Tushda Urush ko’rsa

Tushda Urush ko’rsa

Tushda Urish. O’zini o’zi urish – aybidan azoblanish; sog’ligi to’g’risida qayg’urish lozim; kaltak eyish – sog’lik tiklanadi; tananing ma’lum joyiga biror narsa bilan urishning takrorlanishi – o’sha joyni massaj qilish kerakligini bildiradi.

Urush. Tushda urushni ko’rish o’ngdagi ko’ngilsizliklar, janjal, g’azab, rashk va shubha, azob- uqubatlar ramzidir.

Urishni ko’rish. Bu jismoniy yoki ruhiy jarohat xavfi belgisi, ichki zo’riqish, janjal; organizmning hayotiy muhim vazifalari qattiq kasallanishi mumkinligi. Mushtlapguvda qatnashish – organizmda tajovuz gormonlari yig’ilib qolgani.

Urug’ ekish. Agar tushida urug’ eksa va yig’ib olsa, obro’ topadi. Ekkan urug’idan hosil olmasa, g’am bo’ladi. Agar bug’doy eksa, yaxshilikka erishadi.

Urug’. Tushda urug’ noloyiq joyda turgan bo’lsa, isrofga dalolat qiladi. Urug’ rizq, ilm va ulug’ ishlarni o’rganishga ishora. Ba’zan yomon odamlarning o’zaro tanishuviga dalolat qiladi.

tushda