Tushda EGIZAK

Tushda EGIZAK

Tushda egizak ko‘rish meros va keladigan katta pulga ishora.

ENAGA

Tushda enaga ko‘rish savob, barokat va manfaatga ishora.

EGAR

Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida egarni ko‘rsa, xotin olgay. Agar tushida o‘zini otning ustida ko‘rsa, davlat bo‘lgay. Agar sotib olsa, yaxshi kanizak yoki xotin olgay. Agar egari sinib qolsa, xotini vafot etgay yoki bemor bo‘lgay.

EShAK

Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida eshakni ko‘rsa, unga minsa, omad unga yor bo‘lib, davlat eshigi ochilgay. Agar ko‘k eshakni ko‘rsa, mol-ne’mati ziyoda bo‘lgay. Agar qora eshakka minsa, qadri martabasi baland bo‘lgay. Agar ko‘k eshakka minsa, obid (ibodatgo‘y) va zohid (taqvodor) bo‘lgay. Agar sariq eshakka minsa, ayshu- ishrati ziyoda bo‘lgay. Agar eshakdan tushib, unga birov minsa, molini nafaqa qilgay.

tushda