Tushda ot minish
Tushda Minish. Kim tushda bir narsani minsa, u nafsini tiyishi kerak.
tushda Minora. Agar tushda ro’parangizdan minora chiqib qolsa, o’ngda qiyinchilik sodir bo’ladi. Ro’paradan chiqqan minora qulab tushsa, qiyinchilik bo’lmaydi. Agar minora ichida bo’lib qolsangiz, uzoq kasallikka ishora. Minora ichiga kirsangiz-u, u erdan tez chiqib ketsangiz,
kasallikdan tez forig’ bo’lib,
ishlaringiz rivojlanib ketadi. Minoraning eng tepasiga chiqib olsangiz,
o’ngingizda saodat topasiz.
Minora. Minoraga
ko’tarilish – dardga chalinishingiz mumkin; minora ustida turish – jarohat;
minora ichidagi zina – organizmdagi ichki zahiralarni mustahkamlash lozim.
Mis. To’shdagi mis
o’ngdagi soxtakorlikka ishora.
Mis. Mis – kasallik,
jumladan, badanga mis yopishtirib yoki kukunini ichib davolanish mumkinligi.
Misvok. Kim tushida
misvok ishlatganini ko’rsa, u Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlarini bajaradi.
Uning miqtsori misvok bilan tozalagani bilan belgilanadi. Shuningdek,
yaqinlariga ehson qiluvchi bo’ladi.
Misvok. Tushida ibodat
oldidan og’zini misvoklagan odam o’ngida katta ishlarni amalga oshiradi.
Mix. Agar tushda mix
qoqayotgan bo’lsangiz, o’ngda mavqeingiz mustahkam bo’ladi, agar devorga mix
urayotgan bo’lsangiz, baxtingizni o’zingiz qo’riqlaysiz.
Mix. Mix qoqish – xatoga
yo’l qo’yish mumkin bo’lmagan muhim qarorlar qabul qilish. Mixni ko’rish –
janjal, stress. Mix topish yoki sotib olish – ijobiy hissiyotlar va omad. Mix
sug’urish – omadsizlik; mixni to’g’rilash – odat va xarakteringizni
o’zgartirish zarur. Kiyimingizni mix ilib yirtishi – mojaro va bundan xafa bo’lish,
kasallik.
Mix. Tushda mix ko’rish
o’ngdagi janjal va xafagar- chilikka ishoradir. Agar ayol kishi mix qoqayotgan
bo’lsa, raqibasini engar ekan. Mix qoqa turib, bolta bilan barmoqni urib olsa,
o’ngida uni ko’ngilsizliklar kuta- di.
Moda jurnali. Tushda moda
jurnalini ko’rsangiz, tanishlaringiz sizga hasad qilishar ekan. Shuning uchun
odamlar bilan muomalada ehtiyot bo’lishingiz kerak.
Hozir ish va muvaffaqiyatingiz
bilan maqtanish vaqti emas.
Moida surasi. Ja’fari Sodiq aytadilar: «Moida
surasini tushida o’qisa, sharaf va buzurglik topadi». Kirmoniy
aytadilarki, tushda Moida surasini o’qish mol ko’payishidir. Muabbirlar
aytadilarki, Moida su- rasini o’qish sihat-salomatlikdir.
Post Views: 729