Tushda KIYIM ko’rsa

Tushda Kiyim. Yaxshi va ozoda kiyimni tushda ko’rish erkaklar uchun jamiyatdagi yuksak maqom va yaxshi xotin, ayollar uchun — er; agar ayol kishi tushida toza va chiroyli kiyim kiygan bo’lsa, o’ngida yaxshi odamga turmushga chiqadi.

Tushda KIYIM ko'rsa

Tushda Kiyimning qizil ranglisi. U itoatsizlik, gunoh va shon-shuhratga dalolat qiladi. Ayollar uchun esa shodlik.

Kiyimning qora ranglisini ko’rsa. Qora kiyim kiyishga odatlanmagan kishi tushida uni kiysa, noxush voqeaga duch keladi. Uni kiyishga odatlanganlar uchun esa yaxshilikdir. Aytilishicha, u kasalning o’limiga dalil.

Kiyimning ko’k ranglisi. U jannatga kirish va yax- shi amallarga dalolat qiladi.

Bosh kiyim. Agar ayol kishi boshiga chiroyli ro’mol o’ragan bo’lsa, o’ngida ko’p muammolar paydo bo’ladi. Ro’molini tushida yo’qotgan bo’lsa, o’ngida obro’si tushishi mumkin.

Engil oyoq kiyimi. Tushda bog’ichi uzilgan engil oyoq kiyimini ko’rish ko’ngilsiz xabarga ishora.

Tushda Kiyimning sariq ranglisi. U kasallik va qo’rquvga dalolat.

Kiyimning tillo va kumush ranglisi. U kishi hayotining yaxshi ekanidan dalolat. Shuningdek, orzuga etishmoq belgisi.

Kiyimning turli ranglardan iboratlisi. U mol- davlat yoki kasallik, yomonliklarga dalolat.

Tushda KIYIM ko'rsa

Kiyimning havo ranglisi. U g’am-tashvishdir.

Kiyimning yashil ranglisi. Barcha uchun ^kshilik, Alloh taologa yaqinlikdir. Zero, yashil rangli libosni jannat egalari kiyadi. Yana u meros olishga dalolat.

Za’faron (ziravor o’simlik). U tushda yaxshi, agar rangi tana yoki kiyimda iz qoldirmasa. Chunki u xushbo’y modda (atir, tutatqi) hisoblanadi. Agar rangi iz qoldirsa, tushida ko’rgan kishi uchun kasallik belgisi.

Ipak. Ipak kiyimlar tushda ko’p mol-dunyodir. Kim tushida egnida ipak kiyim ko’rsa, xdj qiladi. Agar kiyim qizil bo’lsa, unga keladigan dunyodir. Sariq rangda bo’lsa, kasallikdir.

tushda
JINSIY QUVVAT SIRIKO'RISH