Tushda OLMA ko’rsa
Olma daraxti. U kasal erkakdir.
Tushda Olma. Kim olma esa, insonlar nazar qiladigan nar- sani eydi. Agar olma tersa, chiroyli maqtov bilan birga mol-dunyoga erishadi. Agar masjidda olma hidlasa, uy- lanadi. Shuningdek, ayol majlisda olma hidlasa, mashhur bo’ladi. Agar uni esa, chiroyli farzand tug’adi. Tushda olma tishlash yaxshilik va foydaga etishmoqtsir.
Tush tabiri Olma. Tushida olma egan odam o’ngida istagan narsa- lariga erishadi.
Olma ko’rsangiz. Olmani ko’rish, ayniqsa, daraxtdagisini, ularni yig’ish, sovg’aga olish – voqealarning yaxshi rivojlanishi; nordon olma eyish – kayfiyatning tushishi; chirigan olma eyish, sharbatini ichish – kasallik; tez-tez olma tushga kirishi – avitaminoz, eng muhim mikroelementlar (ayniqsa, temir va kaldiy) va vitaminlar (S va V guruhidagi), tabiiy qand, organik kislotalar tanqisligi; anemiya, ateroskleroz, ovqat hazm qilish organlari kasalligi. Bunday bemorlar uchun olma davo bo’lishi mumkin.
Olmaxon. Erkak tushda olmaxon ko’rsa, muhabbat bobida tushkunlikka tushadi, qafas ichida ko’rsa, o’ngida kutilmagan quvonch sodir bo’ladi. Olmaxon qafasda o’tirib, bemalol yong’oq chaqayotgan bo’lsa, erkakni o’ngda baxtli oila kutadi.
Agar olmaxon sizni tishlab olsa, o’ngda oilaviy janjal bo’ladi, yaqinlaringiz, ayniqsa, eringiz va farzandlaringiz uchun tashvish chekasiz. Ayol kishi olmaxonni tushida ko’rsa, o’ngida eri unga xiyonat qiladi.
Olmos. Tushda olmosga ega bo’lsangiz, bu boylik, izzat-xurmat, oilaviy baxt ramzidir. Agar olmosdan toj kiygan bo’lsangiz, o’ngda sizni shon-sharaf kutadi. Agar ayol kishi tushida olmosdan yasalgan taqinchokdar taqib yursa, xdsadchilar tarqatgan gap-so’z tufayli mahbubi bilan urishib qoladi.
Ayol tushida olmos topib olsa, o’ngida tez orada boy va obro’li odamga turmushga chiqadi. Tushda soxta olmos ko’rish o’ngdagi xiyonatga dalolatdir. Agar ayol kishi ko’zguga qarab, bo’ynida soxta toshdan ishlangan taqinchoqlarni ko’rsa, hayotiga yolg’on aralashadi.
Olmos. Tushingizda olmosning o’zinigina
ko’rsangiz, hatto uni qo’lga olmasangiz ham, ilm axdidan bo’lsangiz, ilm
cho’qqilari sari yuksalasiz, olmosni qo’lga kiritsangiz, o’ngingizda jamiyatda
hurmat va e’tiboringiz ortadi. Ayollar tushlarida olmos ko’rsalar, cheksiz baxt
sohibasi bo’ladilar. Tushda olmosni yo’qotib qo’yish — baxtsizlik; barcha
ishlar to’xtab qoladi.
Olmos. Agar’ tushingizga olmos kirsa, duch
kelishingiz mumkin bo’lgan noxushliklardan qochish uchun irodangizni
mustahkamlash zarurligidan darak; kelgusida shunday holat yuz berishi mumkinki,
butun kuch, iroda, mardlik, qattiqqo’lligingizni ishga solishingiz va aqlni
ishlatishingiz kerak bo’ladi.
Post Views: 988