Tushda O‘LMOQ, O‘LIKNI TIRIK KO‘RISh

Tushda O‘LMOQ, O‘LIKNI TIRIK KO‘RISh

Tushda O‘LMOQ, O‘LIKNI TIRIK KO‘RISh: Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarki, har kim tushida o‘lib qolsa, uni janoza o‘qib ko‘msalar yoki qarindoshlari yig‘lashib tursalar, dalil bo‘lg‘aykim, diniga, ibodatiga putur yetgay. Ba’zilar aytibdirlarkim, o‘lgan zamoni odamlar yig‘ilib, tobutga solib ko‘rsalar, dalil bo‘lgayki, amaldor bo‘lib, hukumatini odamlarga joriy qilgay. Ba’zilar aytibdirlarkim, umri uzun bo‘lgay. Agar o‘lgan odam unga xushro‘ylik bilan gapirsa, uning holida solihlik bo‘lgay (kayfiyati ko‘tarilib, hushyor bo‘lgay). Agar badxohlik bilan muomala qilsa, dalil bo‘lg‘aykim, arvoxdar undan norozidirlar. Tavba qilsin. Agar xotin kishi tushida o‘lsa va tirilsa, Xudoi taolo unga o‘g‘il ato qilg‘ay.

tushda O‘LIKNI TIRIK KO‘RISh

Kirmoniy Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, har kim tushida o‘lib ketgan odamlarni pokiza xushro‘ylik holatida ko‘rsa, dalil bo‘lgayki, ul odam baxtlidir. Go‘r unga jannat bog‘iday bo‘lgan erur. Agar kiyimi ko‘hna, iflos va o‘zini g‘amgin holda ko‘rsa, albatta, unga sadaqa va ehson qilib, duoyi fotiha qilsin. Toki azobdan najot topgay. Agar har kimning tushida o‘lib ketgan odam ko‘rinsa, uning umri uzun bo‘lgay. Undan sadaqa umidvor bo‘lgay. Shuning uchun sadaqa qilsin.

Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarki, har kim tushida o‘lgan odamdan bir narsa olsa, o‘ylamagan yeridan rizq, nasiba yetgay. Agar aytilgan narsadan bersa-yu, uni yesa, unga g‘oyibdan halol mol keladi, agar yemasa, yetmagay. Agar o‘lgan odam unga kiyimidan bersa va kiyimini kiysa, g‘am-anduh yetgay, ham barvaqt vafot etgay. Agar kiymasa, yetmagay.

tushda O‘LGANNI KIYIMDA KO‘RISh

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida o‘lgan odamlarni ko‘k kiyim kiygan holda ko‘rsa, shahodat birla o‘lgan bo‘lgay. Agar oq kiyimda bo‘lsa, a’lo darajada o‘lim topgan bo‘lgay. Agar ko‘k yoki sariq kiyimda ko‘rsa, ko‘rgan odamga g‘am-anduh yetgay. Sadaqa bersin.

tushda