Tushda tosh ko’rsa
Tosh otishlik. Kishi tushida bir kishiga
tosh otsa, u bir kishini so’kadi. Bu obro’ to’kilishidan dalolat.
tushda Tosh. Agar tushda tosh ko’rsangiz, o’ngda qaysar, fe’li tor odam bilan muomala qilishingizga to’g’ri keladi.
Tosh. G’am-anduh.
Toshbaqa go’pggini eyish. Toshbaqa
go’shtini eyish mol yoki ilmdir.
Toshbaqa. Agar tushingizda
toshbaqa ko’rsangiz, o’ngingizda dinga kirib kelasiz va taqvodor bo’lasiz.
Toshbaqa. Bezanib, atir-upa sepib,
erkaklarga o’zini namoyish qiladigan ayol. Kim toshbaqani axlatxonada
e’tiborsiz holatda ko’rsa, jaholat tufayli ilmi zoe olimdir. Aytadilarki,
toshbaqa olim, obid va qori kishidir. Toshbaqa go’shtini eyish boylik yoki
ilmdir.
•Toshdan yasalgan o’choq (ya’ni, qozon o’chog’i). O’choq erkak kishiga ishora.
Tomirlar. Tomirlar tush
sohibining oila a’zola- ridir. Kim tomiri uzilganini ko’rsa, oila a’zolaridan
birining o’limi yaqinligiga dalolat.
• Tomoq. Agar tushingizda o’z tomog’ingizni ko’rsangiz, o’ngda sheriklaringizni haqligingizga ishontira ola- siz, keyin ishlaringiz rivojlanib ketadi. Tomog’ingiz kesilganini, shunga qaramay, tirikligingizni ko’rsan- giz, omad hamisha sizga yor bo’ladi.
Tomchi. O’ngdagi foydaga ishora.
Tong. Tong paytida quyosh chiqishini
tushda ko’rsangiz, o’ngingizda sovg’a olasiz.
Tomoq. Kimki tushida burni to’lib
tomog’iga oqib tushganligini ko’rsa, qashshoqlik va o’limdan dalolat.
Tomoq. Bo’yinda og’riq sezish –
kasalligingiz sababi hasadtsir; ovoz boricha qichqirish – yashirin qo’rquv,
xudbinlik; bo’yinga pichoq tiralishi – o’lim xavfi; bo’yindagi sirtmoq va
bo’g’ilish – xavfdan darak; nafas olish a’zolari va yurak kasalligi.
Tomorqa. Bo’ydoqlar tushlarida
tomorqa ko’rsalar, yaqin o’rtadagi uylanishga ishoradir, oilali odam tushida
tomorqa ko’rsa, farzandli bo’lishidan dalolat.
Tomorqa. Yaxshi parvarishlangan tomorqa
farovonlik, baxt va ishdagi muvaffaqiyatdan darak; tashlandiq tomorqa ishning
orqaga ketishi, tushkunlik, kasallik ehtimoli; egatlarda ma’lum sabzavotlarni
ko’rish – eguliklaringiz orasida aynan o’sha sabzavotlar etishmayotganidan
darak.
Tomchi. Tushingizda ustingizga nimadir
tomayotganligini sezsangiz, o’ngingizda bezgak bilan og’riysiz. Agar maysa
ustida yaltirab turgan tomchini ko’rsangiz, o’ngingizda boylik va hurmat
topasiz.
Tong. Tushda tong otganini ko’rish
muvaffaqiyatli ishlaringizga ishora. Bemor odam tushida tong otib kelayotganini
ko’rsa, o’ngida shifo topadi.
Tong. Tong hayotingizning yaxshilanishi
va kayfiyatingiz ko’tarilishini ifodalaydi; erta tong –
organizm quvvatining ortishi, kayfiyat yaxshilanishi va
quvonch.
Topib olingan, tashlandiq bola. U tushda
dushmanga dalolat qiladi. Gohida topilgan bola g’am- tashvishlar ketishiga
dalolat.
Topilma. Topilma – kelgusidagi
noxushliklar va yomon kayfiyat ramzi. Bundan tashqari, topilma – kelgu- sida
yo’qotishingiz mumkinligidan darak.
Topishmoq. Noma’lumlikka ishora.
Toriq surasi. Ibn Sirin aytadilarki,
agar tushida Toriq surasini o’qisa, dalildirki, unga solih farzand keladi.
Tortishmachoq. Tushda tengdoshlaringiz
bilan tortishmachoq o’ynayotgan bo’lsangiz, o’ngda aslida nima istashingiz,
istagingiz nimaligini anikdab olishingiz kerak ekan.
Toho surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar
tushida Toho surasini o’qisa, dalildirki, dushmani bilan gaplashadi va
dushmaniga qahr qiladi.
Post Views: 2 057