Tushda qariya, qabriston

Tushda QARIYa

Tushda qariyani ko‘rish uzoq umrga ishoradir. Sochlariga oq tushgan, yuzidan nur yog‘ilib turgan qariyani ko‘rish davlat va baxtga ishora.

O‘zi hali yosh bo‘lib, tushida qarilik chog‘ini ko‘rish g‘am-qayg‘u, biror yaqinining o‘limi xabarini eshitishdan dalolat beradi.

QABRISTON

Tushda qabriston ko‘rish Qur’on o‘qishga; o‘limni, oxiratni o‘ylashga; ko‘rquvga ishoradir.

QOVURG‘A

Insonni qamrab oluvchi sevgi, nafrat, alam, qadar, sevinch kabi tuyg‘ularga; inson qalbi va ruhidagi buhronga ishoradir.

QOBIQ

Daraxt qobig‘i inson davlatiga; yong‘oq, bodom qobig‘i kiyim; homilador ayolning bolasi tushishiga ishora.

tushda