Bint. Bintni ko’rish, uni bog’lash –
kutilmagan hodisalar tufayli ruhiy va asabiy zo’riqish; bint bog’langan hsshda
yurish – ichki holatni boshqalardan yashirish.
Bir tup daraxt. U tushda farzandlari
ko’p martabali kishidir.
Birga (ovqat) emoq. Tushda marhum bilan
ovqatlanish – qarz, yo’qolgan kishi bilan ovqatlanish – u tomondan keladigan
xabar, jin va shaytonlar bilan birga ovqatlanish, birga yotish – yomon
kishilarga qarshi chiqish.
Birja. Tushda birjada bo’lish o’ngdagi
xavfdan dalolat. Biron ishga tavakkal aralashishdan ehtiyot bo’ling.
Birodarlar. Agar tushda
birodarlaringizdan birini ko’rsangiz, o’ngda undan yoki yaqin qarindoshingizdan
xabar keladi. Agar birodaringiz bilan ajrashsangiz, o’ngda sizni kutilmagan
omad kutadi. Uni yo’qotib qo’ysangiz, hayotingizni o’zgartirib yuboradigan
hodisalar ro’y beradi. Birodarlari: gizni sog’lom va baxtiyor ko’rsangiz,
o’ngingizdagi quvonchga ishora.
Biror nabiyni o’z holatida ko’rish. Bunday
tush ko’rgan odamning solih va aziz bo’lishi, maqomi ulug’ bo’lib, unga adovat
qilganlardan g’olib bo’lishidir.
Biror narsani yirtish. Uning ta’biri
ayrilish.
Bit. Tushda bit ko’rish boylikka ishora.
Kimki tushida bitlab ketgan bo’lsa, o’ngida ko’p pul topadi.
Bit. U tushda mol-dunyodir. Agar bit
erda uning atro- fida o’rmalab yurgan bo’lsa, u zaif odamlar bo’lib, u ular- ga
aralashib, muomala qilib yuradi. Agar u ularni yomon ko’rsa, zarar etkaza
olmaydigan dushmanlaridir. Agar uni chaqsalar ham, unga zarar bera olmaydilar,
chunki ular ta’nachi, zaif kishilardir. Yana aytishlaricha, u erkakning
ayolidir. Kim tushida jasadida yo libosida juda ko’p bit (kurt) ko’rsa, bu odam
ko’p molga erishadi.
Tushlar tabiri Tushda ilon ko’rsa
Bitmoq (yara haqida). Kim tushida
tanasida yara ko’rsa, u mol-dunyoga erishadi.
Bichiqchi. Kimki tushida bichiqchini ish
ustida ko’rsa, bu tush yangi reja va yangi umidga ishora.
Biya. Kimki tushida biya ko’rsa, o’ngida
barcha istak va orzulari ro’yobga chiqadi.
Bobo. Tirik boboni ko’rish – kuvonch,
ichki osoyishta- likka intilish.
Bobo. Tushingizda agar bobongiz bilan bir
dasturxonda o’tirgan bo’lsangiz, umringiz uzoq bo’lar ekan. Bobongiz sizga
qandaydir sovg’a bersa, o’ngingizda qarindoshiigizdan sizga meros tegadi.
Bog’. Bog’da sayr qilish – kuvonch yoki
organizmning ruhiy, asabiy va jismoniy charchagani.
Bog’bon. U tushda insonlarni ayollarga
va ularni yaxshi ko’rishga chaqiradigan kishidir. Shuningdek, tushda uni
ko’rish madrasa, jome’ masjidlari, xursandchilik, rizqqa dalolat.
Bog’-bo’ston. U xotinga dalsshat. Bog’
daraxtlari xotinning qavmu qarindoshlari, bolasi va molidir. Ba’zan jannat va
uning ne’matlariga ishora.
Shuningdek, bog’ bozorga, to’yxonaga, uning daraxtlari esa
to’yxona dasturxoniga, mevasi taomlariga yo’yiladi.
Bog’lash. Biror narsani bog’lash –
ahvolni chalkashtirishga urinish, ruhiy zo’riqqanlik va yomon kayfiyat; chilvir
bo’lagi yoki ro’molni bog’lash – xotira muammosi, aterosklerozning paydo
bo’layotgani.
Bodom daraxti. Bodom daraxti o’zga
yurtlarda yashov- chi kishidir.
Bodom daraxti. U chiroyli xotindir.
Bodom. Bodom tushda ilm va shifodir. Agar
bodom po’sti bilan bo’lsa yoki biror qishi unga bersa, xasis erkakdan biror
narsa oladi.
Botish.
Quyosh botishini ko’rish – ish muvaffaqiyati, yaxshi yangiliklar,
ahvolning o’nglanishi, baxtli qarilik; ba’zan qonrang – qizil shafaq voqeaning
fojeali tus olishidan darak beradi, xavfdan ogoxdantiradi.
Botqoq.
Botqoq – kelgusidagi yomon voqealar, xavfli holatlar va kasallik ramzi;
quyuq ataladan iborat botqoq (ayniqsa, sassiq bo’lsa) ovqat hazmi buzilishidan
darak; suvli va suyuq loyli botqoq – siydik tizimi kasalligi.
Bosh
aylanishi. Tushdagi bosh aylanish o’ngdagi munofiq do’stlar va yolg’on
va’dalarga yo’yiladi.
Bolg’a. Tushingizda bolg’a ko’rsangiz,
o’ngingizda sodiq do’st orttirasiz yoki quvonasiz, bolg’a bilan mix qoqsangiz,
xushxabar eshitasiz.
Bolta. Uni tushda ko’rish rizqqa
dalolatdir. Agar uni ko’rgan kishining boshida kasali bo’lsa, tuzaladi yoki
bo’ynidan qon oldirishga ehtiyoj sezadi. Chunki bolta bo’yindagi suyakdir.
Bolta yana o’g’il farzandtsir. Gohida bolta zarardan dalolatdir.
Borona. Borona ko’rish – ish va
sog’likning yaxshilanishi: organizmdagi fiziologik jarayonlar regulyatsiyasi
yaxshilanadi; zanglagan, singan baronani ko’rish – tish doktoriga borishingiz
ehtimoli.
Botinka. Tushda botinka ko’rish yo’lga
ishora. Agar botinkangiz pishiq, yangi, toza bo’lsa, sayohat ko’ngilli o’tadi.
Botinkangiz eski va yirtilgan bo’lsa, sayohat davomida ko’ngilsiz voqealar
sodir bo’ladi. Agar botinkangiz iflos, loy bo’lsa, o’ngingizda tushkunlikka
tushasiz.
Bodring navi. U bir nav bodring bo’lib,
uni tushda ko’rish onasi va otasigao’xshash farzand ko’rishdir.
Bodring. U tushda g’am-tashvishdir. Kim
tushida uni esa, o’ziga qiyin ishga harakat qiladi, xususan, sariq bodring
bo’lsa. Bodring ba’zan rizq, ba’zan kasallik. Agar kishi bodringni turgan holda
ko’rsa, uning ishi yurishmaydi. Bodring pichoq bilan kesilsa, bemor uchun
yaxshilik.
Bodringlar. Bodring o’z vaqgida ko’rilsa,
rizq va o’z vaqgidan boshqa paytda bo’lsa, kasallikdir. Agar kishi bodringni
turgan holda tushida ko’rsa, u xafa-mahzun farzanddir. Kim uni eyayotganini
tushida ko’rsa, agar xotini homilador bo’lsa, qiz farzand tug’adi. Bodring agar
temir bilan kesilsa, u kasal uchun yaxshilikdir.
Bozor. Agar tushda bozorni uzoqdan
ko’rsangiz, o’ngda sizni bezovta qiladigan ‘xabar olasiz. Agar bozor o’rtasida
ketayotgan bo’lsangiz, o’ngda odamlar sizni gap- so’z qilayotgan ekan. Bozor
tiqilinch bo’lsa, yangi odamlar bilan tanishasiz, tashvishlaringiz ham
ko’payadi. Bozorda narsa sotish ishlarning rivojlanishidan dalolat.
Tushda ilon ko’rsa
Bozor. O’zini bozorda ko’rish – aldov va
uning natijasi bo’lmish stress (shuningdek, o’g’rilik bo’lishi ham mumkin); bozorda
sotuvchilik – firibga sherik bo’lib qolishingiz; organizmda fiziologik
jarayonlar muvozanati buzilgan, buni tushdagi tasvirlarga qarab, nima
qilishingizni aniqlash mumkin. Masalan, meva va sabzavot rastasi ko’rinsa,
organizmda vitaminlar etishmaydi, baqirib-chaqirib ko’llarini siltayotgan
odamlar ko’rinsa, asabiy-ruhiy charchoq, dam olish va tabiat qo’ynida
bo’lishingiz zarur.
Boy. Agar tushda o’zingizni boy
ko’rsangiz, o’ngda og’ir kasallikka chalinasiz. Kambag’al tushida o’zining
boyib ketganini ko’rsa, o’ngida xorlik ko’radi. Agar tushda tanishlaringizni
boy ko’rsangiz, o’ngda ular sizni qiyin paytlarda tashlab qo’ymas ekan.
Boyqush. Tushda boyqushning daraxt
shoxida boshini osiltirib o’tirganini ko’rsangiz, o’ngda yaqin odamingizning
dono maslahatidan dalolat. Boyqush shoxdan uchsa, yaqinlaringizdan biri qiyin
holatda qolgan, sizning yordamingizga muhtoj. Agar boyqush sichqon tutib olsa,
o’ngda siringiz oshkor bo’ladi.
Boylik. Boylikka ega bo’lish –
baxtsizlik va kasallik.
Boyo’g’li nolasi. Boyo’g’li tushda nola
qilsa, g’am va musibat xabari eshitasiz.
Boyo’g’li. U haybatli, o’ta shavqatli
o’g’ri insondir. U tushda insonlarni qo’rqituvchi qudratli podshoxdir. U
qo’rquv va xavfni ketkazishga dalolat qiladi.
Boyo’g’li. Yana boyo’g’li qabriston
qushi bo’lib, uni tushda ko’rishlik ko’ruvchi uchun qo’shmachi yo zinokor
ayolga dalolat qiladi.
Bokal. Bokal – sog’lik, yaxshi kayfiyat,
bemorning asta-sekin tuzalishi; bo’sh bokal – ushalmaydigan orzu, xafsalaning
pir bo’lishi.
Boks. Tushda boks musobaqasini
ko’rsangiz, o’ngda hayratga soladigan xabar eshitasiz.