Chiroyli bolalar. Agar tushda ularni
ko’rsangiz, o’ngda ko’nglingizga xush keladigan tanishuvlar bo’ladi.
Chiroyli daraxt. Agar mayyit daraxt
ustida bo’lib, u daraxt katta, chiroyli bo’lsa, vafot etgan odam jannatda
bo’ladi. Extimol, u Tubo (jannatdagi daraxt) bo’lsa, ajab emas.
Chiroyli ko’rinish. Quyosh zarrin
nurlarini sochib turgan chiroyli manzarani tushda ko’rsangiz, o’ngda sizni
go’zal kelajak kutadi. Agar xarob manzara ko’rsangiz, o’ngingizda qayg’u va
tushkunlik ro’y beradi.
Chiroq. Kim chiroqqa ega bo’lganini
ko’rsa, ilm va yuqori mansabga erishadi. Kim kunduz kuni chiroq ko’tarib
yurganini ko’rsa, dinida maxqam, yo’lida to’g’ri bo’ladi. Aytilishicha, chiroq
taqvodor olim va faqih farzand yoki saxiy savdogardir. Uyida chiroq borligini
ko’rsa, muborak farzand dunyoga keladi. Chiroq bo’ydoq uchun xotin, kasal uchun
shifo belgisidir. Chiroq nurlari yoritmaydigan bo’lsa, g’am-qayg’uga dalolat.
Agar o’chib qolsa, kasal odam vafot etadi.
Chiroq. Kimki tushida yonib turgan
chiroqni ko’rsa, salomatlik va uzoq umr ko’rishiga ishoradir.
Chiyabo’ri. U ayollar, mahbuslar va
faqirlarning qichqirig’idir.
Chodir. Agar tushingizda yotar
joyingizda chodir ko’rsangiz, izzat va boylikka yo’yiladi. O’ngingizda
jamiyatda mustahkam o’rin egallaysiz, sizga yuqori martaba nasib qiladi. Agar
chodir yo’q bo’lib qolsa yoki yirtilgan bo’lsa, o’ngingizda sizni sharmandali
ish kutadi.
Choyshab. Juftlik munosabatlarining
barqarorligi.
Choyshab. Tushda choyshab yuvayotgan bo’lsangiz, o’ngdagi xafachilikka ishora; oilangizda janjal bo’lib, turmushingiz buzilishgacha boradi. Kambag’al odam tushida yuvilgan va dazmollangan choyshab ko’rsa, o’ngida ro’shnolik ko’radi. Agar birovlar o’z choyshablarini yuvayotganlarini ko’rsangiz, o’ngda siz janjalga aralashib qolib, obro’yingizga putur etadi. Agar tushda yuvilgan choyshabni dorga osayotgan bo’lsangiz, o’ngda boy merosga ega bo’lasiz.
Chigirtka. Tushdagi bir to’p chigirtka
yov lashkarini anglatadi.
Chigirtka. U tushda azobdir. Agar
osmondan chigirtka tushsa, Allohning azobidir. Agar uni eyiladigan joyda
ko’rsa, rizqqa dalolat. Qaysi joyda u ko’rinsa va zarar bermasa, yaxshilikdir.
Ibn Sirin aytishicha, u askar va avom xalkdir. Ba’zan yomg’irga ham ishora.
Chigit. Chigit tushda halol moldir.
Chizish. Tushda rasm chizish – ruhiy
tinchlik zarurligi; boshqa odam rasm chizayotganini ko’rsa – dunyoga va o’ziga
boshqacha ko’z bilan qarash lozimligi; o’zining rasmini ko’rsa – manmanligi
yashashiga xalaqit berayotgani.
Chiqish. Tushingizda qo’lingiz yo
oyog’ingiz chiqqanini ko’rsangiz, o’ngingizda biron ish qilishdan oldin
yaxshilab o’ylab olishingiz kerak bo’ladi.
Chilvir. Chilvir ko’rish, undan
foydalanish – mayda qiyinchiliklar; chilvirni chuvalashtirish – takdir
chalkashliklari; chilvirni tortish – asabning taranglashuvi, kasalligi
(xususan, nevroz); chilvirni uzish – janjal, kelishmovchilik, stress va yomon
kayfiyat.
Childirma (atrofida shildiroqlari bo’lmagan
doi- ra). Ibn Sirin u shuhratdir, deydi.
Chinqiriq. Tushda chinqiriq eshitmoq
o’ngdagi jan- jal va kelishmovchilikka ishora.
Chipta. Tushdagi chipta yangilikka
ishora, uni yo’qotish omadsizlikdan dalolat beradi.
Chipta. Chipta ko’rish, sotib olish yoki
uni yo’qotib qo’yish – mayda noxushlik va tashvish.
Chirigan, xunuk daraxt. Agar mayyit
ko’rimsiz, tikanakli, qoramtir, chirigan daraxt ustida bo’lsa, o’lik azobda
bo’ladi. Ehtimol, bu kufri yoki fasodi tufayli unga berilgan Zaqqum daraxtidir.
Chiriganlik. Tushda biron narsaning
chiriganini ko’rsangiz, o’ngda moliyaviy ahvolingiz yomonlashadi.
Chirmovuq. Biron ishda muvaffaqiyat
qozonishingiz uchun sizga qo’llab-quvvatlovchi kishi kerak ekan.
Post Views: 227