Tushda QUYoSh ko’rsa nima bo’ladi

Tushda QUYoSh

Tushda quyosh ko‘rish mo‘l-ko‘lchilik, barakotga ishora. Tushda quyosh tutilishini ko‘rish yaqin insonining o‘limi yoki xastalikka ishora.

QOVURG‘A

Tushda qovurg‘a ko‘rish ayolga; qovurg‘a sinishi eridan norozi bo‘lishiga ishoradir.

QO‘LQOP

Tor qo‘lqop xafagarchilik va qayg‘u; sovuq kunlarda qo‘l- qop ko‘rish oson qo‘lga kiritiladigan daromadga ishoradir.

QO‘L yuvmoqlik

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida yuz- qo‘lini tiniq suv bilan yuvsa, g‘am-anduhdan najot topgay. Qarzdor bo‘lsa, qarzidan qutulgay. Agar yuz-qo‘lini yuvmasdan namoz o‘qisa, e’tiqodi sustlikka dalolat bo‘lgay, moli qo‘lidan zov bo‘lg‘ay.

QAROQChI

Tushda qaroqchi ko‘rish amalidan ayrilishga ishoradir.

 

tushda