tushda yuvmoq

tushda yuvmoq

tushda yuvmoq: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida badanini yoki kiyimini daryo, hovuz yoki biror suvda yuvsa, dalil bo‘lg‘ayki, g‘am-anduhlardan najot topgay, xursand bo‘lg‘ay. Qarzdor bo‘lsa, qarzlaridan uzilgay, qamokda bo‘lsa, xalos topgay. Bemor bo‘lsa, shifo topgay.

Agar sho‘r suvga yoki loyqa suvga badanini yuvsa, g‘am- ranj ketgay. Ammo tushida tahoratni butun qilsa, sakkiz narsaga dalolat qilg‘ay:

Murodi hosyl.

Shifo.

Mol.

Haj.

Xursandlik.

Xavf-xatardan omonlik.

Dini pok.

Hojatravolik.

YuK

Tushda yuk tashiganini ko‘rish katta tashkilot, idoraning mas’uliyati sizning bo‘yningizga tushishidan dalolat beradi.

YuK KO‘TARMOQ

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida yengil yuk ko‘tarsa, unga qadri manfaat yetgay. Agar og‘ir yuk ko‘tarsa, gunohi ko‘pligiga dalolat bo‘lg‘ay.

YuRMOQ

Tushda yalang‘och yurganini ko‘rish tashvish va muammolar bartaraf bo‘lishi, din go‘zalligiga ishora.

YuZ

Ibn Siyriyn Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, har kim tushida o‘zining yuzini munavvar ko‘rsa, sharaf va manziloti ziyoda bo‘lgay. Agar yuzini rusht-badro‘y ko‘rsa, davlati va izzati ketgay. Agar yuzini oq ko‘rsa, bemor bo‘lgay. Agar qora, g‘uborli ko‘rsa, mushrik (Allohga bir odamni sherik qilgan) bo‘lgay va g‘am-anduxdik yetishgay.

tushda