tushda QORA: Qora rang ko‘rish barakali molga ishora.
QUYoN
Uy bekasining xulqiga ishora. Oppoq quyon ko‘rish og‘ir-bosiq, xushfe’l ayolga; qora va iflos quyon ko‘rish yomon odatlarga ega ayolga ishora.
qozon
Tushda qozon ko‘rish halol rizq, foydali davlat, manfaat va yordamchiga ishora.
qochmoq
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, agar har kim tushida odamdan yoki zarar beradurg‘on narsalardan qochsa, dushmanning sharridan omon bo‘lg‘ay.
QUSh
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida zog‘ni ko‘rsa yoki ushlab olsa, fisqu-fasodga berilib, nomardlar bilan hamtovoq bo‘lgay va ular bilan nahs ishlarga bosh qo‘shgay. Agar zog‘ni o‘ldirsa, ul joyga ulus (odamlar) joy