tushda O‘T, olov

tushda O‘T, olov

tushda O‘T, olov: Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarki, har kim tushida otashi bedudni ko‘rsa, podsholarga yaqin bo‘lgay, mushkul ishlari kushodalik topgay. Agar bir odamni otashga tashlab kuydirsa, podsholardan unga sitam yetgay va lekin tezlikda xalos topgay, bashorati yaxshi bo‘lg‘ay.

Agar otash tanasining ayrim qismlarini kuydirsa, shuning miqdoricha unga ofat va ranj yetgay. Sadaqa bersin. Agar otashni odamlar orasida sochilgan holda ko‘rsa, ul mardumlar orasida fitna va fasodlar avj olgay. Agar otash uning kiyimlarini kuydirsa, qarindoshlari bilan mol talashib urushgay.

Ibn Siyriyn Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, har kim tushida ravshan yonib turgan otash yoki chiroqni ko‘rsa va uning shu’lasi tush sohibini yoritsa, bir piri komilni topib hidoyat topgay. Agar ravshanlik bir joyda turganini ko‘rsa, unga sabab davlat ul joyda bo‘lgay.

Agar otash biyobondan yonib turgan bo‘lsa, odamlar uning shu’lasidan yo‘l topib, joy-joylariga borsalar, dalil bo‘lgayki, ul odamning ilmidin yoki hunaridan odamlar manfaat ko‘rgaylar. Agar nuri kam ko‘rinsa, baqodan fanoga rixlat qilmoqning yaqinligiga dalolat qilgay.

Agar hamsoyasining uyida otash yonganini ko‘rsa, ul hamsoyasiga harom mol yetgay. Agar o‘zini otash yoki yonib turgan tandirga sajda qilgan holatda ko‘rsa, dalil bo‘lgayki, xotiniga mute (qaram) bo‘lgay.

tushda