Tushda QUYON eng aniq tabir

Tushda Quyon. Quyon xotin bo’lib, kim uni ushlasa, uylanadi. Agar uni so’yib pishirsa, bu xotin vaqgincha bo’ladi. Aytilishicha, quyon qo’rqoq kishiga dalolat qiladi.

Tushda Quyon. Quyon ko’rish – yaxshi xdssiyotlar va hayotning yaxshilanishi; ta’qibdan qochayotgan quyon – murakkab ahvoldan qutilish yo’lini topish zarurligi; o’tlayotgan quyon – vitaminlar tanqisligi.

Qochayotgan yoki berkinayotgan quyon. Bu nevroz ehgimoli, asab va ruhiyatni mustahkamlash zarur; ovqatlanayotgan quyon – vitaminlar tanqisligi va sabzavot, meva iste’mol qilishga o’tish lozimligi.

Tushda QUYON

Quyosh va oyning tutilishi. Kim tushida quyosh tutilganini ko’rsa, u ulug’ rahbar bilan gaplashadi. Agar oyning tutilganini ko’rsa, vazir bilan gaplashadi.

Bir rivoyatda quyoshning tutilishi xotini yoki onasining vafotidir, deyilgan. Kim tushida bulut quyoshni to nuri ketguncha to’sganini ko’rsa, rahbar kasal bo’ladi. Agar uni bulut orasida o’tayotganini ko’rsa va u chiqmasa, u vafot etadi.

Quyosh. Tushdagi quyosh — hukmdor ramzi. Kimki tushida o’zining quyosh nurlariga g’arq bo’lganligini ko’rsa, o’ngida ishlari yaxshi bo’ladi. Agar tushida quyosh atrofida qora bulutlar suzib yurganini ko’rsa, o’ngida g’amga botadi va ishlari orqaga ketadi.

Quyosh. U tushda rahbar, xalifa, ota, tilla va chiroyli ayolga dalolat qiladi. Kimki tushida quyoshga aylanib qolganini ko’rsa, rahbar bo’ladi. Quyoshga o’tirish – rahbar tomonidan nozu ne’matga erishish. Quyoshga ega

Tushda QUYON

bo’lish yoki unda qo’nim topish rahbar huzurida so’zining erda qolmasligiga ishora. Quyoshning uyidan chiqishi uylanishga, ayol kishining turmushga chiqishiga ishora.

Tijoratchi ko’rsa, foydaga dalolat. Harbiy kishi quyoshni o’z o’rnidan boshqa joyda ko’rsa, urushga boradi. Quyoshning o’z boshidan chiqayotganini ko’rish muhim ishga, oyog’i ostidan chiqishi ziroati mo’l-ko’l bo’lishiga ishoradir.

tushda