YuZ TERISINI PARVARIShLASh

YuZ TERISINI PARVARIShLASh

YuZ TERISINI PARVARIShLASh: Pishgan banan yaxshilab eziladi va 1 choy qoshiq sut bilan aralashtiriladi, so‘ngra yuzga surtiladi. 20 daqiqa o‘tgach, sutga yoki iliq suvga botirib olingan paxta tampo- ni bilan yuz terisi tozalanadi. Bu muolaja har kuni yoki kunora qo‘llaniladi.

  • Quruq terini 1:1 nisbatdagi sut va suv aralashmasiga shimdirilgan paxta tampo- ni bilan tozalash mumkin.
  • 1 choy qoshiq qaymoq bilan 1 choy qoshiq sabzi sharbati aralashtiriladi. Ingichka qilib, niqob surtiladi va 10 daqiqa o‘tgach,

YuZ TERISINI PARVARIShLASh

prosvirnik damlamasi yordamida yuviladi. Quruq sho‘ralaydigan terilarga ishlatila- di.

  • Tuxum sarig‘i aralashtirilib, yuz te- risiga surtiladi va 10-15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuviladi, sochiq bilan namlik shimdiriladi va oziqlantiruvchi krem surtiladi. Quruq va normal teri uchun qo‘llaniladi.
  • Quruq va normal terida yuz va bo‘y- in sohalariga yosh xom qovoqchadan (kabach- ki) uzun tilimlar quyiladi. 20 daqiqadan so‘ng olinadi.
  • Qirg‘ichdan pomidor o‘tkaziladi va bo‘tqa holiga kelguncha kraxmal bilan ara- lashtiriladi, unga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i ham qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralash- ma 10-15 daqiqa ushlanadi. Quruq va normal teri uchun qo‘llaniladi.
  • Qadim zamonlardan go‘zallik sirlari- dan biri-bu gulob suvi bilan yuvinishdir.1 siqim atirgul yaproqlari 1 stakan qaynoq suvga qo‘yiladi va 15-20 daqiqa damlanadi. Sovigan damlama bilan yuz terisi 2 mar- ta artiladi-bu terini tetiklashtiradi va tozalaydi.
  • 1 osh qoshiq bodom kepagi bo‘tqa hosil bo‘lguncha issiq suv bilan aralashtiriladi. Bo‘tqa yuz terisiga 5-15 daqiqaga qo‘yiladi, so‘ngra qaynatilgan suv bilan yuviladi. Qu-

 

ruq terida sovun o‘rniga ishlatiladi. Bo- dom kepagi yuz terisini tozalaydi va yum- shatadi.

  • 2 osh qoshiq quruq zig‘ir urug‘i ustiga 1 stakan (200 ml) suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Hosil bo‘lgan ilvi- ragan bo‘tqa sovitiladi va unga 1 choy qo- shiq oq giltuproq qo‘shib aralashtirila- di. Bu bo‘tqa so‘ligan va quruq teriga 15-20 daqiqaga qo‘yiladi. So‘ngra niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
  • 1 osh qoshiq qayin daraxti kurtakla- ri 1 stakan qaynoq suv bilan damlanadi va past olovda 15 daqiqa davomida qaynatila- di; sovigach, doka suzgichdan o‘tkaziladi. Yuz terisi nimjonlashib qolganda kuniga 2-3 mahal ushbu qaynatma bilan artiladi.
  • 1 choy qoshiq maydalangan dorivor gul- xayri (altey lekarstvennsh) ildiziga 1 stakan qaynoq suv quyiladi, 2-4 soat mo- baynida damlanib, suzib olinadi. Quruq sho‘ralaydigan teri ushbu qaynatma bilan artiladi.
  • Yuz terisi bezovtalanishini moychechak, petrushka damlamalari, yangi artilgan kar- toshka yoki aloe sharbatidan kompress qi- lish to‘xtatadi.
  • Limonni mayda bo‘laklarga kesing, 100 ml aroq quyib, yopiq shisha idishda 10 kun damlang. Qo‘llashdan avval shuncha miqdorda-

 

gi suv bilan aralashtiring. Buday loson bilan g‘alviragan, teshiklari kengaygan te- rilar artilsa yaxshi natija beradi.

  • Ichimlik sodasi yog‘li va husnbuzar to- shgan terilarga surtiladi, 2-3 daqiqadan so‘ng suv bilan yuvib tashlanadi. Bundan tashqari, yog‘li terini 5-10% li soda eritma- si bilan artish ham naf beradi. Soda teri- ni tozalaydi, husnbuzar toshishining ol- dini oladi, terining yog‘li yaltirashini yo‘q qiladi, yog‘sizlantirish vositasi sifatida ishlatiladi.’

Kosmetik muolajalar o‘tkazilgandan so‘ng, yog‘li va teshikli terilarga sovuq kom- presslar bosish foydalidir.

  • Yuz terisiga bodring po‘chouini qo‘yib, ustidan dokani yoping, 20-25 daq^qadan so‘ng niqobni olib tashlang, undan so‘ng 5 daqiqa o‘tgach yuz terisi astalik bilan paxta tam- poni yordamida artiladi. Yog‘li va g‘alvira- gan yuz terisini oziqlantirish, oqartirish va tozalash uchun qo‘llaniladi. Yuz terisiga bodringning parrakli bo‘laklarini artish ham foyda beradi.
  • Yuz terisini tozalashning qadimiy usuli. Limon kichik pallachalarga kesiladi, sovuq suvga solinadi, yopiq idishda 1-3 soat damlanadi, so‘ngra suzib olinadi. Ushbu damlama bilan 3-4 kun mobaynida yeg‘li te- rini tozalash uchun artiladi.

YuZ TERISINI PARVARIShLASh

  • 1 qism oshxona sirkasi 2 qism odekolon atiri bilan aralashtiriladi va bu eritma bilan teshiklari kengaygan terini yaxshi- lash uchun kuniga 2 mahal artiladi.
  • Uyqudan avval yog‘li terini odekolon- ning suyultirilgan eritmasi bilan artish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 g odekolon, 60 g suv va 2 g borat kislotasidan iborat eritma olinadi.
  • 1 osh qoshiq tirnoqgulning (kalendula) spirtli nastoykasi 100 g suvda eritiladi va bu eritmada ingichka paxta qatlamlari shimdiriladi va yengilgina siqib, ortiqcha suyuqligi silqitiladi. Yuz terisiga butun- lay qoplanadi. Ko‘z, burun va og‘iz niqob bi- lan qoplanmaydi. 15-20 daqiqa o‘tgach, niqob olinadi, yuz terisi quruq paxta bilan ar- tiladi. Biriktirish xususiyatiga ega bo‘lgan ushbu niqob qora dogli, yog‘lanishga va qiza- rishga moyil bo‘lgan terilarda hamda yuz te- risi tozalangandan so‘ng qo‘llaniladi.
  • Yog‘li va husnbuzar toshgan teri uchun quy- idagi aralashma qo‘llaniladi: 1 choy qoshiq tirnoqgul nastoykasi 1 stakan iliq qayna- tilgan suvda eritiladi, 1 choy qoshiq asal qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Teriga bosish uchun paxtali malham qilinadi.
  • 10 grammdan mum va nashatir spirti olib, 15 gramm suvda yaxshilab aralashtiri- ladi. Yog‘li teri uchun qo‘llaniladi.

 

  • 2 osh qoshiq qatiq bilan 1 osh qoshiq suli uni yoki maydalangan “Gerkules” yorma- si aralashtiriladi. Yog‘li teri uchun qo‘lla- niladi.
  • 1 osh qoshiq oqgil (kaolin) bilan 1 osh qoshiq sabzi sharbati aralashtiriladi. Yog‘li va g‘ovakli yuz terisiga 15-20 daqiqa- ga qo‘yiladi.
  • 1-3 ta qulupnay mevasi 1 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq asal bilan ezib ara- lashtiriladi. Aralashma yuz terisiga sur- tiladi, 20 daqiqadan so‘ng avval iliq suv bilan, so‘ngra esa sovuq suv bilan yuviladi.
  • Husnbuzar toshgan yog‘li yuz terisiga mayda qilib kesilgan bargizub (podoroj- nik) barglaridan niqob qo‘yish foyda bera- di. Niqob olingandan keyin krem surtil- maydi.
  • 1-2 choy qoshiq quruq marmarak (shalfey) 1 stakan juda qaynoq suv bilan 15 daqiqa damlanadi. Iliq damlama bilan terining yallig‘langan joylari artiladi.
  • 2 osh qoshiq quruq maydalangan beda barglari yoki moychechak kastryulkada 1 litr qaynoq suv aralashtiriladi. Bu kastryulka boshqa kattaroq suvli kastryulka ichiga qo‘y- iladi, 30-40 daqiqa davomida qaynatiladi. Issiq damlama bilan yuzni yuvish yog‘li teri- ga juda foydalidir. Bu qaynatma yallig‘la- nishga qarshi va antiseptik ta’sirga egadir.        
  • Po‘stlog‘i tozalangan va ezilgan gi- losdan bo‘tqa tayyorlanadi. 0,5 stakan bo‘tqa 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiriladi. Olingan niqobni yuz va bo‘yin terisiga 15 daqiqaga surtib qo‘yiladi, so‘ngra niqob olib tashla- nadi. Teriga ajin tushganda va qora dog‘- li teshiklar paydo bo‘lganda qo‘llash tavsiya etiladi.
  • 1 choy qoshiq klyukva sharbati va 1 choy qo- shiq kartoshka uni tovuq tuxumining oqi bilan aralashtiriladi. Aralashma 15-20 daqiqaga yuzga qo‘yiladi, so‘ngra iliq suv bi- lan chayiladi.
  • 1-2 osh qoshiq jo‘ka (lipa) gullari 1 sta- kan qaynoq suv bilan 10-15 daqiqaga dam- lanadi, so‘ngra suzib olinadi. Yog‘li yuz te- risini shu damlama bilan artish foydali- dir.
  • 1 osh qoshiq mayda tuyilgan jo‘ka (lipa) gullari ustidan 100 ml issiq suv quyila- di, quyuq bo‘tqa hosil bo‘lguncha past olovda qaynatiladi. Yog‘li yuz terisiga ushbu niqob iliq darajada qalin qilib chaplanadi (qu- ruq terida-sovuq niqob tortiladi). 15-20 daqiqa o‘tgach, paxta tamponi bilan yuz te- risi tozalanadi, quritiladi va krem sur- tiladi.
  • 20 g xamirturush bilan vodorod perok- sid qaymoq quyuqligi holatiga kelguncha

 

eritib, aralashtiriladi. Olingay niqobni yuzga 10-15 daqiqaga qo‘yiladi. Agar achishish paydo bo‘lsa, niqobni yuvib tashlash lozim. Yog‘li va husnbuzarli terida qo‘llaniladi.

  • Javdar noni bir oz iliq suvda eziladi. Olingan bo‘tqa yuzga surtilib, 15-20 daqiqa ushlanadi. G‘ovak teshikli, qora dog‘li yuz terilarida qo‘llaniladi. Niqob kuchli ta’- sir qiluvchi samaraga egadir.
  • 2 osh qoshiq bug‘doy yormasi ozgina iliq suv bilan aralashtiriladi. Aylanma hara- katlar bilan yuz terisiga surtiladi, 15-20 daqiqa o‘tgach iliq suv bilan yuvib tozala- nadi. Yog‘li teri uchun qo‘llaniladi.
  • Aloe barglari nastoykasi terini or- tiqcha yog‘ bosganda, shuningdek, yuz terisi- da ajin paydo bo‘lishini oldini olishda ishlatiladi.

Qirqib olingan aloe barglari 10 kun davomida qorong‘i sovuq joyda saqlana- di, so‘ngra bo‘tqasimon holatgacha mayda- lab eziladi. Qaynatilgan sovuq suv bilan 1:5 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma 1 soat ushlanadi, undan so‘ng 1-2 daqiqa qay- natiladi va suzib olinadi.

  • Husnbuzar toshgan yog‘li terini yangi tay- yorlangan aloe barglari sharbati bilan ar- tish mumkin. Aloe barglari qaynatilgan suv bilan chayib, quritiladi va biostimu- lyatsiya uchun qorong‘i salqin joyda 10 kun

mobaynida saqlanadi, so‘ngra maydalab, sharbati siqib olinadi. Yog‘li terida aloe sharbati yallig‘lanishni bartaraf etadi.

  • 1 choy qoshiq marmarak (shalfey) 0,5 sta- kan qaynoq suvga solinadi, qopqog‘i yopiq idishda 10 daqiqa damlanadi va suzib oli- nadi. Damlamaning yarmi sovitiladi, qol- gan yarmi esa qizdiriladi. 2 bo‘lak paxta is- siq damlamaga, yana ikkitasi-sovuq damla- maga solinadi. Yotishdan avval gohsovuq, goh issiq kompressni 10 daqiqadan almashti- rib qo‘yiladi. Bu muolajani kunora ba- jarish lozim. Muolajadan so‘ng ko‘z ostiga kamfora yog‘i surtiladi. Ko‘z ostidagi shish- gan qopchalardan forig‘ bo‘lish uchun bu mu- olajani bir oy davomida bajarish lozim.
  • Salat barglari mayda qilib kesiladi, qatiq bilan aralashtiriladi va aralash- ma 15-20 daqiqaga yuz terisiga qoplanadi, so‘ngra niqob yuvib tashlanadi. Teri darhol mayinlashib, oqaradi va tekislashadi. Bu terini yoshartirish uchun tengi yo‘q vosita- dir. Salatdan tayyorlangan niqoblar char- chagan va shalvirab qolgan teriga tez ta’sir qiladi. Bunday niqoblarni haftasiga 1-2 marotaba qilish tavsiya etiladi.
  • Ozgina miqdordagi sutda 1 dona olma qaynatiladi, hosil bo‘lgan pyure iliq ho- latda yuz terisiga chaplanadi. 20 daqiqa o‘t- gach, sovuq suv bilan yuvib tashlash lozim.

Quruq va normal yuz terisini yoshartirish va oqartirish uchun qo‘llaniladi.

  • Javdar unidan achitqi tayyorlanadi. Niqob qo‘yishdan oldin yuz terisi yuviladi. Niqob 15-20 daqiqa ushlanadi, so‘ng suv bi- lan yuviladi. Ajinli bujmaygan terilar- da qo‘llaniladi.
  • 1 osh qoshiq pishgan olma bilan 1 osh qo- shiq ko‘pirtirilgan tuxum aralashtiri- ladi. Yuz terisiga qoplangach, niqob qurib qolguncha ushlanadi, so‘ng sovuq suvda yuvi- ladi. Yog‘li terida qo‘llaniladi
  • Teng qismlarda asal bilan sut ara- lashtiriladi va olingan aralashma yuzga qoplanadi. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bi- lan yuviladi. Bujmaygan, qariyotgan terida qo‘llaniladi.
  • 1 choy qoshiq suyuq asal bilan 1 choy qo- shiq kepak aralashtiriladi, so‘ngra bit- ta tuxum oqini ko‘pirtirib, uning yarmi shu aralashmaga qo‘shiladi. Yuz terisiga 20 daqiqaga qoplanadi. Niqob ajinli, taran- glikni yo‘qotgan terilarga qo‘llaniladi.
  • 2 osh qoshiq mayda kesilgan qovoq past olovda 0,5 osh qoshiq asal qo‘shilgan ozgi- na suvda qaynatib, eziladi. Bo‘tqa issiq ho- latida dokaga yoyib chiqiladi va toza, qu- ruq teriga qo‘yiladi, ustidan polietilen plenka yopiladi. Niqob 15-20 daqiqa tura- di. Yuz shishganda qo‘llaniladi.

YuZ TERISINI PARVARIShLASh

  • 2,5 gramm jelatin 25 ml suvda bo‘kti- riladi. Suvni shimib, kattalashgach, unga 10 g asal va 60 g glitserin qo‘shiladi. So‘ngra mantiqosqonda suv parida eritib olina- di. Iliq holda tampon yordamida yuzga sur- tib chiqiladi. Niqob terini yumshatadi va oqartiradi. Soviganda bu niqob quyuqla- shadi va ajinlarni tekislaydi, shunin- gdek iyak va yuzining ikki tomonidagi osi- lib qolgan joylarini ko‘taradi.
  • 1 ta pomidor olib, eziladi, 1 osh qoshiq smetana qo‘shiladi, ozgina bura va suli uni aralashtiriladi. Niqob ajin bosgan yuz te- risiga ijobiy ta’sir qiladi.
  • 1 bog‘ petrushkaga 0,5 litr suv qo‘shib, past olovda yarim soat qaynatiladi, so‘ngra suzib olinadi. Bu qaynatma bilan ertalab va kechqu- run yuz terisi artiladi. Bu terini sog‘lom- lashtiradi, ajin tushishidan asraydi.
  • Yuzdagi charchoqni almashib qo‘yiladi- gan kompresslar yordamida yo‘qotish mum- kin. Jo‘ka (lipa), moychechak (romashka) yoki yalpiz choyi damlanadi, suzib olinadi, so‘n- gra qayta isitib, qaynoq holda piyolaga quyiladi. Ikkinchi piyolaga sovuq suv quy- iladi, 2 ta salfetka yuzga qo‘yib, yotiladi. Salfetkani biri issiq choyda xo‘llanadi, ortiqcha namlik siqib chiqariladi va yuzga 2 daqiqaga qo‘yiladi. Undan so‘ng, sovuq suv- ga shimdirilgan ikkinchi salfetka qo‘yila-

 

  1. Shu tarzda kompresslarni 2-3 marta al- mashtiriladi, bunda oxirgisi sovuq kom- press bo‘lishi va 5 daqiqa ushlanishi zarur. Shundan so‘ng yuzni quritib olish kerak.
  • Har qanday turdagi terida jo‘ka (lipa) gullari, yalpiz, marmarak (shalfey), dala qirqbo‘g‘imi (xvosh polevoy) qaynatmasi bi- lan yuvinish foydalidir. 2 osh qoshiq ix- tiyoriy nisbatda olingan o‘t aralashmasiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi, 5-10 daqiqa past olovda qaynatiladi va suzib olina- di. Qaynatma bilan yuvingach, asta paxmoq sochiq bilan quritib olinadi va kunduzgi oziqlantiruvchi krem surib, yengil harakat- lar yordamida shimdiriladi.
  • Qattiq ko‘pirtirilgan tuxum oqiga 2 osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan yoki mikserda ezilgan bodring qo‘shiladi (bodring o‘rni- ga rezavor mevalar, apelsin, banan yoki po- midor sharbatini ishlatish mumkin). Toza- langan yuz, bo‘yin va ko‘krakning ochiq qismi- ga ko‘pik surtiladi, ko‘pik oqib tushmasligi uchun ustidan salfetka qoplanadi. Niqob 20 daqiqa ushlanadi.
  • Sepkildan saqlanishning qadimiy xalq vositasi-yuzni qatiq bilan yuvishdir.
  • Agar ozgina sepkil toshgan bo‘lsa yoki ular kuchsiz bo‘yalgan bo‘lsa, u holda yuz teri- sini piyoz, limon sharbati yoki sirka bilan ertalab va kechqurun artish yetarli bo‘ladi.
  • Rezavor mevalarning yangi siqilgan sharbati yoki o‘rmon qulupnayining suvdagi damlamasi bilan yuzni yuvish yuz terisida- gi pigmentli dog‘larni ketkazish uchun qo‘l- laniladi. Tibbiy kosmetikada qulupnay mevasi asosidagi niqoblar teri qarishiga qarshi ishlatiladi.
  • Qovun etidan olingan sharbat sepkil va pigmentli dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘lla- niladi.
  • Katta qoncho‘pning (chistotel bolshoy) yangi chiqarilgan sharbati yohud uning 30-% li spirtli nastoykasi sepkil va pigment- li dog‘larni yo‘qotish uchun artiladi.
  • Piyozning ezilgan bo‘tqasi sepkillarni yo‘qotishda xalq tabobatida keng qo‘llani- ladi.
  • Sepkilli va dog‘li terida S, R va RR vi- taminlariga boy bo‘lgan parhez amalga oshi- rilishi lozim.
  • Ko‘p miqdorda sepkil toshganda limon sharbatining suv bilan 1:1 nisbatdagi ara- lashmasi yoki atir sirkasining suv bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi bilan terini artish kerak. Atir sirkasi 20 qism sirka- ga 40 qism atir (odekolon)ni qo‘shish orqa- li tayyorlanadi.
  • Yotishdan avval yuz terisini 1 qism bura va 5-6 qism suvdan iborat bo‘lgan aralashma bilan artish lozim.
  • 2 choy qoshiq bug‘doy yoki guruch uni 1 choy oshxona sirkasi va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Bunda yumshoq xamirsi- mon niqob hosil bo‘lishi kerak. Pigmentli dog‘larda bu niqobni ingichka qilib surti- ladi. 15-30 daqiqa o‘tgach, niqob quruq paxta tamponi bilan olinadi va suvda yuviladi.
  • Ko‘pirtirilgan tuxum oqiga 25 g glitse- rin, 50 g odekolon va 20 g yuz upasi (pudra) aralashtiriladi. Yuz terisini sepkildan saqlash uchun bu tarkibdagi niqob bilan ilk bahor kunlaridan boshlab har kuni ko‘chaga chiqishdan avval yuzga surtiladi.
  • Oqartiruvchi niqobni tayyorlash uchun ko‘pirtirilgan tuxum oqiga ozgina may- dalangan borat kislotasi va 1 choy qoshiq yangi qaymoq aralashtiriladi. Niqob past- dan yuqoriga qarab yuz terisiga silab surti- ladi. 30-60 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan niqob olib tashlanadi.
  • 2 osh qoshiq dorivor qoqio‘t (oduvanchik lekarstvenniy) barglari va gullari usti- dan 300 ml suv quyib, 15 daqiqa qaynati- ladi va elak bilan suzib olinadi. Sepkil- dan forig‘ bo‘lish uchun yuzni (qo‘lni) sovuq qaynatma bilan ertalab va kechqurun yuvish lozim. 1 stakan suvga 1 osh qoshiq qaynatma qo‘shiladi.
  • Karam o‘zagiga yaqin joylashgan oq barg- lari mayda qilib kesiladi, ozgina sariyog‘

       va xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma quyuq qaymoqqa o‘xshash konsistensiyaga ega bo‘lguncha eziladi. Bu niqob yuzdagi sepkillarni rangsizlanti- rish va terini oqartirish uchun 10 daqiqa- ga qo‘yiladi. So‘ngra sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Muolajadan keyin ochiq havoga chiqish mumkin emas.

  • 2 osh qoshiq 3-6 % li vodorod peroksid- ga 1 choy qoshiqda kartoshka uni qo‘shiladi va hosil bo‘lgan bo‘tqani butun yuz terisiga sep- killarni rangsizlantirish maqsadida sur- tiladi. Niqob qurigach, limon yoki qoraqat (smorodina) sharbati orqali nordonlashti- rilgan suv bilan yuvib tashlanadi (1 stakan suvga 1 choy qoshiqda sharbat qo‘shiladi). Bu niqob yog‘li teriga ijobiy ta’sir qiladi.
  • 1 osh qoshiq qatiq yoki kefirga 3 osh qo- shiq aralashma, ya’ni go‘sht maydalagichdan o‘tkazilgan shovul (shavel), ismaloq (shpi- nat) barglari va chetan (ryabina) mevalari va barglaridan iborat aralashma qo‘shiladi. Aralashma yuz terisiga 25 daqiqaga qopla- nadi, so‘ngra suyultirilgan sut bilan toza- lab yuviladi.
  • 1 qism glitseringa 5 qism suv va 10 qism qulupnay, zemlyanika yoki limon sharbati qo‘- shiladi. Yuzni sepkil bosganda surtiladi.
  • 3 osh qoshiq quritib maydalangan oddiy shuvoq (polsh objnovennaya) 0,5 litr qay-

noq suvda 2-3 soat mobaynida damlanadi. Vitiligo kasalligida (pigmenti yo‘qolgan teri dog‘lari (oq dog‘) kasalligi) iliq holda yuzni artish, malham qilib bosish va kom- press qilishda ishlatiladi.

  • Oddiy shuvoq (polsh obgknovennaya) o‘tining sharbati vitiligo kasalligida yuzni artish, malham qilib bosish va kom- press qilishda ishlatiladi.
  • 1 osh qoshiq madaniy pasternakka 1 sta- kan qaynoq suv quyib, 2 soat damlanadi va suzib olinadi. 1/4 stakandan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir hafta davomida ichiladi, keyingi haftada esa 2/3 stakan- dan kuniga 3 mahal ichiladi. Vitiligo ka- salligida bu damlamani teriga artish uchun ham qo‘llaniladi.
  • 1 qism dalachoy (zveroboy) nastoykasiga 4 qism eritilgan sariyog‘ qo‘shiladi. Viti- ligo kasalligini davolashda ishlatiladi.
tushda