Tushda SHER ko’rsa

Tushda SHER ko’rsa

Sher sutini ichish. Kim ona sherning sutidan ichsa, sulton tomonidan molga erishadi va dushmanidan zafar qozonadi.

Sher ko’rsa. U jasoratli va lekin qahrli podshohga dalolat qiladi. Shuningdek, jang qiluvchi odamga, xiyonatkorga, dushmanga, o’lim va shidtsatli holga ham dalildir.

Shahriston. Shahriston tushda podshoh, rais, olma, din quvvati, eminlik, zafar, ishlar ustuvorligidan darakdir.

Sher g’ushtini eyish. Agar kim tushda ona sherning go’shtidan altanat va katta mulkka ega bo’ladi.

Shivit, ukrop. Shivit, ukrop tushda kelajakda ko’rinadigan ish. Kim tushida uni qo’lida ko’rsa, kela- jakda samara beradigan ishga duch keladi.

Shiypon. U dindor ayoldir. Bir rivoyatda yaxshi ne’mat sohibi bo’lmish farzand, deyilgan.

Shikoyat. Kimki tushida biron narsa ustida kimgadir shikoyat qilsa, o’ngida yaxshi xabar eshitadi, kimdir unga shikoyat qilayotgan bo’lsa, buning aksidir.

Shikoyat. Birovning shikoyatini eshitish, o’zi shikoyat qilish, shikoyatni o’qish yoki yozish – kelishmovchilik, stress, noxush hissiyot; ichki ruhiy qarama-qarshilik, vijdon azobi natijasida kelib chiqadigan kasallik.

Shim. Ayol uchun erkak shimini ko’rish – jinsiy qoniqmaslik. Ish shimini ko’rish – ish va turmush tashvishlariga nihoyatda ko’milib ketganlik; iflos shimni ko’rish – noxush hodisaga duch kelish.

Shim. Tushda shim ko’rish sharoitning sizning foydangizga o’zgarishidan dalolat. Agar do’konga kirib o’zingizga ko’k rangdagi shimni o’lchab ko’rayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda arzimagan Narsa uchun do’stingiz bilan janjallashib qolasiz. Ayol kishi tushida shim ko’rsa, oilali odam bilan gaplashib, natijada ko’ngilsiz voqealar bo’lib o’tadi. Agar erkak kishining shimini

kiysa, o’ngida beva qolib, oilaning yuki gardaniga tushadi.

Shinni qiluvchi. Ibn Sirin voiz, nasihatchi kishi, deganlar.

Shippak. Tushda shippak ko’rish muhabbat masalasi- ning muvaffaqiyatsiz tugashidan dalolat. Payshanbadan jumaga o’tar kechasi tushingizda shippak ko’rsangiz, o’ngingizda vaqtingizni xush o’tkazasiz, ammo keyincha- lik bu xursandchiliklar burningizdan chiqadi. Seshanbadan chorshanbaga yoki chorshanbadan payshanbaga o’tar kechasi tushingizda o’ng shippakni chap oyog’ingizga, chap shippakni o’ng oyog’ingizga kiysangiz, o’ngingizda sizning nozu karashmangiz nomussizlik va sharmandalik bilan xotimalanadi. Shanbadan yakshanbaga o’tar kechasi tushingizda bir oyog’ingizga shippak kiyib, ikkinchi oyog’ingizda bo’lmasa, o’ngingizda rashkka sabab bo’lasiz.

tushda