tushda YuLDUZ
Tushda yulduz ko‘rish jigarlaridan keladigan yaxshilikka ishora.
YuGURMOQ
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida yugursa yoki otga, tuyaga minib chopsa, chopgan miqdorchalik uzoq safarga borur. Agar chopib turgan otni to‘xtatsa, talabidan o‘zini to‘xtatgay va qanoat ixtiyor qilg‘ay.
YuZ
Insonning sharafi va e’tiboriga; zeb-ziynatga ishora. Ochiq chehra, tabassumli yuzni ko‘rish yaxshilikka, e’tiqod va amal go‘zalligiga; o‘z yuzini xafa holda ko‘rish xafagarchilikka; boshqasining yuzida xafagarchilikni ko‘rish undan keladigan yomonlikka ishora.
YuZNI YaShIRISh
Tushda yuzni yashirish homilador ayol qiz farzand ko‘rishga, biror yerga yashirinib olganini ko‘rish falokatdan qochishga ishora.
Post Views: 135