Dasturxon. Tushda
dasturxon ko’rish farog’at va farovonlikdir. U yana duoning ijobat bo’lishi,
ko’p yashash va u dushmanlar ustidan g’alabaga dalolat qiladi. Dasturxon
ko’tarilishi o’ljaning tugashidir. Dasturxon kimga yozilgan bo’lsa yoki undan
narsa egan kishi uchun maishatdir. Dasturxon mashhurlikdir.
Dastxat. Tushda mashhur
kishilardan dastxat olish tush sohibining qatiyligi va o’ziga ishonishidan
dalolat. Kimgadir dastxat berish — kutilmagan yangilik va sovg’a.
Dafn marosimini kuzatish. Qatiy
cheklovlarni bajarish zarurligi.
Dafn etish. Kim tushida
dafn marosimini ko’rsa, u uzoq safar qiladi.
Dafn. O’zini dafn
qilayotganliklarini ko’rish – mustahkam sog’lik va uzoq umr.
Tushda BALIQ eng to’g’ri tabirlar
Daftar. U tushda tush sohibining yashash tadbiriga dalolat qiladi.
Daxliz.
U tushda’ xodim, eshikbon yoki jannatga vasila bo’ladigan amal.
Daxriy.
Tushda daxriy bilan uchrashsangiz, biron qilgan ishingizdan o’kinasiz va
ishlaringiz orqaga ketadi.
Devor.
Agar tushda devor ko’rsangiz, u juda mustaxdam bo’lsa, o’ngda
ishlaringiz pishiq ekan. Simli devor ko’rsangiz, barcha
muvaffaqiyatsizliklaringiz uchun o’zingiz aybdorsiz. Kim devorni yiqitsa,
o’ngida bir kishini martabasidan tushiradi.
Devor.
Devor – maqsadga etishingizdagi to’siqlar yoki ayrim hollarda sizga
himoya zarurligining belgisi.
Devor.
Kishi tushida devorni ko’rsa, u butun bo’lsa, jamiyatdagi o’z mavqeini
mustahkam deb bilsin, devor qiyshaygan va buzuq bo’lsa, zarar ko’rishiga
yo’ysin. Agar kishi tushida devorga sakrab chiqsa, oldidagi to’siqlarni engib,
muhim bir ishi muvaffaqiyatli yakun topadi.
Dekabr. Tushda dekabr oyini kuzatish – yolg’izlik, sog’inch hissi, xafagarchilik; do’stlik yoki ishqiy munosabatning buzilishi; shamollash ehtimoli.
Dengiz piyozi, yovvoyi piyoz. U odobsiz,
fosiq va yomonlik bilan eslanadigan kishidir.
Dengiz. Dengiz – hayotingiz va ruhiy
holatingizni ifodalaydi. Dengiz to’lqini, suv rangi, shamol – hammasi bo’lg’usi
hayot tarzingiz va ruhiy holatingiz qanday bo’lishidan darak beradi.
Dengiz. Kim tushida dengizni ko’rsa,
orzu qilgan narsasiga etishadi. Kim dengiz kechib yurganini ko’rsa,
Tushda baliq ko’rsa
ko’p yaxshilikka erishadi. Dengiz suvining hammasini ichsa,
dunyoga ega bo’lib, umri uzun bo’ladi.
Dengiz. Kimki dengizdan yurib ketayotgan
bo’lsa, dushmanini engadi, agar cho’kayotgan bo’lsa, jazoga tortiladi. Dengiz
to’lqinlanayotganligini ko’rish tashvish va besaranjomlikka dalolat.
Denshzchi. Tushda dengizchini ko’rsangiz, o’rtoqlaringizdan biri bilan uzoq vaqtga ajrashasiz.
Dovon. Agar tushda dovon oshsangiz,
boshingizga yog’ilgan tashvishlar tumanday tarqaydi. Ammo omad kulgani uchun
odamlarni nazar-pisand qilmay qo’yasiz. Ehtiyot bo’lishingiz kerak.
Doka. Doka – nafas olish yo’llari
muammosi; bog’lash to’g’ri keladigan jarohat va boshqa kasalliklar.
Doktor. Tushda doktorni ko’rish ayolga ham, erkakka ham o’ngida omadsizlik keltiradi. Agar odamlar orasida doktorni tasodifan ko’rib qolsangiz, ishlaringiz rivojlanadi. Qiz bola doktorga turmushga chiqayotgan bo’lsa, o’ngida kilgan ishidan afsuslanadi. Tushingizda o’zingiz doktor bo’lsangiz, hayotda o’z o’rningizni topasiz.
baliq haqida
Don. Don ko’rish – hayotingiz mazmuni
haqida o’ylab ko’rishingiz zarur; gormonal etishmovchilik.
Don-dunlar. Loviya, sedana, no’xat kabi
donlar uni egan, quruq yoki ho’l holda topgan odam uchun g’am- tashvishdir.
Ulardan ko’pini ko’rish mol-mulkka ham dalolat.
Dono. Dono – o’z hayotingiz ustida
o’ylab ko’ring.
Dor.U boylik va obro’ga ishora. Dorga
osilib turgan- larni ko’rish dushmanlar ustidan g’alabaga, ishlarning
rivojlanishiga dalolat bo’ladi. O’zni dorda osilgan holda ko’rish
muvaffaqiyatga ishora. Agar tushda o’zingizni osishga chog’langan bo’lsangiz,
o’ngda qayg’uga gushasiz.
Dorboz. Dorbozni ko’rish – obro’sizlanib
borayotgani uchun ruhiyatdagi zo’riqishdan darak.
Dorboz. Tushda dorboz ko’rish san’atning
biron sohasida shuhrat qozonishga ishoradir. Ammo bu — 1-ushning
xususiy ta’biri. Aniqrog’i shuki, tushda dor ustiga chiqish o’ngda dushman
ustidan g’alabadir. Tushda kishi dor ustidan tushsa, hayotining eng yorqin
kunlari va soniyalaridan birida umidsizlikka tushadi va ishi
orqaga ketib, odamlar o’rtasidagi nufuzi yo’qoladi. Tushda
dor ustida yurish qandaydir tavakkal bir ishda ishtirok etish va unda yutib
chiqishga ishora. Dor ustida boshqalarning yurib ketayotganligini ko’rish g’irromlik
yo’li bilan qo’lga keladigai foydaga sherik bo’lishni anglatadi.
Dori. Dorini ko’rish, uni ichish –
kasallik; bemor dori tayyorlanishi va ma’lum bir dorining qo’llanilishini
kuzatsa, o’z kasaliga davo dorini bilib olishi mumkin.
Dorilar. Ular zohid va taqvodor
bo’lishga dalolat. Ta’mi yomon dori tuzalishi oson kasallikdir.
Dorixona. Tushda dorixonaga kirsangiz,
o’ngda sizni ko’ngilsizliklar kutadi, yaqinlaringiz hamda sheriklaringiz
tomonidan aldanasiz. Agar o’zingiz dorixonada ishlasangiz, boshlagan
ishingizdan kayfiyatingiz buziladi. Bemor tushida dorixonani ko’rsa, tez orada
sog’ayib ketadi.
Doska, lavh. Yoziladigan
taxta doskani ko’rish ayol, farzand va ekin ekiladigan erga dalolat. Gohida u
xavfdan tinch bo’lishni, ilmni bildiradi. Lavxdarni jamlash gunoxdardan
qaytarishga ishoradir.