TANA TERISINI PARVARIShLASh UChUN VANNALAR

TANA TERISINI PARVARIShLASh UChUN VANNALAR

TANA TERISINI PARVARIShLASh UChUN VANNALAR: 200 g qichitqi o‘tining barglari mayda to‘g‘raladi va 3 l qaynoq suvga solinadi, su- zib olinadi. Suv vannadagi suvga (36-37 °S) quyib yuboriladi. Bu vanna allergiya, rev- matizm, terida yiringli toshmalar bo‘l- ganda qabul qilinadi.

  • 100 g marmarak (shalfey), 100 g eman po‘stlog‘i 1 l suvda past olovda 20-30 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra damlab qo‘yiladi, su- zib olinadi va vannadagi suvga qo‘shib yubo- riladi. Bu vanna allergiya, revmatizm, te- rida yiringli toshmalar bo‘lganda qabul qilinadi.
  • 200 g chistotel quritilgan o‘ti va gul- lari ustidan 4 l qaynab turgan suv solinib, 2 soatga damlab qo‘yiladi. Keyin suzib olinib, vannadagi suvga quyib yuboriladi. Vanna kunora 10-15 daqiqadan qabul qili- nadi. Bir kurs muolaja 8-10 vannadan ibo- rat. Allergiya, yiringli toshmalarda qo‘l- laniladi.
  • 200 g yalpiz ustidan 4 l qaynoq suv soli- nadi, 1 soat damlanadi. Semirib ketishda, toliqishda charchoqni oldiruvchi vosita si- fatida qo‘llaniladi. Bunday vannalar gi- pertoniya kasalliklari va bo‘qoqda ta’- qiqlanadi.
  • 50 g ittikanak to‘g‘raladi, 0,3 l suvda 10- 15 daqiqa qaynatiladi, vannaga quyiladi va yana 100 g dengiz tuzi qo‘shib yuboriladi. Kunora qabul qilinadi, bir kurs 10 vanna- dan iborat. Kapillyar qon aylanishini fa- ollashtirib, tinchlantiruvchi, deinfeksi- yalovchi xossaga ega.
  • 200 g qizilpoycha (zveroboy) o‘ti 4 l qay- noq suvda damlanadi va vannaga qo‘shib yuboriladi. Qon aylanishini yaxshilaydi, tetiklashtiradi, charchoqni oladi. Terini ajin bosganda yordam qiladi.
  • Terida qichish, quruqlashish va sho‘ra- lashni yo‘qotish uchun vannadagi suvga 1 sta- kan osh sirkasi solinadi va aralashtirila- di. Bu vannada 10 – 15 daqiqa yotiladi.
  • 300 g tuz va 100 g soda qaynoq suvda eritiladi. Mazkur eritmali vanna 10-15

daqiqa qabul qilinadi. So‘ngra toza suvda chayilib, 1 soat yotib dam olish kerak. Bu van- na vazn tashlash uchun mo‘ljallangan. Bitta vannadan so‘ng 300 g ga ozish mumkin. Agar vanna qabul qilishni parhez bilan birga olib borsangiz, siz nafaqat ozasiz, balki organizmni toksin va chiqindilardan xa- los qilasiz.

  • Xantalli vanna uyqudan oldin qabul qilinadi. 100 g quruq xantal 1 l suvda (36- 38 °S) yaxshilab aralashtirilib, vannada- gi suvga qo‘shib yuboriladi. Vanna 10 daqiqa davomida qabul qilinadi. Keyin iliq toza suvga chayilib, jun ko‘rpaga o‘ralib yotish ke- rak. Taxminan bir soatdan so‘ng turib, qu- ruq bo‘lguncha artinish lozim (kuchli ter- lagan bo‘lasiz) va yana uxlang. Bunday vanna shamollashda, yuqori nafas yo‘llari shamol- lashida, ozish uchun qabul qilina^i. Uni parhezlar bilan birga qilish mumkin.
  • 1 l sutni olovda isiting, faqat qayna- shgacha olib bormang. Suv hammomida 100 g asalni eritib, sutga qo‘shing va yaxshilab ara- lashtiring. Vannani qabul qilishdan oldin 350 g mayda tuzni yog‘li bo‘lmagan smetana bi- lan aralashtirib, aylana harakatlar bilan butun tanaga surtib chiqing. Keyin dushda yuvib tashlang. Vannaga suv to‘ldirib, sut bi- lan asal aralashmasini quyib yuboring. Van- na qabul qilish vaqti 15-20 daqiqa.

        Tuz tanangiz terisini tozalaydi, sut bi- lan asal esa asabiy taranglik, charchoqni oladi, terini yoshartiradi. Bunday vanna- ni go‘zal Kleopatra qabul qilgan ekan.

  • 5 g mumiyo olasiz, uni 0,5 l qaynoq suvda eritib yuborasiz. Yarim vanna suv (30 °S) tayyorlang, unga tayyorlangan eritmani quy- ib yuboring. Bunday vannani 20 kun qabul qiling.

Mumiyoli vanna ruhiy va asabiy to- liqishni oladi, butun organizmni mikro- elementlar bilan oziqlantiradi.

  • Qoqio‘tdan tayyorlangan vanna terini yoshartirish va namlantirish xususiyatiga ega. Uni 20 daqiqa davomida qabul qilina- di, suv 40 °S bo‘lishi kerak.

Agar qoqio‘t yangi uzilgan bo‘lsa, uni 2 kg o‘t (barglari) kerak bo‘ladi, qurug‘i bo‘lsa, 1 kg yetarli bo‘ladi. Giyoh ustidan 5 l suv quy- ib, qaynashgacha olib boriladi va 10 daqiqa past olovda qaynatiladi, 30 daqiqa damla- nadi va suzib olinadi. Qaynatma vannada- gi suvga qo‘shib yuboriladi.

  • Asal qo‘shilgan vannalar terini yoshar- tirishini qadimdan ayollar yaxshi bilish- gan. 200 g asal issiq suvda eritiladi, unga uch tomchi sitrus mevalar – apelsin, greyp- frut, limon, bergamot yog‘i qo‘shiladi. Ara- lashma issiqqina vannaga qo‘shiladi va 15 daqiqa davomida qabul qilinadi.
  • Turli efir moylari qo‘shilgan vanna- larni odatda 20 daqiqa qabul qilishadi, suv u qadar issiq bo‘lmasligi kerak, taxmi- nan – 34 °S. Biroq efir moyi avval emulga- torlarda – qaymoq, asalda eritiladi, so‘n- gra 40 °S issiq suvga qo‘shiladi. Suv kerakli darajagacha soviganidan so‘ng, vanna qabul qilinadi. Efir moyi qo‘shilgan vannadan so‘ng chayilmaydi, tana quruq artilmaydi, nomiga sochiqni bostirib qo‘yasiz. Teriga esa biron krem surtiladi.
  • Shokoladli vanna uchun sut kerak bo‘la- di. 0,5 l sutning o‘zi yetarli bo‘ladi: iliq sutga bir plitka achchiq shoklod bo‘laklar- ga bo‘linib solinadi, suv hammomida isi- tiladi, shokolad eriganda, hammasi ara- lashtirilib, vannadagi suvga qo‘shib yubo- riladi. Bu vannani 20 daqiqadan ortiq qabul qilmang. Vannani haftada ikki mar- ta qabul qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Shokoladli vanna tetiklashtiradi, teri- ni chiroyli qiladi va ortiqcha vazndan xa- los etadi.

  • Suli yormasi tashqi qo‘llashda ham kat- ta foyda keltiradi. 0,5 kg suli yormasiga 4 l suv quying, qaynashgacha olib boring, yarim soat damlanadi, suzib olinib, vannadagi suvga qo‘shib yuboriladi.

 

tushda