Tushda TOVUQ

Tushda TOVUQ

Tovuq. U tushda chiroyli, ammo esi past, ahmoq xotindir. Tovuq boquvchini tushda ko’rish g’am etishiga ishora.

Tovuq. Xizmatchi ayol.

Tushda TOVUQ

Tovuq. Tovuq go’shti eyish – sog’ligingiz haqida qayg’urish lozim; don cho’qilayotgan tovuq – to’g’ri ovqatlanishga harakat qilish kerak; jo’jalari bilan yurgan tovuq – bolalarga g’amxo’rlik qilish zarur.

Tovus. Tovus tushda millati boshqa chiroyli ayoldir. Tovus chiroyi ayolning rangiga, patlari ayol moliga, so’yilishi ayol vafotiga, uning go’shtini eyish meros qoldirilgan boylikka dalolat qiladi. Kimki tovus bilan do’stlashganini ko’rsa, podshoh bilan do’stlashadi.

Ba’zilar “Tovus tushda Islom dinidan boshqa dinga | e’tiqod qiluvchi ajamiy ayoldir”, deyishadi.

Tushda TOVUQ

Tovus. Hayotdagi adolatli hukmdor.

Tovus. Keskin o’zgarishlar va u bilan bog’liq ravishda I hayotiy tonusning pasayishi alomati. Bunday tushdan 1 keyin sizning hayotingizdagi oilaviy lazzatdan 1 keladigan shodlik va yorqin taassurotlar qayg’uli ko’ngil V, g’ashliklari, g’amgin o’ylar bilan qorishib ketadi. I Sizning oldingizda g’amga botiradigan hayotiy haqiqat bilan to’qnashish xavfi mavjud.

G’oz va tovuq go’pggi. Tushida tovuq go’shti ko’rgan yoki egan kishi xotin tomonidan foyda ko’radi. G’oz go’shtini ko’rgan yoki egan kishi sudxo’rlikdan foyda ko’radi.

G’oz. Kimki tushida g’oz ko’rsa, o’ngida yo mansabga erishadi, yo odamlar o’rtasida mavqei ortadi. Tushda g’ozlarning uzluksiz, jonga tegar darajadagi g’ag’illaganlari o’ngda baxtsizlik keltiradi.

G’ozlarni chaqirish va ularga don berish mulkka ega bo’lishga ishoradir. G’ozlarning jimo’ qilayotganlarini tushda ko’rish sizni sevgilingizga bo’lgan sadoqatga va u bilan yaxshi muomalada bo’lishga da’vat etyapti.

G’oz. Uchib yurgan g’ozlarni tushingizda ko’rsangiz, o’ngingizda sizga o’z aybini tan oladigan do’stingizdan xabar keladi. Bozordan g’oz sotib olish oilaviy janjalga ishoradir.

G’oshiya surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida G’oshiya surasini o’qisa, qiyomatdan ko’rqadi va gavba qiladi.

G’oya. Tushda miyangizga bir g’oya kelsa va bu xotirangizda mustahkam o’rnashib qolsa, o’ngda amalga oshadi.

Grammatika. Tushda grammatikani o’rganish yangi imkoniyatlarga ishora. G’uvullash. Tushda g’uvullash ovozini eshitish yong’in yoki boshqa bir falokatga ishoradir.

tushda
JINSIY QUVVAT SIRIKO'RISH