tushda QON ko’rsa nima bo’ladi

tushda QON

tushda QON: Ibn Siyriy Rahmatulloh alayh aytibdurlarkim, har kim tushida qon ko‘rsa yoki badanidan qon oqsa, unga bir ziyon yetgay. Agar jarohat bitib, undan qon oqsa, moliga yetgay. Agar qonga jomasi (kiyimi) belangan bo‘lsa, unga haromdan mol yetgay. Agar burni qonasa, unga harom mol yetgay.

QORONG‘U

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida qorong‘u kechani ko‘rsa, dalil bo‘lg‘ayki, g‘am-anduh yetgay. Agar oydin yulduzlarni ravshanlik holida ko‘rsa, xursandlikka dalolat qilgay.

qilich

Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida shamshirning g‘ilofini olsa, xotin olg‘ay. Agar shamshirni olsa, ko‘p mol topgay. Agar qo‘lida ushlab tursa, dalil bo‘lgayki, Alloh taolo yaxshi farzand ato qilgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, shamshir tushda 5 narsaga dalolat qilur:

Farzand.

Amaldorlik.

Hujjat va manfaat.

Safar.

Dushmanlardan xalos bo‘lmoq.

tushda