Tushda SHAFTOLI daraxti
Tusda Shaftoli daraxti. Shaftoli daraxti kishilarga ehson qiluvchi, shijoatli; yoshligida boylik to’plovchi, qarilikka etmasdan vafot etadigan kishidir.
Shaftoli. Ko’k shaftoli g’am-tashvish yoki aka-ukadan zarar ko’rishdir. Uning sarig’i kasallikdir. Shirin sha- ftoli xotindir. Nordon shaftoli qo’rqinchdir.
Shaftoli. Shaftoli ko’rish yoki eyish –
jinsiy qoniqmaganlik; eng muhim vitaminlar (V, S, A guruhidagi), organik
kislotalar (olma, vino, limon kislotalari), tabiiy qandlar va mikroelementlar
(xususan, kaliy, kaltsiy va temir) etishmasligi;
oshqozon-ichak trakti, yurak, teri, shamollash kasalliklari ehtimoli.
Shaffoflik. Tushda shaffoflikni
ko’rsangiz, o’ngingizda yaxshilikka yo’ying.
Shahar. Dunyoviy odamlar tushlarida
shahar, qal’a yoki qasr ko’rsalar, xotirjamlik va xavfsizlikka ishora, bunday
tushni dindor odamlar ko’rsa, ehgiyotsizlik qilmaslikka ishora.
Shahar. Tushda katga shaharni ko’rish
katta maqsad va intilish ramzidir. Tushingizda katta shaharga kelgan
bo’lsangiz, o’ngingizda rejalaringiz amalga oshadi. Qishloq odamlari tushlarida
katta shaharni ko’rsalar, orzulari puch ekanligiga, agar shaharliklar ko’rsa,
daromadlarining oshishiga ishora. Kimki tushida katta shaharda ishlayotgan
bo’lsa, o’ngida mehnati behuda ketadi. Agar katta shahar qurilishida ishtirok
etayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda biror loyihada qatnashasiz, bu sizning
kelajagingiz uchun foydali bo’ladi.
Shahar. Katta shaharni ko’rish – sog’lik
yo’qolishi, stress; kichkina, tinch, yashil, shinam, odamlar va sevishganlar
sayr qilib yurgan shahar – fiziologik jarayonlarning me’yorga tushayotgani,
ichki osoyishtalik.
Shaxmat. U botil so’z va yolg’on
shahodatdir. Shuningdek, nard ham. Shaxmat tushda avom xalq bilan muomala qilib
qo’shilib yurishga dalolat. Shaxmat, nard, oshiq, yong’oq o’ynash – makr,
hiyla-nayrang, janjal- tortishuv. Kim shaxmat o’ynayotganini ko’rsa, uning
razil, pastkash dushmani bor.
Shahodat kalimasi. Agar qishi tushda
shahodat kalimasini aytsa, g’amdan xalos bo’ladi. Agar gunohkor bo’lsa, tavba
qiladi. Agar mushrik bo’lsa, iymon keltiradi.
Post Views: 296