Tushda olov ko’rsa

Tushda Olov yoqish. Agar kishi tushda narsa pishiraman, deb olov yoqsa, o’ngda biron ishni zimmasiga oladi. Agar pishirgan narsasini esa, g’amga botadi. Agar yorug’lik uchun olov yoqsa, uning ishi aniq bo’ladi. Biron joyni ^ kuydirish uchun olov yoqsa, uni kimdir g’iybat qiladi.

Olov. Olov tushda ko’rilsa, u bashorat, ogohlantirish, urush, azob, sulton, hibs, talofatlarning biriga dalolat qiladi. Kim uchquni va cho’g’i bor olovni ko’rsa, u daraxtlarni yondirayotgan bo’lsa, o’sha olov shovqinli bo’lsa, u fitnadir. Kim qalbida olov ko’rsa, bu qattiq muhabbat.

Olov. Tushda olov ko’rish urush va vaboga yo’yiladi.

Tushda olov

Olov ko’rish – ruhiy poklanish zarurligi; olov “issiq-sovuq” va kinnadan qutilish vositasi ekaniga ishora bo’lishi ham mumkin.

Olovda pishirish. Kishi tushda olovda taom pishirsa, o’ylagan maqsadiga erishadi va mashhur bo’ladi. Agar ovqat pishirsa, u rizkdir.

Olomon. Olomonni ko’rish – janjalli holatdan darak.

Ombor. To’la omborni ko’rish – voqealarning yaxshi tomonga rivojlanishi; bo’sh ombor – noxushlik, xususan, oshqozon kasallanishi mumkin.

Ona yig’isi. Tushda onangiz yig’layotgan bo’lsa, o’ngda sizni bir sabab bilan maktab direktorining huzuriga chaqirishadi.

Ona. Kim tushida onasi tuqqanini ko’rsa, mazkur tushni ko’rgan odam kasal bo’lsa, vafot etadi, sog’ bo’lib, faqir bo’lsa, boy bo’ladi.

Ona. Bola ko’targan ona yoki o’z onasini ko’rish – yaqin kishilaringizga g’amxo’rlik qilishingiz kerakligidan ogoxdantirish.

Onaning betoblanishi. Agar tushda onangiz kasal bo’lib qolsa, o’ngda ishingiz unmaydi.

Onaning kulishi. Agar tushda onangiz kulayotgan bo’lsa, o’ngda tanishlardan biri kelib, sizni xursand qiladi.

Tushda olov

Opa-singil. Kim tushida opa-singillari yoki ulardan birini ko’rsa, o’ngda kutilmagan qiyinchilik va tashvishlarni boshidan kechiradi. Agar opasi yoki singlisi bilan janjallashsa, o’ngida umidlari puchga chiqadi. Opasi yo singlisi bilan xayrlashayotgan bo’lsa, hech kimning yordamisiz, o’z kuchi bilan muammolarini hal qiladi. Tushda o’layotgan opasi yoki singlisini ko’rsa, o’ngida modtsiy ahvoli yomonlashadi. Kim tushida o’gay opasi yoki singlisini ko’rsa, o’ngida uning hayotiga hamma aralashaveradi.

tushda