tushda O‘RDAK, O‘RGIMChAK
Tushda o‘rdak ko‘rish yaxshi mol, sharafli va odobli umr yo‘ldoshga ishora. Tushda oq o‘rdak olganini ko‘rish qo‘lga kiritiladigan katta davlat va rizqdan dalolat beradi.
O‘RGIMChAK
Tushda o‘rgimchak ko‘rish ayyor, dangasa, nodon odam bilan ta’bir qilinadi.
O‘ChIRISh
Olovni o‘chirish zaif ishonch va noo‘rin odatlarni yo‘qotish; yuzaga keladigan fitnani bartaraf etishga ishora.
O‘RIK
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida pishgan va shirin o‘rikni yesa, unga yegan o‘rigicha mikdorida tilla tanga nasib etgay. Agar tushida yegan o‘rigi achchiq bo‘lsa, bemorlik va g‘am-anduh yetgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, har kim tushida ko‘rgan o‘rigi pishgan vaqtida, g‘am-anduh yetgay. Shirin bo‘lsa, mo‘l manfaat bo‘lgay.
O‘T
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida zarnixni yesa, bemor bo‘lgay. Agar zarnixni sotsa yoki birovga bersa, bemorlikdan xalos bo‘lgay. Agar zarnixni topib olsa, qo‘liga mol kirgay. Agar bir joyga to‘plasa, safarda bemor bo‘lgay.
Post Views: 160