Tushda tirnoq

Tushda tirnoq

Tirnamoq, zarar etkazmoq. Kim tushida bir kishi uni tirnaganini ko’rsa, bu uning yoki yaqinlarining boyligiga etadigan zarardir. Agar timdalangan joyda yara, shish, yiring hosil bo’lsa, tirnovchi kishi timdalangan kishiga bir so’z aytadi, shundan keyin tirnalmish kishi boylikka etadi. Ibn Sirin aytishicha, tirnalganlik ta’na va kalomdir.

Tirnoq. Tirnoq tushda saxovatdir. Yana quvvat va mol-dunyodir.

Tirnoqlar. Uning uzunligi g’amdir. Kim tushida tirnoqlari yo’qholda o’zini ko’rsa, kambag’al bo’ladi. Kim tirnoqlarining barchasini singan holda ko’rsa, vafot etadi. Kim tushida tirnoqlari sinmaydigan darajada o’sganini ko’rsa, bu uning davlati ziyoda bo’lishiga dalolatdir.

Tili ikki shoxli bo’lsa. Agar tili ikki shoxli bo’lsa, u munofiq odamdir.

Tili kesilsa. Agar tilini kesib, qasdtsan gapirmasa, yomon gap aytishdan tavba qiladi.

Tili soqov bo’lsa. Agar uning tili soqov bo’lsa, dini fasod bo’ladi.

Tilxat. Agar tushingizda tilxat olsangiz yoki biron to’lov haqida chipta qo’lingizga berilsa, o’ngingizda mulkchilikka erishasiz va baxtiyor bo’lasiz.

Timsoh. Dushman bo’ladi. Dushmanning kuchliligi yoki ojizligi tushda ko’rilgan timsohning hajmiga qarab belgilanadi.

Timsoh. Tushga timsoh kirishi aldovga yo’yiladi. Bu tushdan keyin siz bilan do’stlashmoqchi bo’lganlarga ishonmang, do’stlashib sizni tuzoqqa ilintirishmoqchi.

Tinglash. Kim tijoratchi bo’lib, tushida nima eshitayotgan bo’lsa, savdo bitimlari kamayadi, rahbar bo’lsa, undan chetlatiladi.

Tipratikan, kirpi. U tushda qalbi tor, asabiy, g’azabnok, rahmsiz, g’azabi tez kishidir. Buni tushda ko’rish makr, aldov va josuslikdir. Bundan tashqari, u yomonlikka dalolat qiladi.

Tipratikan. Ko’ngilsizlik.

Tirsakdan yuqoriga taqilgan bilakuzuk. Kim

bilagidagi kumush bilakuzukni ko’rsa, u o’g’lini inisining qiziga uylantiradi. Agar u marjondan bo’lsa, aka-uka va opa-singillaridan g’am-g’ussa ko’radi. Kishi tushida o’zida taqinchoq borligini ko’rsa, u omad sohibi bo’lgan kishidir. Agar u taqinchoqlar bilan birga bo’lsa, unga shahidlik etur.

Titroq. O’ngdagi ko’ngilsiz voqealarga ishora.

tushda