Tushda HUJUM qilish

Tushda HUJUM qilish

Tushda HUJUM qilish: Dushmanga hujum qilish bir narsa tufayli pushaymon bo‘lishga ishora.

QADAH

Tushda qadah ko‘rish yaxshi qiz, rizq, homilador ayol, davlat, boylik bilan ta’bir qilinadi. Tushda to‘la qadah ko‘rish homilador ayolga; qadahdagi suvning to‘kilganini ko‘rish homilaning tushishiga ishora.

QAFAS

Tushda qafas ko‘rish tashvish, qayg‘u, xafagarchilik; yangi uy bilan ta’bir qilinadi.

qog‘oz

Xolis musulmon uchun ilm, hikmatga; gunohkor banda uchun tavba qilishga; fitna ahli uchun jaholatga ishoradir. O‘ziga qog‘oz berilishini ko‘rish muammolarini hal qilishdan dalolatdir.

QAHQAHA

Tushda kulib qahhaqa otganini ko‘rish uzoq va mazmunli hayotga ishora.

QAHVA

Tushda shakarsiz qahva ichish biror falokat bo‘lishiga; shakarli qahva ichish unchalik qadri bo‘lmagan pulga ishoradir.

hilol

Tushda hilol ko‘rish yaxshi farzand; katta tashkilotga ishga o‘tishga; tijoratda keladigan katta daromadga ishoradir. Homilador ayol tushida uch kunlik oy ko‘rsa o‘g‘il farzandli bo‘ladi.

hoji

Tushda hoji ko‘rish ibodatdagi kamchiliklarga; hoji bi- lan birga namoz o‘qish ma’naviy rizq, savob va barokatga ishora.

 

tushda