Tushda QOR eng aniq to’liq tabr

Tushda Qor. Tushda qor ko’rish kulgiga ishora. Agar tushda qor yog’ishini ko’rsangiz, kuvonchdan dalolat. Hayotda omadingiz kelib, barcha ishlaringiz yurishadi.

Agar qor uchkunlanayotganini ko’rsangiz, sevganingiz bilan vaqtni ko’ngilli o’tkazasiz, oilali bo’lsangiz, oilangizda farovonlik bo’ladi.

Qor shamssh bilan yog’ayotgan bo’lsa, oilaviy bayram ko’ngilli o’tadi. Agar er yuzini qor bir tekis qoplagan bo’lsa, yaqin o’rtada tashvish, ko’ngilsizliklar yuz bermaydi. Tushda qor eriyotgan bo’lsa, o’ngda rejalaringizni amalga oshirish uchun yaxshilab o’ylab olishingiz kerak bo’ladi.

Tushda QOR

Chorshanbadan payshanbaga o’tar kechasi kir qorni ko’rsangiz, o’ngda kimdir xizmat pillapoyalaridan ko’tarilishingizga xalal berish uchun ataylab mish-mish tarqatadi.

Shanbadan yakshanbaga o’tar kechasi bunday tush ko’rilsa, o’ngda yaqin kishilardan biri g’iybat qilinadi. Tushda dam qor, dam yomg’ir yog’ayotganini ko’rsangiz, o’ngda ham yaxshi, ham yomon xabar olasiz.

Agar tushda qo’lingiz bilan qor sidirayotgan bo’lsangiz, o’ngda nimanidir noto’g’ri qilyapsiz va xatolaringiz sababli hayotingiz yomonlashadi.

Tushda Qor ko’rsa nima bo’ladi. Qor yog’ayotganini ko’rish – yaqinlashib kelayotgan hayotiy o’zgarishlar; qalin va g’ovak qorda yurish – hayot

uchun xavf, jaroxdt, shuningdek, mojaroli, stressli vaziyat sodir bo’lishi mumkinligi extimoli; qorda yalangoyoq yurish – ko’proq tabiat ko’ynida bo’lish, organizm ko’nikmasi va qarshilik ko’rsatishini chiniqgirish zarurligi; eriyotgan qor – vaziyatning yaxshilanishi.

Qor bo’roni. Agar tushga qor bo’roni kirsa, bilingki, hayotingizda echimini kutayotgan masalalar to’planib qolgan. Qor bo’roniga qarshi ketayotgan bo’lsangiz, u holda rejalaringizning amalga oshishi uchun xalal beradigan hasadchilar bor ekan.

Qor bo’roni atrofingizni chulg’ab olgan va shamol ortingizdan itarayotgan bo’lsa, sizning xizmatlaringiz jamoatchilik tomonidan tan olinadi.

Tushda QOR

Atrofingizni qor uyumi o’rasa, ancha vaqtdan beri ko’rishmagan tanishlaringiz bilan ko’ngilli uchrapguv bo’ladi. Agar uyqungiz davomida badaningizga qor tekkanini sezsangiz, rejalaringiz tez orada amalga oshadi. Tushda sizni qor bo’roni ko’tarib olib ketayotgan bo’lsa, sizni o’ngda muhabbat sarguzashtlari kutadi, bu

sizga quvonch olib keladi. Agar qor uyumining ustiga yiqilib tushsangiz, muhabbat sarguzashtlari siz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi tushga qor bo’roni kirsa, o’ngda o’zgarish ro’y beradi.

Seshanbadan chorshanbaga o’tar kechasi tushda sizni qor bo’roni surib ketayotgan bo’lsa, hayotingizda o’zgarish bo’lishi muqarrar, ammo siz ehtiyot bo’lishingiz kerak, bu o’zgarishlar ko’ngilsiz ham bo’lishi mumkin.

Tushda QOR

Qor yog’ishi. Tushda qor yog’ayotganini ko’rsangiz, o’ngda tanishlaringizdan biri haqidagi fikringizni o’zgartirishga majbur bo’lasiz.

tushda