xolni yo’qotish
Xol to‘q rangdagi teridagi dog‘ bo‘lib, tug‘- ma yoki hayot davomida chiqqan bo‘ladi. Aksa- riyat xollar bezarar bo‘lib, davolash talab etilmaydi.
Xol – bu teridagi ma’lum hujayra- larning keragidan ortiq o‘sib ketgani- dir. Xollar tomirli, pigmentli va so‘gal- li bo‘ladi. Rangi och jigarrangdan to‘q ji- garranggacha bo‘ladi. Tug‘ma hollar bo‘ladi, biroq ularning ko‘pi keyin hayot davomida chiqadi. Xol turli kattalikda bo‘ladi, ular teridan bo‘rtib chiqishi yoki bir tekislik- da yotishi mumkin. Odatda xollar sirti te- kis bo‘ladi, biroq ba’zilari so‘gal kabi g‘a- dir-budur bo‘ladi. Shuningdek, xollarda soch ham o‘sishi mumkin.
Agar xol sizga biron noqulaylik tug‘di- rayotgan bo‘lsa, unda dermatologga muroja- at qiling. Xol mahalliy anasteziya yordami- da olib tashlanadi. Kattaroq xollar olib tashlanganda, ularning o‘rnida chandiq qo- lishi mumkin.
Xolni taroq bilan tarash, kuydirish yoki biron krem bilan surkash ta’qiqlanadi. Xol muntazam biron o‘zgarish paydo bo‘lma- ganiga kuzatib boriladi.
Agar uzoq vaqt davomida xolda o‘zgarish bo‘lmasa, unda shifokorga murojaat qilish-
ning hojati yo‘q. Biroq keksalikda yangi xol paydo bo‘lsa, uni shifokorga ko‘rsatish kerak. Quyidagi xollarda dermatolog-on- kologga murojaat etiladi:
- xol kattalashganda;
- o‘simta paydo bo‘lganda;
- xol rangi o‘zgarganda;
- xol atrofi aylanasiga qizarganda;
- xol qichishganda, namlanganda yoki og‘ri- ganda.
Xol yomonsifatli o‘simta (melanoma)ga o‘xshasa, shifokor xolni va uning atrofi- dagi to‘qimalarni olib tashlaydi, bu to‘qi- malarni laboratoriya tekshiruvlarida sa- raton va saraton oldi to‘qimalari mav- judmasligi borasida tahlil qildiradi, shuningdek, boshqa xollarning ham tahli- lini o‘tkazadi.
Agar xol kechroq paydo bo‘lib, o‘zgarmay tursa, u xavfli emas. Xol kamdan kam yomon sifatliga aylanadi.
Xoli bo‘lgan kishilar ularning qanchalik xavfli ekanligi borasida tashvishga tusha- dilar. Agar xol o‘zgarmasa, uni hech nima shi- kastlamasa, ezmasa, ishqalamasa, masalan, bo‘yindagi xolni kiyim yoqasi muntazam te- gib turishi mumkin, unda ulardan xavotir- lanmasa ham bo‘ladi. Bo‘rtib chiqqan, sirti notekis xollar bo‘lsa, bolalarda xolida soch bo‘lsa, ularni nazoratga olishga asos bo‘la-
- Bunday xollarning 20% yomon sifatli- ga aylanadi.
Ota-onalar bolalarining tanalaridagi xol o‘zgarmayotganligini kuzatib borishla- ri kerak. Har qanday kichik o‘zgarishda ham shifokorga murojaat qilish lozim. Biroq har bir o‘zgargan xol yomon sifatli bo‘laver- maydi.
Post Views: 2 501