bildiradi. Ramziddin, Ramzullo degan shakl- lari bor.

Rauf arabcha; muloyim, shafqatli, rahmdil degan ma’nolarga ega. Bu ismning Abdurauf degan shakli ham bor.

Rafiq arabcha; do‘st, hamdam ma’nolarini be- radi.

Rashid arabcha; to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi demakdir.

Rahim arabcha; mehribon, marhamatli ma’no- larini ifodalaydi. Alloh taoloning go‘zal ism- sifatlaridan biri. Ammo bachadonni ham rahim deydilar.

Rahmat arabcha; bu ism ham mehribon, marh- amatli degan ma’nolarni beradi.

 

 

 

Rahmon arabcha; o‘ta mehribon deganidir. Alloh taoloning go‘zal ism-sifatlaridan biri.

Rif’at arabcha; ulug‘lik, yuksaklik ma’nola- rini ifodalaydi.

Rixsitilla arabcha-forscha; tilladek qimmat- li, qadrli degan ma’nolarda keladi.

Ruslan forscha; arslon demakdir.

Rustam pahlaviycha; «Avesto»dagi Raodastan so‘zidan olingan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, dovyurak, bahodir ma’nolarini bildiradi. Abulq- osim Firdavsiyning «Shohnoma»sidagi Zol o‘gli Rustamning nomi. Bu so‘zning ikkinchi ma’nosi «qutuldim» deganidir. «Shohnoma»da bayon qili- nishicha, ona Rustamni tug‘ayotganda benihoya qiy- nalgan. Chaqaloq tug‘ilgach, rustam, deydi beholla- nib. Chaqaloq juda ulkan tug‘ilgan ekan.

Ruhiddin arabcha; dinning ruhi degan ma’- nolarni anglatadi. Ismning Ruhullo (Ruhulloh) degan shakli ham bor.

Ravza arabcha; bu ismning quyidagi ma’nola- ri bor:

  • bog‘, gulbog‘;
  • jannat;
  • qabr, aziz-avliyolar qabri (majo- ziy ma’noda).

Ism tanlanganda birinchi va ikkinchi ma’no- larni olish mumkin. Ismning Ravzagul degan shak- li ham bor.

Ravshanak forscha; yorug‘, nurli ma’nolarida keladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Aleksandr Makduniy rta Osiyoni zabt etgach, mahalliy xonadonning Ravsha- nak degan qizini sevib qolgan va uni o‘z nikohiga olib, Makedoniyaga qaytib ketgan. Demak, Ravsha- nak yunonlarning onasi maqomida bo‘lgan. Ismning Ravshanoy, Ravshaniya degan shakllari ham uchraydi.

Rajabbibi arabcha-hindcha; hijriy yil hiso- bining yettinchi oyi — rajab oyida tugalgan go‘dak- ka shunday ism beriladi. Ismning Rajabbeka, Ra- jabgul degan shakllari bor.

Raisa arabcha; boshliq, rahbar, sardor, sar- var ma’nolarini ifodalaydi. Yunon tilida esa mehribon, muloyim, itoatkor odam rais deyiladi.

Rayhon arabcha; rayhonni jannat guli deb ataydilar. Ismning Rayhona, Rayhongul degan shak- llari mavjud.

Ramila arabcha; biluvchi, tilsimlar sirini ochuvchi; folbin demakdir. Shu e’tibordan bu is- mni go‘dakka qo‘ymagan yaxshi.

Ra’no arabcha; qizil gullarning bir turi ra’no deb ataladi.

Rashida arabcha; to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi degan ma’noda qo‘llaniladi.

Rahbarniso arabcha; yo‘lboshchi degani. Is- mning Rahbaroy, Rahbarxon degan shakllari bor.

 

Rahima arabcha; muruvvatli, shafqatli ma’- nolarida keladi.

Risolat arabcha; elchilik, payg‘ambarlik avlo- diga mansub go‘daklarga shunday ism beriladi. Yana to‘g‘ri yo‘lda, hidoyat yo‘lida bo‘lsin, degan niyat na- zarda tutilgan bo‘lishi ham mumkin.

Rixsi arabcha; rizq-nasibali demakdir.

Robi arabcha; to‘rtinchi degan ma’noni bera- di. Oilada to‘rtinchi qiz farzandga shunday ism qo‘yiladi. Bu ismning Robia, Robiabu, Robiniso, Robiya degan shakllari bor.

Rohila qadimiy yahudiycha; ba’zi oilalarda bu ismning ma’nosini anglamay go‘dakka qo‘yadi- lar. Uning ma’nosi markab, ulovdir.

Rumiya arabcha-yunoncha; ehtimol, Rum ellari- dan birida tug‘ilgan go‘dakka shunday ism berilgan bo‘lishi mumkin.

Ruxsora forscha; yonoq, yuz, chehra ma’nosini ifodalaydi. Bu ismdan murod go‘dakning zebo, go‘zal bo‘lib yetishishi niyat qilinadi.

Ruxshona forscha; «rux» so‘zining uchta ma’no- si bor:

  • yuz, chehra, ko‘rinish;
  • shaxmatdagi to‘g‘ri yuradigan sipohi;
  • afsonaviy ulkan bir qush.

«Shona» so‘zining ma’nolari quyidagilardan

52

iborat: shona — taroq, shona — parranda toji, shona — g‘o‘za g‘unchasi. Shu ma’nolardan kelib chi- qib, ismni gulg‘uncha yuz deb izohlash mumkin.

Ruqiya arabcha; sehr, tumor demakdir. Bu is- mni qo‘yishdan murod ko‘z tegmasin, sehr ta’sir qilmasin, himoyalangan, dam solingan bo‘lsin, de- gan niyat yotgan bo‘lishi ham mumkin.

Ro‘zibegim forscha-o‘zbekcha; «ro‘z» — kun dega- ni. Demak, kundek ravshan, yorug‘ degan ma’noda qo‘lla- niladi. Ismning Ro‘zibeka, Ro‘zibuvi, Ro‘zigul, Ro‘zi- momo, Ro‘zimoh, Ro‘ziniso, Ro‘zixol degan shakllari ham uchraydi.

S xarfiga ismlar ma’nosi

Sadiboy arabcha-o‘zbekcha; sodd,a, pokiza ma’- nolarini ifodalaydi.

Sadr arabcha; baland martabali, mansabdor demakdir.

Said arabcha; baxtli, saodatli degan ma’no- larda keladi. Ismning quyidagi shakllari bor: Sa- idabbos, Saidabror, Saidazim, Saidakbar, Saidak- ram, Saidali, Saidamin, Saidamir, Saidanvar, Saidato, Saidafzal, Saida’lo, Saidahmad, Saidah- ror, Saidbadr, Saidbilol, Saidboqi, Saidburhon, Saidvali, Saidvaqqos, Saiddono, Saidyor, Saidyo- qub, Saidjabbor, Saidjalol, Saidjamol, Saidja- mil, Saidjahon, Saidibrohim, Saiddin, Saidis- lom, Saidkamol, Saidkarim, Saidkomil, Saidma-

53

lik, Saidmamat (Saidmuhammad), Saidmat (Said- muhammad), Saidmaqsad, Saidmaqsud, Saidmahmud, Saidmirza, Saidmurod, Saidmuso, Saidmuxtor, Sa- idnabi, Saidnur, Saidnu’mon, Saidolim, Saido- mon, Saidorif, Saidoxun, Saidrasul, Saidrahim, Saidrahmon, Saidrizo, Saidtilla, Saidtoji, Sa- idtoy, Saidto‘ra, Saidfozil, Saidsho, Saideshon, Saidehson, Saido‘lmas, Saidqayum, Saidqori, Saidqosim, Saidqul, Saidg‘ani, Saidg‘ozi, Saidho- sil, Saidhusayn.

Sayid arabcha; aynan ega, xo‘ja; boshliq, rah- bar ma’nolarini bildiradi. Sayid Payg‘ambari- miz sollallohu alayhi vasallam avlodlarining faxriy unvoni. Ismning quyidagi shakllari bor: Saydi, Saydiyor, Saydimat (Saydimuhammad), Say- din, Saydirasul, Saydiqul, Saydig‘ani, Saydullo, Sayidazim, Sayidali, Sayidamin, Sayidamir, Sayidasqar, Sayidato, Sayidafzal, Sayidahmad, Sayidbattol, Sayidbek, Sayidberdi, Sayidbilol, Sayidburhon, Sayidvali, Sayiddin, Sayidyor, Say- idjabbor, Sayidjalol, Sayidjon, Sayidjo‘ra, Sayidzoda, Sayidikrom, Sayidislom, Sayidkarim, Sayidkeldi, Sayidkomil, Sayidlatif, Sayidma- mat (Sayidmuhammad), Sayidmahmud, Sayidmirza, Sayidmurod, Sayidnabi, Sayidnazar, Sayidnazir, Sayidnasim, Sayidnafas, Sayidniyoz, Sayidnur, Sayidnu’mon, Sayidolim, Sayidomon, Sayidorif, Sayidoxun, Sayidpo‘lat, Sayidrajab, Sayidrasul, Sayidrahim, Sayidrahmon, Sayidrizo, Sayidsul- ton, Sayidtemur, Sayidumar, Sayidusmon, Say- idfozil, Sayidxalil, Sayidsharif, Sayidyunus, Sayidyahyo, Sayidya’qub, Sayido‘roz, Sayidqayyum,

54

 

 

 

Sayidqilich, Sayidqosim, Sayidqurbon, Sayid- qul, Sayidg‘ani, Sayidg‘afur, Sayidg‘affor, Sayidg‘ozi, Sayidhabib, Sayidhasan, Sayidhoji, Sayidhusayn.

Sayfi arabcha; qilich, shamshir ma’nolarini beradi. Ismning Sayfiali, Sayfiddin, Sayful- lo, Sayfiyazdon, Sayfiqora, Sayfulislom, Say- fulmalik degan shakllari bor.

Salim arabcha; sog‘lom demakdir.

Salmon arabcha; beozor, muloyim, yuvosh ma’- nolariga ega.

Salom arabcha; tinchlik, sog‘lik, omonlik degani.

Saloh arabcha; rost, to‘g‘ri, halol; haqgo‘y ma’- nolarini beradi.

Samandar arabcha-yunoncha; yunonchadagi «sala- mandra» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘tda yonmaydigan degan ma’noni bildiradi.

Samar arabcha; hosil, natija, meva demakdir. Ismning Samariddin degan shakli ham bor.

Sami arabcha; eshituvchi, tinglovchi ma’nola- rini anglatadi. Allohning sifatlaridan biri.

Samin arabcha; qadrli, qimmatli, aziz ma’- nolariga ega.

 

Sanjar arabcha; aynan sanchmoq ma’nosini beradi. Istilohiy ma’nosi shiddatli, o‘tkir de- makdir.

San’at arabcha; chiroyli hunarlar egasi degani.

Sarvar forscha; yo‘lboshlovchi, boshliq, rah- namo ma’nolarni ifodalaydi.

Sardor forscha; yetakchi, boshliq degan ma’no- larda tushuniladi.

Safar arabcha; safar oyi (musulmonlar taq- vimidagi ikkinchi oy)da tug‘ilgan yoki safar chog‘i- da yoxud otasi va qarindoshlaridan biri safarga ketganda tug‘ilgan bolaga shu ism berilgan. Yana Sa- farmurod, Safarmuhammad, Safarniyoz, Safarali kabilar bor.

Safo arabcha; tiniq, pokiza ma’nolarida keladi.

Sa’di arabcha; baxtli, saodatli, omadli degan ma’nolarni ifodalaydi. Ismning Sa’diboy, Sa’- divaqqos, Sa’dimurod, Sa’diniyoz, Sa’dullo, Sa’- dixon degan shakllari ham bor.

Sahobiddin arabcha; hamfikr dindoshlar de- ganidir. «Sahobiy» so‘zidan olingan.

Siddiq arabcha; to‘g‘riso‘z, sofdil, rostgo‘y ma’nolarini bildiradi. Bu nom Muhammad sol- lallohu alayhi vasallamning eng yaqin do‘stlari va birinchi xalifa Abu Bakrning laqabi bo‘lgan.

56

 

 

 

Sino pahlaviycha; donishmand, hakim ma’no- larini beradi.

Siroj arabcha; yorug‘lik, nur, chiroq degan ma’- nolar tushuniladi.

Soat arabcha; yaxshi, xosiyatli vaqtda tug‘ilgan demakdir.

Sobir arabcha; sabrli, toqatli ma’nolariga ega. Bu nom Ayyub payg‘ambarning laqabi bo‘lgan.

Sobit arabcha; mustahkam, mahkam degan ma’- nolarni anglatadi.

Sodir arabcha; asli «sadr» so‘zidan olingan. Boshliq, rahbar degan ma’nolar tushuniladi.

Sodiq arabcha; chin do‘st degani.

Soib arabcha; Sohib ismining boshqa ko‘ri- nishi bo‘lib, ega, xo‘jayin ma’nosini beradi.

Solih arabcha; pok, halol, pokiza demakdir.

Soqi arabcha; sog‘, sog‘lom, sezgir, ziyrak de- gan ma’nolarga ega.

Sohib arabcha; Soib ismining to‘rri talaffuzi.

Suvon arabcha; egov degani. Egovdek mustah- kam bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism.

Sulaymon qadimiy yahudiycha; asli Sheloma- dir bo‘lib, arab tiliga o‘tganda Sulaymon shaklini olgan. Tavrot kitobida Solomon deyilgan. Ma’no- si himoyalangan, berk, muhofazaga olingan, shi- kast topmaydigan, tinch, osoyishta demakdir.

Sulton arabcha; hukmdor ma’nosini beradi.

Sunnat arabcha; yo‘l, odat, udum, taomil degan ma’nolarga ega. Yoki sunnati o‘zi bilan tug‘ilgan bolaga shunday ism beriladi. Ismning Sunnatullo degan shakli ham bor.

Sur’at arabcha; chaqqon, epchil ma’nolarini ifodalaydi.

Suhrob pahlaviycha; qizil yog‘du; la’l, yoqut degan ma’nolarni anglatadi. Abulqosim Firdav- siyning «Shohnoma» asaridagi qahramon Rustam- ning laqabi.

Sabina arabcha; qadrli, qimmatli, suyukli ma’nolariga ega.

Sabiha arabcha; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, la- tif, malohatli demakdir.

Sabo arabcha; tong yeli, tong shabadasini ifo- dalaydi. Sahar paytida tug‘ilgan go‘dakka berila- digan ism. Ismning Sabogul degan shakli ham bor.

Savda arabcha; bug‘doyrang tug‘ilgan qizaloq- larga shunday ism qo‘yilgan. Savda sahobiya ayol bo‘lgan.

Savri arabcha; shamsiy yil hisobining ik- kinchi oyi (aprel)da tug‘ilgan chaqaloqqa shunday ism berilgan. Ismning Savura degan shakli ham bor.

Sadaf arabcha; o‘z tishi bilan tug‘ilgan chaqa- loqqa beriladigan ism.

Sadbar forscha; aynan yuz barg, yuz yaproq de- makdir. Istilohiy ma’noda gullab-yashnasin degan ma’nolarini bildiradi.

Sadoqat arabcha; vafodor, sodiq; chin, sami- miy do‘st ma’nolarini beradi.

Sayohat arabcha; sayohat chog‘ida yoki otasi sayohatga ketgan paytda tug‘ilgan chaqaloqqa shu ism beriladi.

Sajiya arabcha; fe’l-atvor, xarakterni ifo- dalaydi. Bu ismni tug‘ma xislat va qobiliyat deb izohlash mumkin.

Saima arabcha; aynan ro‘zani bildiradi. Bu ismni taqvodor, xudojo‘y, deb talqin qilish mum- kin. Ismning Sayima degan shakli ham bor.

Sayyora arabcha; tez harakat qiluvchi yulduz; planetaning nomi.

Salima arabcha; sog‘lom, salomat, omon ma’no- larini beradi.

Salomat arabcha; tinchlik, osoyishtalik, eson- omonlikni anglatadi.

Saltanat arabcha; aynan hokimiyat, hukmron- lik ma’nolarini bildiradi. Ulg‘ayib, yuksak mar- tabalarga erishsin, oilaning martabasi shu qiz, degan ma’noda qo‘yiladigan ism.

Samira arabcha; suhbatdosh, dilkash demakdir.

Sanam — arabcha; ma’buda degani bo‘lib, majo- ziy ma’noda go‘zal, zeboni ifodalaydi.

Sanobar arabcha; qarag‘ayga o‘xshagan xushqo- mat daraxt bo‘lib, asli yozilishi Sanavbar.

Saodat arabcha; baxtli, baxtiyor, iqboli ba- land ma’nolarini beradi.

Sarvi forscha; to‘g‘ri, tik o‘sadigan, qishin-yozin ko‘m-ko‘k turadigan, hidi yoqimli, xushqomat daraxt.

Safiya arabcha-qadimiy yunoncha; aql, donish- mandlik ramzi yoki sof, pokiza, pokdomon; ma’su- ma, iffatli degani.

Safura arabcha; yulduz, yorug‘ yulduz, porloq, yorqin; shukuxdi, hashamatli yoki sochi sariq qiz.

Sitora arabcha; aynan yulduzdir. Demak, o‘zbek- cha Yulduz ismining arabcha shakli.

Sojida arabcha; xudojo‘y, taqvodor demakdir.

Soliha arabcha; yaxshi xislatlarga ega, maqbul ma’nolarini ifodalaydi. Soliya shakli ham bor.

Sora qadimiy yahudiycha; tanlangan, saralan- gan degan ma’nolarni bildiradi. Ibrohim pay- g‘ambarning xotini ham Sora deb atalgan.

Sohiba arabcha; ega, beka degani.

Sumbul forscha; sumbula o‘simligi soy va havza tepalarida o‘sadi, u g‘oyat chiroyli, barg va navdalari qizlarning uzun sochlaridek suvga tushib turadi.

Surayyo arabcha; yulduzdek porloq demakdir.

Surmaxon forscha-o‘zbekcha; qorako‘z, shahlo ko‘z ma’nolarida beriladigan ism.

T xarfiga ismlar ma’nosi

Tavakkal arabcha; takdiri Allohga topshi- rilgan bola. Bolasi turmagan oilalarda tug‘ilgan chaqaloqqa shunday ism qo‘yilgan.

Tal’at arabcha; chiroyli, sohibjamol ma’no- sida keladi.

Tansiq arabcha; noyob, nodir; bolaga tashna oilada tug‘ilgan chaqaloqqa shunday ism qo‘yilgan.

Tilla forscha; oltindek qimmatli degani.

Toji forscha; xol bilan tug‘ilgan bola.

Toir arabcha; qush; parvoz qiluvchi, yuksak- likka ko‘tariluvchi ma’nolarini anglatadi.

Tolib arabcha; bilim izlovchi, ilm ixlosman- di ma’nolari tushuniladi.

Tohir arabcha; tahoratli, pokiza; beg‘ubor de- gan ma’nolarni ifodalaydi.

Tuman mo‘g‘ulcha; aynan ming demakdir. Isti- lohiy ma’noda ko‘paysin degani.

Turob arabcha; xok, tuproq ma’nolarini bil- diradi.

Tabassum arabcha; hamisha chiroyi ochiq bo‘lsin, degan niyatda beriladigan ism.

Tanzila arabcha; Allohning irodasi bilan vujudga kelgan farzand.

Tahmina arabcha; kuchli, qudratli, jasur de- gan ma’nolarni tushunish mumkin.

Toza arabcha; Ma’suma ismiga qarang. Is- mning Tozagul degan shakli ham bor.

Toira arabcha; yuksak-yuksaklarga uchuvchi qush ma’nosini anglatadi.

Tohira arabcha; tahoratli; pokiza, dili toza, pokdomon, taqvodor demakdir.

To‘ti forscha; qushlar ichida biyroni to‘ti hisoblanadi, o‘rgatilgan gapni takrorlaydi. Is- mning istilohiy ma’nosini shirin tilli deb izoh- lash mumkin. Ismning To‘tibibi, To‘tigul, To‘timo- mo, To‘tiniso, To‘tixol, To‘tiqiz shakllari ham bor.

U xarfiga ismlar ma’nosi

Ubay arabcha; asli Ubayd; qul, qul bola ma’- nolarini anglatadi. Ismning Ubaydullo va Ubay- mirza degan shakllari ham bor.

Uzayr arabcha; kuchli, qudratli, ko‘makchi ma’- nolarini bildiradi. Qadimda Isroil qavmining payg‘ambarlaridan biri bo‘lgan.

Ulfat forscha; barchaga do‘st bo‘lsin, degan ni- yatda qo‘yilgan ism.

Umar arabcha; barhayot yashovchi ma’nosida ke- ladi. Musulmon olamining ikkinchi xalifasi Umar ibn Xattobning ismi.

Umid arabcha; orzu qilingan, kutilgan degan ma’nolarda tushuniladi.

Umir arabcha; umri bilan bergan bo‘lsin, de- gan ma’noda qo‘llaniladi.

Usmon arabcha; singan-chiqqanlarni davolovchi tabib shunday deyiladi. Musulmon olamining uchin- chi xalifasi Usmon ibn Affonning nomi hamdir.

Ubayda arabcha; lug‘aviy ma’nosi kichik qul (cho‘ri) bo‘lsa ham, ismni Allohning xoksor banda- si deb izohlash mumkin.

Uzaro arabcha; gulyuz, chiroyli, go‘zal, zebo de- makdir.

Umida arabcha; bu ismni bir necha ma’noda izoxdash mumkin: birinchidan, uzoq yillar kutil- gan farzandga shunday ism beriladi; ikkinchidan, keyingisi o‘g‘il bo‘lishidan umid sifatida shunday ataladi; uchinchidan, oila biron narsaga umid qil- ganda go‘dakka shunday ism qo‘yiladi.

Ummatoy arabcha-o‘zbekcha; ma’lum bir payg‘- ambarning ummati, qavmi ma’nolarini ifodalaydi. Ismning Ummatxon degan shakli ham bor.

Umri arabcha; uzoq umr ko‘rsin, degan niyatda beriladigan ism.

F xarfiga ismlar ma’nosi

Fazli arabcha; marhamat, inobat, himmat, or- tiqlik, ustunlik, yetuklik ma’nolarini anglatadi.

Fayyoz arabcha; oliyhimmat, mehribon ma’- nolarida keladi. Ismning Mirfayyoz degan shakli ham bor.

Farziddin arabcha; dinni farz deb biluvchi degan ma’noda tushuniladi.

Farid arabcha; yakka, yolg‘iz, yagona; tengsiz, bebaho ma’nolariga ega yoki pardali bo‘lib tug‘il- gan bolaga beriladigan ism.

Farmon arabcha; buyruq, amr ma’nolari- ni anglatib, Allohning irodasi deb sharhla- nadi.

Farrux arabcha; baxtli, baxtiyor demakdir.

Fattoh arabcha; rahmat xazinalarini ochuv- chi, mushkul ishlarni hal qiluvchi, g‘olib, muzaf- far degan ma’nolarda ishlatiladi.

Fath arabcha; dinning g‘olibligi, ustunligi degani. Ismning quyidagi shakllari bor: Fathid- din, Fathullo.

Faxri arabcha; g‘urur, iftixor ma’nolarini beradi. Ismning Faxir, Faxriddin, Faxrijon, Faxriislom degan shakllari uchraydi.

Fikrat arabcha; idrokli, aqlli ma’nolarini anglatadi.

Firdavs forscha; sakkizinchi jannatning nomi bo‘lib, Alloh taolo Arshining ostida joy- lashgan. Bog‘, ko‘kalamzor degan ma’nolarga ega.

Firuz forscha; qimmatbaho ma’dan tosh nomi.

Fitrat arabcha; aynan tug‘ma tabiat; aqlu fa- rosatli, dono ma’nolarini bildiradi.

\ХП 9

1/0 и \бгт

эрэ

■а

40

еЛ

‘!И

Fozil arabcha; bilimdon, dono, donishmand degan ma’nolarni anglatadi.

Fotih arabcha; yengilmas, muzaffar, g‘olib ma’nolarida tushuniladi. Ismning Fotihali, Fo- tihkamol degan shakllari bor.

Fuad arabcha; dil, qalb; aql, farosat ma’no- larida keladi.

Fuzail arabcha; odobli, yaxshi xislatli; insof- li, adolatli; yuksak, ustun turuvchi degan ma’nolarga ega. Ismning Fuzayliddin degan shakli ham bor.

Fuzul forscha; aynan sergap degani. Istilo- hiy ma’noda notiq; ko‘p narsani talab qiluvchi deb sharhlanishi mumkin.

Fazilat arabcha; yaxshi xislatlarga, chiroyli xulq-atvorga ega bo‘lsin, degan niyatda beriladi- gan ism. Ismning Fazolat degan shakli ham bor.

Farangiz forscha; nur sochuvchi, ziyo taratuv- chi, ziyoli ma’nolarini bildiradi.

Farzixon arabcha-o‘zbekcha; qonun-qoidalar- ga, rasm-rusumlar va an’analarga amal qiluvchi ma’nolari anglashiladi. Ismning Farziya degan shakli ham uchraydi.

Farida arabcha; ehtimol, pardali bo‘lib tu- g‘ilgan chaqaloqlarga shunday ism qo‘yilsa kerak. Ismning boshqa ma’nolari quyidagilar: yakka, yago- na, tengsiz, benazir, bebaho; nodir, noyob; marva- rid.

 

Farog‘at arabcha; o‘zbek oilalarida keng tar- qalgan ismlardan biri. Hayoti rohat-farog‘atda o‘tsin, degan yaxshi niyat bilan beriladigan ism.

Fatila arabcha; sochi jingalak bo‘lib tug‘il- gan qizlarga shunday ism beriladi. zi shamchiroq degani, ya’ni xonadonga nur beruvchi shu’la ma’- nosida qo‘llaniladi.

Feruza forscha; g‘olib, shavkatli, xushbaxt ma’- nolarini ifodalaydi. Agar ism Firuza shaklida yozilsa, u holda ko‘kimtir tosh, majoziy ma’noda osmon bo‘ladi.

Fozila arabcha; bilimdon, aqlli, olima ma’- nolariga ega.

Fotima arabcha; aynan ko‘krakdan ajratilgan demakdir. Ismning istilohiy ma’nosini musta- qil, ehtiyojsiz deb talqin qilish mumkin. Mu- hammad sollallohu alayhi vasallamning kenja qizlari ham Fotima deb atalgan.

X xarfiga ismlar ma’nosi

Xayyom arabcha; chodir tikuvchi, chodir yasovchi usta ma’nosini anglatadi. Ehtimol, Umar Xayyom nomiga nisbat berilgandir.

Xalil arabcha; do‘st, suyukli degan ma’nolarga ega.

Xaspo‘lat arabcha-forscha; a’lo navli po‘lat degani.

67

 

Xidir arabcha; asli Xizr yoki Xizir, yashil degani. Istilohiy ma’noda abadiy tirik, barha- yot, rivoyatga ko‘ra, abadiy hayot suvini ichgan af- sonaviy payg‘ambar.

Xislat arabcha; yaxshi fazilatli, xosiyatli ma’nolarida keladi.

Xisrav arabcha; mashhur, dongdor, nomdor; huk- mron, podshoh ma’nolarini beradi.

Xolid arabcha; abadiy yashaydigan; umri uzoq ma’nolariga ega.

Xolis arabcha; samimiy, beg‘araz, sof ko‘ngil degan ma’nolarni bildiradi.

Xoliq arabcha; bunyodkor, ijodkor degan ma’- nolarni anglatadi. Alloh taoloning go‘zal ism-si- fatlaridan biri. Ismning o‘zini qo‘yish ma’qul emas. Ismning quyidagi shakllari ham bor: Abdu- xoliq, Xoliqberdi, Xoliqnazar, Xoliqnur, Xoliq- niyoz, Xoliqul.

Xurram forscha; shod, shodmon, xursand, xush- kayfiyat demakdir.

Xursand forscha; shod, baxtiyor degani.

Xurshid forscha; quyoshni ifodalaydi.

Xushbaxt forscha; saodatmand ma’nosini beradi.

Xo‘ja forscha; sohib, janob ma’nolariga ega. Ismning quyidagi shakllari bor: Xo‘jaakbar, Xo‘jaahror, Xo‘jaali, Xo‘jabek, Xo‘jazoda, Xo‘jam, Xo‘jamurod, Xo‘jambek, Xo‘jakalon va hokazo.

Xazina arabcha; oilamiz, xonadonimiz boy- ligi degan ma’noda beriladigan ism.

Xayri arabcha; yaxshilik qiluvchi, saxovatli ma’nolari anglashiladi. Ismning quyidagi shakl- lari bor: Xayrigul, Xayriniso, Xayrinur, Xay- riya, Xayrijamol, Xayrijon, Xayrikamol, Xay- rulbanot.

Xonbeka o‘zbekcha; aslzodalar xonadonidan; xon qizi ma’nolarini ifodalaydi. Ismning Xonbi- bi, Xongul, Xonzoda, Xonim, Xonimqiz, Xonposh- sha kabi shakllari bor.

Xosiyat arabcha; agar chaqaloq tug‘ilmasdan ol- din onasi homiladorlik paytida otaning ishi yuri- shib ketib, unga omad kulib boqqan bo‘lsa, tug‘ilgan chaqaloqqa shunday ism berilishi mumkin.

Xumor arabcha; qiz tug‘ilishini orzu qilgan yoki farzandga mushtoq bo‘lgan oilalarda chaqaloqqa shunday ism berilsa kerak.

Xurshida forscha; oftobmonand demakdir.

Xushandom forscha; xushqomat qiz. «Xush» bi- lan quyidagi ismlar boshlanadi: Xushnida, Xush- nora, Xushro‘y, Xushxon…

Ch xarfiga ismlar ma’nosi

Chaman o‘zbekcha; g‘arq ochilgan gullarga aytiladi.

Chingiz mo‘g‘ulcha; buyuk, qudratli ma’nolari- ni beradi.

Chori forscha; oiladagi to‘rtinchi farzandga qo‘yilgan yoki choriyorlarga nisbat berilgan ism.

Cho‘lpon o‘zbekcha; tong yulduzi, yorug‘ yulduz ma’- nolariga ega. Ismning Cho‘lponbibi, Cho‘lponbu, Cho‘lpo- noy, Cho‘lponxon kabi shakllari ham bor. Venera yul- duzini o‘zbek tilida cho‘lpon deb ham ataydilar.

Sh xarfiga ismlar ma’nosi

Shavkat arabcha; sharafli, shonli, kuchli de- makdir.

Shavqiddin arabcha; din zavqi, din baxtp eta- digan zavq ma’nolari bor.

Shayx arabcha; aslida qari, keksa, oqsoqol ma’nolarini beradi. Istilohiy ma’noda ustoz de- gani. Ismning Shayxzoda, Shayxiddin, Shayxim, Shayxislom, Shayxmuhammad kabi shakllari bor.

Shamsi arabcha; quyosh bo‘lib, quyidagi shakl- larga ega: Shamsidlin, Shamsiy, Shamsinur, Sham- simulk…

Shamshod forscha; daraxt nomi. Bu daraxt doim yam-yashil bo‘lib, qaddi raso bo‘ladi.

Sharaf arabcha; or, nomus, obro‘, iftixor, faxr ma’nolariga ega. Ismning Sharafiddin, Sha- rafullo degan shakllari bor.

Sharif arabcha; muqaddds, aziz demakdir.

Shaqboz forscha; shunqor, lochin ma’nolari- ni bildiradi.

Shahob arabcha; nurli yulduz degani. Ismning Shahobiddin, Shahobmirza kabi shakllari bor.

Sher forscha; sherdek qudratli, jasur, so‘zi- dan qaytmas bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism. Ismning quyidagi shakllari bor: Sherali, Sher- dil, Sherzod, Sherxon, Sherqo‘zi, Sherg‘ozi, Sherq- obil, Sherhad…

Shijoat arabcha; g‘ayrat, jasur ma’nolarida keladi. Ismning Shijoatali, Shijoatdin singari shakllari ham bor.

Sho forscha; aslida shoh, hukmdor. Ismning shakllari: Shoabbos, Shoafzal, Shodil, Shoyoqub, Sho- jalil, Shojahon, Shoislom, Shokarim, Shomamat (Shomuhammad), Shomansur, Shomirza, Shomurod, Shonur, Shorasul, Shosuvor, Shosulton, Shohbek…

Shokir arabcha; farzand berganiga Allohga shukrona ma’nosida berilgan ism.

Shomil arabcha-k,adimiy yahudiycha; asli yahudiycha Shamuel ismidan olingan. Ma’nosi «Xudo

 

 

 

eshitdi»dir. Arab tilida keng yoyilgan, yetuk, ko- mil ma’nolariga ega.

Shuayb arabcha; shox, butoqni bildiradi. Is- tilohiy ma’noda to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi degani. Muso alayhissalomning qaynotasi Shuayb payg‘- ambarning nomi.

Shukur arabcha; Xudodan minnatdorlik ma’- nosida qo‘yiladigan ism.

Shuhrat arabcha; dovrug‘, mashhurlik; shon- shavkat ma’nolariga ega.

Shabnam forscha; gulga, daraxt barglariga qo‘ngan shabnam g‘oyatda musaffo, tiniq bo‘ladi. Pok, pokdo- mon bo‘lsin, degan yaxshi niyatda beriladigan ism.

Shakar forscha; suyukli qiz demakdir.

Shamsibonu arabcha-forscha; quyoshdek nurli ma’nosini beradi. Yana Shamsigul, Shamsiniso, Shamsiya, Shamsinur kabi shakllari ham uchraydi.

Shamshod forscha; shamshod daraxti nomi, u hamisha yashnab, tik o‘sadi. Shunga nisbat berilgan ism. Ismning Shamshodoy degan shakli ham bor.

Sharifa arabcha; ilohiy, muqaddas, aziz, e’- zozli; sharaflangan ma’nolari tushuniladi.

Sharofat arabcha; sharafli, aziz, qadrli, sara, maqbul degan ma’nolarga ega.

Shahina forscha; mard, jasur ma’nolarini ifodalaydi.

Shahlo arabcha; agar chaqaloq ko‘zlari katga- katta bo‘lsa, unga shunday ism beriladi.

Shahnoz forscha; bu ism o‘zbek oilalarida keng tarqalgan. Aksariyat qizlar shu nom bilan ataladi. Ismning lug‘aviy ma’nolarini tekshi- rib ko‘ramiz. «Shah» — shoh, podshoh, hukmdordir. «Noz» so‘zining quyidagi ma’nolari bor: ahvoli yaxshi, dimog‘i chog‘; iftixor, faxr; farovonlik (nozu ne’mat), istig‘no (ma’nguqaning oshiqqa ozor berishi); ishva, karashma; takabbur, kibr, mag‘- rur. Ism qaysi ma’noda qo‘llangani ism beruv- chilarga havola. Ismning Shahnoza degan shakli ham bor.

Shahodat arabcha; guvohlik beruvchi demakdir.

Shahrizod forscha; ya’ni, shaharlik degani. Agar ismning arabcha muqobilini olib qarasak, u holda Oyzod, Oyzoda bo‘ladi. Ismning Shahrizoda degan shakli ham bor.

Shirin forscha; shirin qiz bo‘lsin, so‘zlari shirin bo‘lsin, degan ma’noda qo‘yiladigan ism bo‘lsa kerak.

Shoira arabcha; she’r yozuvchi degani. Garchi bu ismda niyat yaxshi bo‘lsa ham, go‘dakning kelajagi haqida soxta bashorat berilgan.

Shukriya arabcha; «farzandtalabligimiz ijo- bat bo‘lganiga shukr» ma’nosida berilgan ism.

E xarfiga ismlar ma’nosi

Eldor o‘zbekcha-forscha; qabila, elat boshlig‘i; hukmdor degani.

Emin arabcha; «amin» so‘zining boshqacha talaf- fuzi, tinch, osoyishta degan ma’nolarni beradi.

Ehson arabcha; tuhfa, sovg‘a; lutf, iltifot ma’nolariga ega.

Elyora o‘zbekcha-forscha; el bilan birga bo‘lsin, degan ma’noda beriladigan ism.

Elzoda o‘zbekcha-forscha; ulg‘ayib, el farzandi bo‘lsin, degan ma’noda qo‘yiladigan ism.

Elnora o‘zbekcha-forscha; nor kabi elning yuki- ni ko‘tarsin, og‘irini yengil qilsin, degan ma’no- da beriladigan ism.

Erkagul o‘zbekcha-forscha; erka, tantiq; quvnoq ma’nolarida qo‘yiladigan ism. Ismning Erkaoy, Erkaoyim, Erkajon, Erkasuluv kabi shakllari ham uchraydi.

Yu xarfiga ismlar ma’nosi

Yunus ksdimiy yaxudiycha; iona, ionis so‘zlari- dan olingan, kaptar degani. Yunus payg‘ambarning nomi.

Yusuf qadimiy yahudiycha; Iosif ysmining arabcha shakli, o‘sgan, ko‘paygan ma’nolariga ega. Husnda tengsiz bo‘lgan Yusuf payg‘ambarning ismi. Sharq adabiyotida yuksak axloq, go‘zallik timsoli.

Yulduz o‘zbekcha; yulduzdek porloq va iqboli baland bo‘lsin, degan niyatda berilgan ism.

Ya xarfiga ismlar ma’nosi

Yahyo yahudiycha; muruvvatli, ochiqqo‘l; xushxulq ma’nolarini beradi. Yahyo payg‘ambarning ismi, u zot nasroniylarga elchi qilib yuborilgan. Iso pay- g‘ambar zamonida yashagan.

Yayra o‘zbekcha; erkin, hur yashasin, degan ni- yatda beriladigan ism.

O‘ xarfiga ismlar ma’nosi

O‘rxon o‘zbekcha; ulg‘ayish, o‘sish ma’nolariga ega.

O‘g‘lon mo‘g‘ulcha; botir, mard, shahzoda degan ma’nolarda keladi.

O‘zbekbibi o‘zbekcha-hindcha; millatga nisba- tan berilgan ism. Binobarin, o‘z millatining qizi bo‘lsin, degan niyatda qo‘yilgan bo‘lsa kerak. Is- mning O‘zbekoy, O‘zbekoyim degan shakllari bor.

O‘lmas o‘zbekcha; bolalari turmagan oilalarda shunday ism beriladi yoki chaqaloq nimjon tug‘ilsa ham, shunday atash odati bor.

O‘g‘ilbibi o‘zbekcha-hindcha; o‘g‘il kutgan va o‘g‘ilga zor oilalarda beriladigan ism.

Q xarfiga ismlar ma’nosi

Qayyum arabcha; abadiy mavjud degani. Is- mning Abduqayyum shakli to‘g‘ri. Chunki Alloh tao- lo Qayyum sifatiga ega.

Qamar arabcha; oy demakdir. Ismning Qama- riddin, Qamarali, Qamarboy degan shakllari bor.

Qambar arabcha; to‘rg‘ay. Bu qush beozor va akdli bo‘lib, to‘da juda ahil bo‘ladi. Ehtimol, shu niyatda bolaga qo‘yilar.

Qahramon forscha; qayrag‘och degani. Bu daraxt juda qatgiq bo‘ladi. Mustahkam bo‘lsin, degan ma’noda shu ism berilar. Yana botir, jasoratli degani hamdir.

Qobil arabcha; iste’dodli; kuchli; tarbiya ko‘rgan ma’nolariga ega.

Qosim arabcha; taqsimlovchi degani.

Quddus arabcha; pok, begunoh, aziz ma’nolariga ega.

Qudrat arabcha; quvvatli, kuchli, qodir demaqdir.

Qurbon arabcha; qurbon oyida (zulhijjada), qurbon hayiti kunida tug‘ilgan bola ismi.

Qutbiddin arabcha; dinning qutbi, markazi; dinning asosi, tayanchi demakdir.

 

 

Qumri arabcha; chiroyli sayradigan qush nomi, bu qush beozorligi bilan ham tanilgan

Qutbiniso arabcha; «qutb» so‘zidan olingan. Bu ismni jozibador deb talqin qilish ham mumkin.

G‘ xarfiga ismlar ma’nosi

G‘ayrat arabcha; mehnatsevar deb izohlash mumkin.

G‘ani arabcha; boy-badavlat demakdir.

G‘afur — arabcha; gunohlarni kechiruvchi, rahm- li, marhamatli, mag‘firatli ma’nolarini beradi. Bu nom Allohning go‘zal sifatlaridan biri.

G‘iyos arabcha; faryod, ovoza, kuch, tayanch degani.

G‘oyib arabcha; ko‘rinmaydigan, ^plirin, maxfiy.

G‘olib arabcha; yengilmas, muzaffar ma’nola- rini beradi.

G‘ulom arabcha; qul va farzand ma’nolarini anglatadi.

h xarfiga ismlar ma’nosi

Habib arabcha; suyukli, qadrdon do‘st demakdir.

Hayot arabcha; tiriklik; sog‘lik; omonlik.

го и
‘ его 1ю и ение

Haydar arabcha; arslon; jasur, qudratli ma’- nolari bo‘lib, hazrat Alining laqabi ham edi.

Hayit arabcha; hayit kuni tug‘ilgan bolaga shu ism berilgan.

Hakim arabcha; bilimdon, aqlli, dono, donish- mand.

Halim arabcha; muloyim, mehribon degani.

Hamdam forscha; do‘st, o‘rtoq ma’nolarini beradi.

Hamza arabcha; o‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chiroq ma’nolarini anglatib, dorivor o‘simlik nomi hamdir.

Hamid arabcha; maqtovchi, madh etuvchi demak- dir. Yana issiq, qaynoq degan ma’nolarni ham bil- Diradi.

Hasan arabcha; yaxshi; chiroyli; ezgulik; faso- hat.

Hafiz arabcha; himoyachi, qo‘rikdovchi, o‘z pa- nohida asrovchi. Allohning go‘zal ism-sifatlari- dan biri.

Hikmat arabcha; donolik, donishmandlik; mo‘ji- za. Tanasida bir belgisi bor bolaga qo‘yilgan.

Habiba arabcha; do‘st, suyukli, e’tiborli qiz.

Havo qadimiy yahudiycha; hayotbaxsh, hayot bu- log‘i.

 

Hadya arabcha; ko‘p iltijolardan so‘ng Alloh tomonidan berilgan qizga shu ism qo‘yilgan.

Hakima arabcha; dono va aqlli bo‘lsin, degan niyatda beriladigan ism.

Halima arabcha; muloyim, mehribon. Muham- mad (s.a.v.)ni emizgan ayolning ismi shunday bo‘lgan.

Hanifa arabcha; to‘g‘ri yo‘lda bo‘luvchi, taqvo- dor.

Hafiza arabcha; himoya qiluvchi, qo‘riqlovchi.

Hodisa arabcha; faqat o‘g‘il tug‘ilib, qiz bo‘lma- gan oilada qiz tug‘ilsa, shunday ism beriladi.

Hojar k,adimiy yaxudiycha; mustahkam, iroda- li. Ibrohim payg‘ambarning ayoli, Ismoilning ona- si.

Hosila arabcha; ota-onaning farzandi ham hosil hisoblanadi. Ismning Hosiloy degan shakli ham bor.

Hulkar o‘zbekcha; yetti qaroqchi turkumidagi Surayyo yulduzi nomi.

> к!сб- >г//рп/ Ь!ШШ Н. Ви

Husnibonu arabcha-forscha; husn egasi dega- ni. Ismning Husnida, Husniya, Husnora, Husnobod kabi shakllari bor.

 

tushda