Tushda YULDUZ ko’rsa
Yulduz (xonanda, raqqosa, adib, artist
va hokazo). Tushda shu yulduzlardan birini ko’rsangiz, o’ngda hayotingizdan
ko’nglingiz to’lmaydi; nimanidir o’zgartirish kerak.
Yulduz kuzatish. Kim tushida bu holni
ko’rsa, o’ngda rahbar bo’ladi.
Yulduz uchishi. Tushda osmondan yulduz
uchib erga tushsa, o’ngda garchi qiyinchilik bilan bo’lsa ham, omadning
etagidan ushlaysiz.
Yulduz. Kimki tushida yulduzlarning g’uj
bo’lib turganligini ko’rsa, o’ngda shahardagi buyuk odamlarning ishlari yaxshi
ekan.
Yulduzlar. Tushingizda yulduzlarni
ko’rsangiz, o’ngingizda hayotingizda o’zgarish bo’lishiga ishoradir. Agar
yulduzlar sovuq va ko’kimtir tusda bo’lsa, hodisalar ijobiy bo’ladi. Agar
yulduzlar yorqin miltillab tursa, bu yaxshilikka ta’bir qilinadi. Agar
yulduzlar dam yonib, dam o’chib tursa, hayotingizda salbiy voqealar sodir
bo’ladi.
Yulduzlar. Yorqin
yulduzlar – hayot, sog’likning yaxshilanishi, organizm quvvatitsing ortishi,
yaxshi hissiyotlardan darak; uchayotgan yulduz – baxtli turmush; xira yulduzlar
– xavf va kasallanish mumkinligidan ogoxdantirish.
Yalang’ochlik. To’satdan odamlar oldida
yalang’och paydo bo’lish – vijdon notinchligi; o’ziga haddan tashqari
ishonganlik va takasaltanglik tufayli xatoga yo’l qo’yish xavfi; tabiat
qo’ynida yolg’iz yalang’och yurish –
tabiat bilan aloqani yo’qotganlik; tabiiy vositalar
yordamida davolanish lozimligi; yalang’och kampirni ko’rish – kasallik; ko’p
yalang’och odamlar – noxushliklar; tibbiyot muassasasida yalang’och ko’rish –
kasallik; uyda yalang’och ko’rish – jinsiy muammolar.
Yalash. Kimki tushida biron narsani
mazza qilib yalayotgan bo’lsa, o’ngidagi yaxshi axloqidan dalolat. Barmog’ini
yalasa, nechta barmog’ini yalagan bo’lsa, o’shancha foydaga ega bo’ladi.
Yaltiroq qurt. Tushda yaltiroq qurt
ko’rish manfaatli ishga ishora. Tushingizda yaltiroq qurt ko’rsangiz,
o’ngingizdagi g’iybatlardan exdiyot bo’lishingiz kerak. Agar bu tush haftaning
birinchi yarmida voqe bo’lsa, ko’p gapirishdan o’zingizni tiying; ezmalik sizga
ziyon keltiradi. Bu tush haftaning ikkinchi yarmida sodir bo’lsa, o’ngingizda
tavakkal ishga qo’l urib, chuv tushasiz.
Yaltiroq munchoqlar. Tushingizda yaltiroq munchoqli ko’ylak kiysangiz, o’ngda atrofingizda xushomadgo’y va shilqim odamlar ko’payadi.
Yamoqchi.
U tushda rizqning mo’l bo’lishiga dalolat qiladi.
Yangi
libos. Tushda yangi libos kiyish taqtsirning o’zgarishiga yo’yiladi.
Qizlar uchun bunday tush yangi mashg’ulotni anglatadi.
Yangitdan
tug’ilish. Biron kishi yoki gunohga botgan odam o’zining onadan qayta
tug’ilganligini tushida ko’rsa, o’ngida tavba-tazarru qiladi.
Yanoq.
Ikki yanoq kishining amali oshishiga ishora.
Yanchish,
tuyish. U tushda tortishuv va fitnaga qo’shilishga ishora.
Yaproqlar.
Yosh, yashil yaproqlar – yaxshi kayfiyat va baquvvatlik; so’lib
to’kilgan barglar – kayfiyatning yomonlapguvi yoki kasallik.
Post Views: 1 162