Tushda OLTIN (Tilla) ko’rsa
Tushda Oltin. Tushida oltin ko’rgan odam o’ngida g’am- anduhga qoladi. Kimki oltinni sochib yuborgan bo’lsa, o’ngidagi falokatga ishora. Kimki birovga oltinini omonat tariqasida berayotgan bo’lsa, o’ngida aldanadi.
Oltin. Oltin va oltin buyumlarni ko’rish – aldanish va boshqa noxushliklar; qon hosil qilish va qon yuruvchi tizim kasalligi; ichak va siydik ajratish tizimi xastaligi.
Oltinli tuproq. Tushda oltinli tuproqni
ko’rish foyda beruvchi ilmga, sadoqatli do’stga, yaxshi ayol va solih farzandga
dalolat qiladi.
Olxo’ri. Agar tushingizda olxo’ri
ko’rsangiz, o’ngingizda barcha murodingiz hosil bo’ladi.
Olxo’ri. U o’z mavsumida ko’rilgan
bo’lsa, rizqtsir. Agar yaqinlaridan biri yo’qolgan bo’lsa, uning kelishidir.
Mavsumidan boshqa paytda ko’rsa, kasallik yoki tashvishdir. Kasal odam tushida
uni esa, tuzaladi. Olxo’ri daraxti barcha odamlarga naf beruvchi kishidir.
Olxo’ri. Olxo’ri yoki mevali olxo’ri
daraxti – xdyotdagi vaziyatning yaxshi tomonga o’zgarishi; olxo’ri yoki uning
qoqisini eyish – organizmda eng muxdm mikroelementlar (xususan, kaliy, magniy),
olxo’rida mavjud vitamin va organik kislotalar etishmasligi; oshqozon-ichak
trakti ishining yomonlashgani.
Olcha daraxti. U tabib erkakdir.
Olcha. Kim tushida olcha ko’rsa, o’ngda
uyidagilari tufayli tushkunlikka tushadi, javobsiz muhabbatga uchrab, xafa
bo’ladi. Agar kim gullagan olcha daraxtini ko’rsa, o’ngida baxtiyor yashaydi.
Olcha. Tugtsda shirin olcha emoq
haloldan topilgan molga ishora, nordon olcha esangiz, haromdan mol topasiz.
Tushda olcha ko’rgan odam o’ngida o’zining odamijonligi bilan o’zgalar
muhabbati va do’stligini qozonar ekan. Kimki tushida olcha esa, uzoq vaqg
harakat qilib yurgan narsasiga erishadi.
Olcha. Olcha daraxti, ayniqsa, gullab
turgani ijobiy hissiyotlar va takdirning yaxshilanishiga va’da beradi; olcha
eyish – vitaminlar (S, A, V guruhi, RR va folieviy kislotalar) etishmasligi,
organizmning eng muhim mikroelementlar (mis, kaliy, temir, magniy) hamda
organik kislotalarga talabi, kamqonlik, ovqat hazm qilish a’zolari ishining
yomonlashuvi.
Omadsizlik. Tushda omadsizlikka uchrab
xafa bo’lish
- kasallik (xususan, jarohat, yurak-tomir tizimi,
shish va boshqa dardlar); omadsizlikka uchrab xafa bo’lmaslik
- salomatlik va kelgusida omad kelishi.
Ombir. Kimki tushida ombir ko’rsa,
o’ngida jamoat o’rtasida ham, oilasida ham mavqei mustahkamlanadi.
Ombir. Tushda ko’rilgan ombir qiyinchilik
va gap- so’zlarga sabrli odamga dalolatdir. Ishsiz, bekorchi kishi uchun esa
ishga ishora.
Ombor. Tushda don to’la omborga kirish
o’ngdagi boylik orttirish, meros olish va ishlarning, rivojlanishiga dalolat.
Bunday tush bo’ydoqlar uchun yor vasliga erishish, oilali odamlar uchun tinch
va osoyishta hayotni anglatadi. Tushda bo’sh omborni ko’rish buning aksidir.
Ombor. Tudda kishi ombor ko’rsa, agar
bemor bo’lsa, o’ngida shifo topadi, sog’lom bo’lsa, tarbiyali ayolga uylanadi
va ayoli tez orada homilador bo’ladi. Tushida omborga kirsa-yu, ombor
bo’m-bo’sh bo’lsa, qashshoqlik va muvaffaqiyatsizlikka ishora. Ombor to’la
bo’lsa, boylik.
Post Views: 684