Tushda ShIRIN YoKI AChChIQ IChIMLIK

Tushda ShIRIN YoKI AChChIQ IChIMLIK

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida sharbat ichsa, chunonchi olma sharbati, anor sharbati va hokazo olti narsaga dalolat qilgay:

Din.

Ilm.

Uzoq umr.

Farog‘at.

Alloh taolo zikri.

Manfaat.

Agar achchiq va nordon sharbatni ichsa, dalil bo‘lgaykim, unga g‘am-anduh yetgay. Agar xushbo‘y, chunonchi gulob sharbati, binafsha va udni ichsa yoki hidlasa, dalil bo‘lgaykim, aysh-ishrat va xursandlik topgay.

ShUKUR AYTMOQ

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida Alloh taologa shukur aytsa, dalil bo‘lg‘ayki, dinni do‘st tutgay, izzat obro‘si ziyoda bo‘lib, ikki dunyoda boqiylikka yetishgay.

tushda