TUSH TABIRI ENG ANIQ TABIR
Alloh. Kimningki tushida Allohning zoti namoyon bo’lsa, o’ngida diniy va dunyoviy ishlari yaxshi bo’ladi, tush ko’rilgan joyda adolat barqaror topib, farovonlikka erishiladi.
Agar Alloh tushida uning amallarini hisoblayotgan bo’lsa, o’ngida quvonch topadi, safarda bo’lsa, ishlari o’ngidan kelib, sog’-salomat uyiga qaytadi.
Agar tushida Allohga iltijo qilib, ibodat qilayotgan bo’lsa, diniy va dunyoviy ishlari rivoj topadi, hukmdorlarga yaqin bo’ladi. Biroq Allohni g’azabda ko’rsa, tavba qilsin va sadaqa bersin.
Allohni zikr qilish. Barcha zikrlar ular
qilinayotgan joyning obod bo’lishiga dalolat qiladi.
Allohning tushda ayon bo’lishi. Ja’fari
Sodiq aytadilarki, Allohni tushda ko’rish etti ne’mat bo’ladi:
Tush tabiri tushda
- Avf va mag’firat;
- Balo va ofatlarga uchramaslik;
- Qalbida Allohning nuri jo’sh urib, hidoyat
topadi;
- Zolimlardan najot topadi;
- Oxirat azobidan omon qoladi;
- U diyorda obodonchilik bo’ladi va podshohi odil
sa- naladi;
- Shon-shuhrat, martabali bo’lib, oxiratda rahmat
nazariga erishadi.
Aloe. Aloeni ko’rish – sabrli bo’lish
lozim; yana uzoq umrdir; bargini uzib, ezib suvini chiqarish – oshqozon- ichak
kasalligi, butun organizmning holsizlangani va shamollash mumkinligi. Agar tush
takrorlanaversa, aloe doringiz bo’lishi mumkin. Tushda aloe gulini ko’rish kim
bilandir bahsda g’olib chiqishga ham ishora.
Al-Haqqo surasi. Ibn Sirin aytadilarki,
agar tushida al-Haqqo surasini o’qisa, dalildirki, farzlarni ado qiladi.
Albom. Rasm chizish albomini ko’rish –
o’zingizni ko’rsata olmayapsiz. Fotografiyali albom tomosha qilish – muhabbatga
intilmoq.
Alyumin idish. Tushda yaltiroq alyumin
idish ko’rsangiz, o’ngda sizni muvaffaqiyat kutadi. Agar alyumin idish xira,
eski bo’lsa, ko’ngilsiz voqealar sodir bo’ladi.
Alyuminiy. Alyuminiy ko’rish yoki undan
foydalanish – erkak va ayol o’rtasidagi engil munosabat, aldangan hissiyot va
umiddan xafsalaning pir bo’lishi; muomala yoki bitim tuzishda yumshoqroq,
kelishuvchan bo’lish zarur; organizmda alyuminiy mikroelementlari xddtsan ziyod
(yoki etashmaydi); suyak va miya to’qimalarida muammo bor, oshqozon og’rishi
mumkin.
Amaki. Amakini ko’rish – yaxshi
kayfiyat; ishning muvaffaqiyatli bo’lishi.
Amaki. Tushingizda amakingizni
ko’rsangiz, o’ngingizda yomon xabarga tayyor turing.
Amaki kasal bo’lsa. Amakingiz
tushingizda kasal bo’lsa yoki charchagan bo’lsa, o’ngingizda oilangizda
ko’ngilsizlik ro’y beradi.
Amaki xabar aytsa. Tushingizda amakingiz
sizga quvonchli xabar aytsa, xdyotingizda o’zgarishlar sodir bo’ladi; eringiz
yaxshi maoshli biron martabaga ko’tariladi.
Ambulatoriya. Tushda ambulatoriyani
ko’rish kasallik yuqtirishga ishora.
Ammiak. Ammiak xddini sezish –
zaharlanish, teri kasalligi, azot almashinuvi va siydik chiqarish tizimining
kasalga chalinishi; yomon odam bilan uchrashuv.
Amnistiya. Amnistiya haqidagi e’lonni
o’qish – saro- simalik.
Anakonda. Anakondani ko’rish – xavf
belgisi; kuchli va amaldor odam bilan ruhiy kelishmovchilik; nafas olish
organlari muammosi.
Analiz. Tibbiy analizlarni ko’rish
(topshirish, taxdil materiallari, taxdil blanklari, laboratoriya uskunalari) –
kasallikdan darak.
Ananas. Tushingizda ananas ko’rsangiz,
o’ngingizda barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli bo’ladi.
Anbiyo surasi. Kirmoniy aytadilarki,
agar tushida Anbiyo surasini o’qisa, dalildirki, ikki jahon iqbolini topadi.
Ja’fari Sodiq aytadilarki, olim va dono bo’ladi.
Angina. Tushda angina bilan og’rish –
har qanday dardning boshlanishi; topshirilgan ishdan nafratlanish.
tush tabiri tushda ko’rsa
Angishvona. Bu tushni balog’atga etgan
qiz ko’rsa, o’ngida sovchilar keladi, bo’ydoq yigitlar tushida angishvona
ko’rsa, biron qizga ishqi tushib, iztirob chekadi. Boshqalar uchun bu tush hech
narsani bildirmaydi.
Angishvona. U tushda rizq, farzand,
xotin yo qarzdir. Goho qiyinchilikni bildiradi. Uni barmoqlariga taqqan kishi
kasal bo’ladi. Uni o’likning qo’lida ko’rish uning do’zaxdaligiga dalolatdir.
Anjir. Kimki tushida anjir esa, hayoti
shirinlik bilano’tadi.
Anjir. Tushda anjir ko’rish, eyish –
organizmda tabiiy qandlar, vitaminlar (S, V, A) va mikroelementlar (kaliy,
kaltsiy, magniy, fosfor, temir) etishmasligi; kamqonlik, yurak-tomir tizimi,
oshqozon-ichak trakti kasalligi. Anjir shunday bemorlarga qo’shimcha dori
sifatida yordam berishi mumkin.
Anjir. Uni kim tushida ko’rsa, foydasi
ko’p bo’lgan halol molga etishadi. Shuningdek, anjir nasabli va
moldor ayoldir. Ko’pincha tuxtsda anjir ko’rish qalb yoki
ko’zning zaifligiga dalolat.
Anjir esa. Kim tushida anjir esa, rizqi
ko’payadi.
Anjir daraxti. Tushda anjir daraxtini
ko’rish yaxshilik yo’lida sobit turadigan, jamiyatga ko’p foydasi tegadigan
kishiga ishora.
Ankabut surasi. Ibn Sirin aytadilarki,
agar tushida Ankabut surasini o’qisa, dalildirki, to o’lim vaqtigacha Haq
taoloning omonida bo’ladi. Kirmoniy aytadilarki, ranju balodan emin bo’ladi.
Anketa. Har kanday anketa to’ldirish –
jaxddorlik va nevrozning ortishi. Tushda anketa savollariga javob yozayotgan
bo’lsangiz, exdiyot bo’lingki, qitmirlikka duch kelasiz.
Anqo gapirsa. Tushida kimga anqo
gapirsa, rizqi mo’l-ko’l bo’ladi, martabasi ko’tariladi.
Anqo kushi. U tushda millatga do’st
bo’lmaydigan bid’atchi, martabali kishidir.
Anqoni minsa. Kim tushida anqoni minsa,
g’olib bo’lib, uning tengi bo’lmaydi.
Anqoni ovlasa. Agar tushda anqoni
ovlasa, u obro’li kishiga hiyla qiladi. Uni hiylasiz ovlasa, u shijoatli
farzanddir.
Anqoni sotsa. Agar tushda anqoni sotsa,
o’ngda zulm ko’radi.
Anor daraxti. U boy erkakdir.
Anor nordon bo’lsa. Tushda nordon anor
eyish kasallik va hasadchilarning ishingizga xalal berishiga ishora.
Anor chirigan bo’lsa. Irib-chirib ketgan
anorlarni tushda ko’rish o’ngdagi baxtsizlikdan dalolat.
Anor shirin bo’lsa. Tushda shirin anor
eyish yig’ilajak mol-dunyoga ishora.
Anor. Anor daraxti – sevgi ramzi.
Pishgan anor – kayfiyatingiz yaxshi bo’lishidan darak; xom anor – stress va
kasallik; anor eyish takrorlanaversa – organizmda eng muxdom mikroelementlar,
organik kislota va tabiiy qandlar, shuningdek, vitaminlar (birinchi navbatda S
vitamini) etishmasligi, umumiy holsizlik, oshqozon- ichak trakti kasalligi,
kamqonlik, shamollash exdimoli.
Anor. Tushda anor ko’rish mo’l rizq va boylikka ishora. Ba’zida farzandga ham ta’bir qiladilar. Anor emak esa ulug’larga xizmat qilish va safarga chiqishga ishoradir.
Tushda anor ko’rmakni ma’naviy poklikka va imkoniyatlardan aql bilan foydalanishga ham yo’yganlar. Bundan tashqari, tushida anor ko’rgan kishi o’ngida qalbni yaralaydigan va sog’likka zarar keltiradigan ko’ngilochar ishlar bilan shug’ullanmas ekan.
Antenna. Tushingizda antenna ko’rsangiz,
o’ngingizda ishbilarmonligingiz, hushyorligingiz va boshqalarning xatolaridan
foydalana bilishingiz tufayli ishlaringiz rivojlanadi.
Tushda ko’rsa nima bo’ladi
Antenna. Har qanday turdagi antennani
ko’rish – informatsiyaning hadtsan ortiqligi sizga zarar etkazadi; eshitish,
ko’rish va his qilish organlari muammosi.
Anfol surasi. Ibn Sirin aytadilarki,
agar tushida Anfol surasini o’qisa, dalili xayru saloxdir.
Anhor. Agar anhor hovli-joylar,
uy-xonadonlar bo’ylab oqib o’tsa va suvi tiniq, shirin bo’lsa, farovon hayotdan
darak beradi.
An’om surasi. Ibn Sirin aytadilarki.
agar tushida An’om surasini o’qisa, dunyo saodati va oxirati obod bo’lgay.
Kirmoniy aytadilar: «Ehson, saxovat va tavfiq topadi».
Apelsin. Apelsin ko’rish, uni eyish –
yaqin kelajaqtsa kayfiyatingiz ko’tarilishidan darak; tush takrorlanaversa –
vitaminlar, xususan, S vitamini, muhim organik kislotalar va mikroelementlar
etishmasligi; apelsin daraxtini ko’rish quvontiradigan voqealar yuz berishi;
apelsin po’chog’ini ko’rish – achchiq xotiralar va o’tgan ishdan afsuslanish.
Apelsin. Tushingizda apelsin ko’rib, uni
olmasangiz, o’ngingizda orzularingiz amalga oshmaydi.
Apelsin eyish. Agar tadbirkor odam
tushda apelsin esa, o’ngida ishi orqaga ketadi. Yosh yigit-qiz tushida apelsin
esa, o’ngida sevgisidan ayriladi, oila qurgan bo’lsa, ajrashadi.
Apelsin sotish. Agar tushda apelsin
sotayotgan bo’lsangiz, yangi tanishuv va do’stlikka dalolat.
Apelsin xarid qilish. Tushingizda
apelsin xarid qilsangiz, o’ngingizda orzu-umidlarning ushalishiga ishora.
Apparat. Har qanday apparat inson tanasi
organla- ri va tizimini aks ettirishi mumkin. Qo’shimcha ma’lu- mot olish uchun
apparatning tashqi ko’rinishi, tuzili- shi, ishlash printsipi va boshqalarga
qaraladi. Masalan, gidravlik apparat – organizmdagi suyuqlik yuradigan tomir,
limfatik, siydik tizimini aks etgiradi, bunda nasos yurak muammolarini
ko’rsatishi mumkin; pnevma- tik apparat – nafas tizimi; radioelektron yoki
elek- tron apparat – asab tizimidagi o’zgarishlar; aloqa ap- parati – xtss
qilish organlari; kompyuter – ruxtsyat va aql; ishlab turgan apparat –
kasalning tuzalishi; bu- zilgan va ta’mirlanayotgan apparat – kasallik va davo-
lanish; pachoqlangan apparat – jaroxdt. Bunday tushlar- ni ko’proq
injener-texnik xodimlar va o’sha appa- ratlarning operatorlari ko’radilar.
Aprel. Aprel oyini ko’rish – kasal
odamning tuza- lishi.
Aprel oyi. Tushda aprel oyi kirib kelganini
ko’rish ish va muhabbatdagi muvaffaqiyatdan dalolat. Eng yuksak orzularning
amalga oshishiga ishora.
Post Views: 3 744