Tushda Niqob kiygan odam
Niqob kiygan odam. Agar tushingizda
niqob kiygan, libosi yaltiroq odam namoyon bo’lsa, bu tarallabedod turmush
kechirishga ishora. Shuningdek, qadrdon do’stlar bilan uchrashuvga ham dalolat.
Ishlaringiz ham rivojlanadi, manfaatli shartnomalar tuzasiz. Agar niqobdor
kishi qora kiyingan bo’lsa, o’ngda ko’ngilsizlik bo’ladi.
Nafrat. Kim tushida
darg’azab bo’lsa, bu yomon dalil- dir. Odamning tushida nafratlanishi qalbidagi
g’ashlikka dalolat qiladi. Ba’zan esa yaxshilikka chaqiradi.
Nafrat. Tushda nafratlanishning
takrorlanaverishi – to rakkacha
bo’lgan og’ir kasallik.
Naftalin. Tushda naftalin
ko’rish va uni kiyimlarga sepib yurish o’ngdagi omadga ishora.
Naxd surasi. Ibn Sirin
aytadilarki, agar tushida Naxd surasini o’qisa, dalildirki, dinni yaxshi
ko’radigan bo’ladi.
Nashavand. Tushingizda
nashavandlarni ko’rsangiz yoki suhbatlashsangiz, o’ngingizda ularning ta’siriga
tushib qolishdan ehgiyot bo’ling, ular bilan tushda hamsuhbat bo’lish
o’qgin-o’qgin kasal bo’lishga va kuchdan qolishga ham ishora.
Na’matak. Tushda na’matak
ko’rsangiz, o’ngda qalinroq kiyinib yuring, yomg’irli kunda ko’chaga chiqmang,
shamollab qolishingiz mumkin.
Nevara. Nevaralarni
ko’rish – ijobiy ehtiroslar; xavfli o’yin o’ynayotgan yoki xavfli holatdagi
nevaralarni ko’rish – ularning xavfli holatga tushishi va sog’ligiga zarar
etishidan ogoxdantiradi.
Neft. Neft – hayotning
chalkash va yoqimsiz bo’lishi; bemor uchun – kasallikning cho’zilishi.
Peshband. Agar tushingizda oldingizga
peshband tutsangiz, o’ngingizda yangi kiyim kiyasiz, agar uni yamasangiz, oila
qurasiz.
Nigoq. Kimki tushingizda sizga diqqat
bilan nigoh tashlayotgan bo’lsa, u holda bu tush ogohlantiruvchidir; kimdir
sizni kuzatyapti. Siz kimgadir shunday qarasangiz, o’ngda vasvasaga tushasiz.
Niqob. Niqobli odamni ko’rish – aldanish
natijasida stress holati; o’zi niqob kiyishi – murakkab ruhiy holatga
moslashishga urinish; erda yotgan niqobni ko’rish va qo’lga olish – yashirin
shakldagi dard.
Nikoh. Agar bo’ydoq yigit tushida
uylanayotgan bo’lsa va nikoh xutbasini eshitsa, o’ngida ishlari yaxshi bo’ladi.
Agar beva xotin yosh yigitga nikoh qilinayotganini tushida ko’rsa, o’ngida
ko’ngilsizlik ro’y beradi. Qiz bola cholga nikoh qilinayotganini ko’rsa,
o’ngida bemor bo’ladi.
Nikoh. Tushda nikoh marosimini ko’rish
zurriyotli bo’lishga ishora hamda kuvonchdan ham xabar. Agar qiz tushida
munkillagan cholga turmushga chiqayotgan bo’lsa, barcha ko’ngilsiz voqealar
bo’lishidan tashqari kasalga ham chalinar ekan. Nikoh. Bo’ydoq erkak va ayol tushida nikoxdanayotganini ko’rsa, uzoq davom
etadigan, surunkali kasallikka chalinishidan darak.
Post Views: 665