Tushda QORA TOSh

Tushda QORA TOSh

Tushda QORA TOSh: Agar tushida Ka’badagi Qora toshni ko‘rib, ziyorat qilib, qo‘lini surib tavof aylasa, hajdan unga ko‘p naf yetgay. Agar tushida Obi zamzam suvidan ichsa, yo‘qotgan narsasini topgay. Agar yuzini va qo‘lini sursa, martabasi ziyoda bo‘lib, dini quvvat topgay, ulamolar bilan so‘hbatdosh bo‘lgay.

QABRISTON

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida qabristonni ko‘rsa va u joyga kirga, dalil bo‘lgayki, johil, nodon, ahli fasodlar bilan hamsuhbat bo‘lib, oqibatda pushaymon bo‘lgay. Agar qabriston ahlini ziyorat qilsa, zindon ahlini ziyorat qilgay. Agar qabristonga yomgir yog‘ib turganini ko‘rsa, Alloh taoloning rahmati ul qabriston ahliga ko‘p bo‘lgay. Agar qabriston ahlini go‘rlaridan bosh chiqargan holda ko‘rsa, ul joyda balo va mehnat ko‘p bo‘lgay.

 

tushda