Tushda ShAM

Tushda ShAM

Tushda ShAM: Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida shamni ko‘rsa yoki qo‘liga olsa, izzat-hurmat va ayshune’mati ziyoda bo‘lgay. Agar chiroqning uyda yonganini va hamma yoqni ravshan qilib turganini ko‘rsa, dalil bo‘lgayki, xonadondagi barcha kishilar rohat-farog‘atda umr o‘tkazgay. Agar shamdon qutichaning qimmatidan ko‘rsa, uning miqdoricha aslzoda, pok xotin olgay va narxi arzon bo‘lsa, badasl past xotin olgay. Agar qo‘lidagi yongan chirog‘i o‘chib qolsa, xotini vafot etgay. Agar birov o‘chirsa, o‘sha odam unga hasad qilgan bo‘ladi. Agar ahli shaharning hamma chirog‘ini ravshan ko‘rsa, dalil bo‘lgaykim, ul shaharning podshohi olim va qozisi insofli bo‘lgay.

Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlar- kim, shamni tushda ko‘rsa, 14 narsaga dalolat qilur:

Amir yoki davlat boshlig‘i bo‘lg‘ay.

Qozi, sud bo‘lgay.

Olim, farzand.

Yaxshi kanizak.

Amaldorlik.

Buzruklik.

Keng xona.

Xursandlik.

Boylik.

Ilm.

Din, salohiyatlik.

Yaxshi xotin.

To‘g‘ri yo‘l.

Mol-manfaat.

tushda